An`anaviy oila turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni reja



Yüklə 55,7 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü55,7 Kb.
#100522
An`anaviy oila turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni (4 soat)


An`anaviy oila turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni


REJA:
1.Oila va turmush marosimlarida diniy e’tiqodlar.
2. Farzand tug’ilishi bilan bog’liq marosimlar.
3. Oilada barkamol avlod shaxsini shakllantirish.
O`tgan XX asrning so`nggi choragidan boshlab dunyo miqyosida etnolog va sotsial antropologlar tomonidan marosimlarni xalq madaniyatining fenomeni tarzida o’rganishga alohida e`tibor qaratildi va aynan mazkur mavzu doirasida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar fandagi dolzarb mavzulardan biri tarzida e`tirof etila boshlandi. Ayniqsa so`nggi o`n yilliklarda dunyo miqyosida kechayotgan globalizatsion jarayonlar etnik xususiyatlarning saqlab qolish omillarini va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosini dolzarb muammolar tarzida kun tartibigaqo`yilishigasababbo`lmoqda.
Fanda qabul qilingan o`ziga xos mezonlarga ko’ra insoniyat hayotining muhim burilish nuqtalari bilan bog’liq holda o`tkaziladigan tadbirlar oilaviy marosimlar deb yuritiladi. Oila va oilaviy marosimlar etnosga oid madaniy va maishiy an`analar uzatuvchisi hamda davomchisi hisoblanadi.
Qadimgi an`analarga ko’ra chaqaloq bilan bog’liq ba`zi urf-odatlar tug’ilajak bolani turli xavf-xatarlardan saqlash maqsadida ayol kishining homiladorlik davridanoq o`tkazilgan. Shuni alohida ta`kidlash joizki, umuman olganda homiladorlik bilan bog’liq turli magik marosimlar va rasm-rusumlar dunyo xalqlari orasida keng tarqalgan bo`lib, tadqiqotchilar tomonidan ancha yaxshi o’rganilgan.
Kishilarga ism qo`yish tarixi qadimgi e`tiqod va topinishlar hisoblanmish, totemizm, shamanlik, afsungarlik animizm kabilar bilan bog’liq. Ba`zi ismlar bolaga og’irlik qiladi, degan mulohazaga ham borilgan. Hatto bola bu ulug’, og’ir nomni ko`tara olmay baxtsizlikka uchrashi mumkin, deya irim qilingan. Umuman bunda mutanosiblik-munosiblik nuqtai nazariga amal qilingan. Shu bilan birga juda qadim zamonlardan bolaning sog’ bo`lishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qo`yiladigan ism bilan bog’liq bo`ladi, deb hisoblashgan. Binobarin, chaqaloqqa muvafaqiyatli tanlab berilgan nom uning taqdirini o`zida mujassam qiladi, kishi o`z ismiga o`xshaydi, deb ishonilgan. Natijada odamlar "xosiyatli" (qutli) va "xosiyatsiz", yaxshi va yomon ismlar bor, deb hisoblaganlar. Shu sababli chaqaloqning turli kasallarga chalinaverishi yoki oilada bolalarning turmasdan nobud bo`laverishi, bola badanida turli nuqsonlarning mavjud bo`lishi, qolaversa farzandning kelgusi baxti uning ismiga bog’liq deb bilganlar. Mana shunday tasavvurlar tufayli zamonlar o`tishi bilan chaqaloqqa beriluvchi ism odamni o`zaro farqlash, atashgina emas, balki uni turli balo-qazolardan asraydigan, muhofaza qiladigan, qutqaradigan vositaga aylana borgan. Shu tufayli Farg’ona vodiysida ham kishilar qadim davrlardan bolaga ism berish ishiga mas`uliyat bilan yondashganlar. Oilada farzand birin-ketin nobud bo`laversa o`z farzandiga Tursun, To`x­tasin, O`lmas, Turdi, Turg’un, Turg’unoy, ergash, Mahkam kabi ismlar qo`yilgan. Qadimiy diniy e`tiqodlarga asoslanib ko`kka (osmonga) -Oy, Kun [Quyosh] va boshqa osmoniy jismlar qudratiga sig’inish asosida Oyxon, Oyqiz, Yulduz, Hulkaroy, Cho’lponoy, Quyoshbek, Tangriberdi kabi ismlar paydo bo`lgan. Ba`zi hollarda qadimda muqaddas deb ulug’langan hamda sig’inilgan ayrim hayvon va qushlarning nomlaridan ham ismlar yasalgan. Bunday ismlar guruhiga Bo’rivoy, Arslon, Lochin, Burgut, Qo`chqor, Sherzod kabismlarkiradi.
Ba`zi chaqaloqlar badanidagi biror bir ortiqcha belgilar, masalan, xol, toj, qizil tamg’a, ortiqcha barmoq va boshqa belgilar bilan tug’ilgan. Bu nuqson va belgilar bolalarga ism berishda hisobga olinmasa ular bolaning sog’ligiga, hayotiga, kelajak turmushiga xavf tug’diradi, deb tushunilgan. Bunday norasidalarni o`z nomi bilan tug’ilgan bola, deb hisoblashgan va ularga o`sha ortiqcha belgilar nomidan yasalgan ismlar qo`yilgan. Chunonchi Xolboy, Xolbibi, Anor, Anorvoy, Anorxon, Toji, Tojixon, Tojigul, Ortiqvoy, Norboy, Norjon,Ochilvaboshqalar.
Farg’ona vodiysi o`zbeklarida ham boshqa mintaqalarda yashovchi o`zbeklar va tojiklarda bo`lgani kabi singari muqadas ziyoratgohlar va qadamjolarga nazr-niyoz qilinishi natijasida tug’ilgan chaqoloqlarga ham maxsus ism qo`ylgan bo`lib, ularga qo`yilgan ism bolani kelgusidagi hayotida turli balo-qazolardan himoya qilar ekan. Bunday tarzda tug’ilgan chaqoloqlarga ko`pincha Hazratqul, Pirimqul, Xo`jamberdi, To’ra qul, Pirniyoz, Ishonberdi, Xo`jamberdi kabi ismlar qo`yilgan. Yuqorida ko’rib o`tilganidek, o`zbek tilidagi ismlarning aksariyatida dunyoga kelgan go`dakni turli ins-jinslardan himoya qilish g’oyasi, niyati mujassamlashgan.
Bu odat yovuz ruhlarni adashtirish maqsadiga qaratilgan, bolani yashirish yoki yovuz ruhlarni aldash afsungarligi bilan bog’liq.
Xalq tassavvurida chaqaloq bilan uning onasini ins-jinslar ta`siridan eson-omon saqlash ularning chilla davri tartib qoidalariga qanchalik rioya qilishlariga bog’liq bo`lgan. Chilla inson hayotidagi xatarli, eng og’ir va eng mas`ulyatli davrni anglatuvchi so`z hisoblanadi. Odatda farzand tug’ilganda va kelin-kuyov turmushining nikohdan, marhumning vafotidan keyingi 40-kunlik davriga nisbatan chilla atamasi qo`llaniladi va bu davrda ma`lum tartib-qoidalar, magik rasm-rusumlar, cheklashlar va tabularga amal qilinadi. Umuman chilla davri va u bilan bog’liq rasm-rusumlar va urf-odatlar ham ba`zi tadqiqotchilar tomonidan keng o’rganilganki, bu to`g’risida batafsil to`xtalmaymiz. Biz bu o’rinda inson hayotining uch davri bilan bog’liq chilla davri urf-odatlaridagi o`xshashliklarga e`tiborni qaratmoqchimiz. Avvalo shuni aytish kerakki, har uch davrdagi chillada ham asosiy maqsad chillali odam­ni va ushbu uyni yovuz kuchlar, yomon ko`zlar hamda turli ins-jinslar ta`­qibidan himoya qilish bo`lgan. An`anaga ko’ra har uch chilla davrida ham chillali xonodonda qirq kun mobaynida ushbu uy chirog’i o`chirilmaydi va chillali odam yolg’iz qoldirilmaydi. Shuningdek har uch chillaning ham aynan bir xil kunlari (ko`pincha uchinchi, ettinchi, yigirmanchi, qirqinchi)ga ko`proq e`tibor berilgan va bu davrda chillali uyga isiriq tutatib turish doimiy shartlardan biri hisoblangan. Qolaversa, aynan chillaa davrida marosimiy cho’miltirish va kiyim kiydirish kabi urf-odatlar baja­ri­li­shi ham mazkur jarayonni initsiatsion xarakterga ega bo`lgan deyishimizga asos bo`ladi.
Chillali xonadonlarga kirib-chiqish qat`iy nazorat qilinadi. Begona kishilar ona-bola yotgan xonaga kirgizilmaydi. Ajdodlarimiz chaqaloq organizmining nozikligi va kasalga chalinuvchanligi tufayli chilla davrida ins-jinslar xurujidan kattalar yordamisiz o`zini himoya qila olmaydi, deb o`ylaganlar. Yovuz kuchlar yo`liqishining oldini olish, ularni chaqaloqli uy ostonasiga yaqinlashtirmasdan chalg’itib yuborish maqsadida bir qator afsungarlik harakatlari, irimlar, tabular bajarilgan. Ayniqsa, chillali uyga bolasi chala tug’ilib yoki boshqa sabablarga ko’ra nobud bo`lgan yoxud bepusht ayollar hamda nopok kishilar kiritilmagan. Samarqandda chillali xonadonni yovuz kuchlardan himoya qilish maqsadida bola yotgan uyga mevali daraxt shoxidan qoqib qo`yilgan. Chaqaloqni ko’rgani kirgan har bir kishi ushbu shoxni qo`li bilanushlabichkarigakirgan.
Kosonsoy tumani aholisida chaqaloqni ko’rgani kelgan mehmonlar chillali ayol bilan qo`l berib ko’rishmaganlar. Bizningcha, ushbu tabu zaminida qo`l berib so’rashish orqali ona va bolani ko’rgani kelgan odamlarning ziyonidan saqlanish, muloqotli afsungarlik (magiya) g’oyasi mujassamlashgan. Ona-bola yotgan joyga yomon kuchlar, yovuz ko`zlardan himoya vositasi sifatida pichoq, ko`zgu (oyna), qalampir, kulcha turli-tuman diniy kitoblar qo`yilgan. Yag’nob tojiklari esa chaqaloqni yovuz ruhlar, jumladan, alvasti ziyonidan asrash maqsadida xonadon ostonasiga katta pichoq qo`yishgan. Chaqaloqning chilla davri ikkiga bo`lingan bo`lib, dastlabki yigirmakun kichikchilla,keyingisiesa kattachilla deyilgan.
Vodiy xalqlarida chaqaloq yigirma kunlik bo`lgach, uning kichkina chillasi chiqdi, bir xavf-xatardan eson-omon o`tib oldi, xudo xohlasa bundan buyog’iga yashab ketadi deyilgan va kichkina chilla chiqqan kuni ona va bolani yaqin qarindoshlarinikiga "chilla qochdi" qilib mehmon­dor­chi­lik­ka olib borganlar. Namangan aholisi orasida ko`z yorgan ayolning ma`lum paytgacha tevarak atrofdagilar bilan bo`ladigan o`zaro muloqoti cheklangan. Bu davrda tuqqan ayol o`z oila a`zolari bilan bir dasturxonda o`tirmagan, ovqat pishirish, non yopish, hovli supurish, sigir sog’ish kabi ro`zg’or yumushlariga aralashtirilmagan. Bu davr tuqqan ayolning nopoklik muddati deb ham atalgan. Odatda bu davr farzand tug’ilgandan so`ng etti-to`qqiz kun, ba`zan esa kichik chillasitugagunchadavometgan. Bizningcha chilla davrida o`tkaziladigan tabularzaminidaquyidagiikkixilma`noyotadi:
-birinchidan, bu davrda ayol kishi yomon ruhlar ta`siriga tez chalinadi;
-ikkinchidan, «ko`z yorgan» ayol bu davrda marosimiy jihatdan pokiza bo`lmaganligi sababli suv, non, o`choq olovi, taom va sigir sutini nopoklashi mumkin deyilgan. Chaqaloq chillasi chiqqunicha qorong’ulikdan qattiq muhofaza qilinadi va bu davrda vodiyda oldinlari xonadon o`chog’idagi olov, hozirda esa elektr chirog’i o`chirilmaydi. Bunday odat Toshkent o`zbeklari va Zarafshon vodiysi tojiklarida ham uchraydi. Nazarimizda bu odat yovuz kuchlarning yorug’likdan qochib qorong’ulikda faollashadi, degan qadimiy e`tiqodga asoslanadi. Chunki, Farg’ona vodiysida olib borilgan shaxsiy kuzatuvlarimiz shuni ko’rsatdiki, chaqaloq chillasi bilan bog’liq rasm-rusumlarda olov, chiroq va yorug’likka e`tiqod qilish, ularni yovuz kuchlarni quvish xususiyatiga ega bo`lgan magik vosita, aniqrog’i himoya vositasi deb tushunish alohida o’rinni egallar ekan. Bu irimlar va e`tiqodlar qoldig’i ajdodlarimizning yorug’lik va olovni muqaddaslashtirish bilan bog’liq mifologik tasavurlari zaminida shakllangan an`analar sirasiga kiradi. Qolaversa, chilla davri bilan bog’liq marosimlardagi turli tabular va cheklashlar ildizlari qadimgi zardushtiylik marosimlariga borib taqalishi mumikn. Zero zardushtiylar e`tiqodiga ko’ra tug’ish, kasalliklar, hattoki inson farzandining tug’ilishi ham organizmning murdor, makruh bo`lishiga, insonning barkamol jismoniy holati buzilishiga olib kelgan. Poklanish marosimlariga oid zardushtiylik yozuvlarida ta`kidlanishicha, hayz ko’rgan, tuqqan va kasal bo`lgan ayollar ma`lum tabularga amal qilganlar. Ya`ni ular tash­qariga chiqib oy va quyoshni ko’rishlari, bog’da ishlashlari, o`choq boshiga bo­rib ovqat tayyorlashlari ta`qiqlangan. Zardushtiylarda marosimiy poklanish davri og’ir, mashaqqatli bo`lib, qirq kun davom yetgan.
Demak, bundan kelib chiqib, chilla davridagi ko`plab odatlar va ta`qiqlar qadimgi zardushtiylik marosimlari bilan bog’liq, deyish mumkin.
Farg’ona vodiysida bolani birinchi marta cho’miltirishda tajribali, ko`p bolali ayollar ishtirok yetganlar. Bu marosimda ona bolasi oldiga bormagan, aksincha bolani onaning oldiga ko`tarib olib kelishgan. Bunda farzand butun umri davomida ota-onasiga xizmat qilsin, degan magik niyat mujassamlashgan. Bolani cho’miltirishda afsungarlik maqsadida suvga ozgina tuz va bir siqim tuproq tashlangan. Xalq ishonchiga ko’ra bu solingan ashyolarning xususiyatlari suv orqali chaqaloqqa o`tib uni yovuz kuchlar ta`siridan himoya qilgan. Shu maqsadda janubiy Xorazm o`zbeklarida tuz, tuproq va tuxum po`chog’i, Toshkentda yigirma tiyinlik kumush tanga, Andijonda esa chaqaloq qiz bo`lsa, onasi va momosining barcha taqinchoqlarini suvga solib cho’miltirilgan. Bu ashyolar ichidagi sho’r suvdan insonlar antik davrdan boshlabfoydalan­ganliklaribizgama`lum.
Sunnat to`ylari Farg’ona vodiysida ham bolaning toq yoshlarida, ya`ni uch, besh, etti, to`qqiz yoshlarida katta to`y - tomoshalar bilan o`tkazilgan. Buning sababi, xatna juft yoshlarda qilinsa, bolaga baxtsizlik keltirar emish. Sunnat to`ylaridagi yoshning toq bo`lishi, birinchidan, bola umrining uzoq bo`lishini, ikkinchidan, farzandni sunnat qildirishdek baxt ota-ona uchun davomli bo`lishini anglatadi. Chunki toq narsa juftlikka to`lishga intiladi. Juftlikka to`lish esa kamolot va narsaning ma`lum ma`noda intihosini anglatadi. Sunnat to`ylaridagi afsungarlik usullari boshqa marosim majmualaridan bizga yaxshi ma`lum. Sunnat to`ylarida ham to`yni o`tkazish tayyorgarliklari asosan piru badavlat odamlarga yuklatilgan. Buning sababi ularning yaxshi fazilatlari marosimiy tarzda bolaga o`tsin deb niyat qilingan.
Sunnat to`yi va u bilan bog’liq marosimlar adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Bu mavzu bizning tadqiqotimiz asosini tashkil qilmagaligi uchun unga keng to`xtalmasdan sunnat to`yi munosabati bilan o`tkaziladigan xatna marosimi va u bilan bog’liq bajariladigan afsungarlik usullarigagina qishacha to`xtalib utamiz. Xatna qilish, ya`ni bola olatining uchidan ma`lum teri qismini kesib olish odatining genezisi juda qadimiy va uzoq tarixga borib takaladi. Bu odat va u bilan boglik bajariladigan rasm-rusumlar ibtidoiy-jamoa tuzumi davrida yuzaga kelgan bo`lib, ba`zi xalqlarda sinov tariqasida, boshqa xalqlarda esa bir yosh boskichiga ikkinchi yosh chegarasiga o`tish belgisi sifatida amalga oshirilgan. Tarixiy manbalardan ma`lum bo`lishicha, eramizdan ikki, ikki yarim ming yil muaddam Misr kohinlarida oddiy odamlardan ajralib turish uchunxatnaqilishodatimavjudbo`lgan. Farg’ona vodiysi aholisida xatna qilish daraxtlar uyg’onmasdan burun maxsus usta-sartarosh tomonidan amalga oshirilgan. Ustalar ustoz-shogird munosabatlari orqali o`z kasblari davom ettirganlar. Ularning ham o`z pirlari bo`lgan bo`lib, vodiydagi sartarosh-ustalarningpiriSalmonupobo`lgan.
Usta bolaning a`zosi uchiga g’arov (yog’ochdan yasalgan qishich) qistirib, a`zoning chilpinadigan qismini ustara tig’i bilan kesib olgan. Kesish vaqtida bolaga umri uzoq, rizqi butun bo`lsin degan niyatda non tishlatilgan. Bu udumning o`tkazilishi og’riq paytida bolani chalg’itish uchun ham xizmat qilgan. Xatna jarayonida biz yana ko`plab qadimiy udumlarni uchratamiz. Axborotchilarimizning aytishicha, bolani xatna qilayotgan paytda onasi bolasi moyday yoqimli, dasturxoni to`kin bo`lsin degan niyatda bir barmog’ini unga, ikkinchi barmog’ini yog’ga botirib turgan. Ona bunday afsungarlik amali bilan go`yo farzandi og’rig’ining yengillashishiga yordamlashgan. Bolaning sunnatisi onasi tomonidan ramziy sotib olingan va juda ehtiyotkorlik bilan yashirin ravishda mevali daraxtning, masalan, tut tagiga ko`mib qo`yilgan. Bunday qilinishiga sabab, yuqorida ta`kidlaganimizdek befarzand ayollarning xurujidan himoyalanish bo`lgan.
Bola tug’ilishi va tarbiyasi bilan bog’liq marosimlar yuzasidagi tadqiqot ishimizni yakunlar ekanmiz, xulosa qilib shuni ta`kidlaymizki, biz ushbu turkum marosimlarda totemizm, animizm, fetishizm, afsungarlik, shomonlik, zardushtiylik kabi ko`plab qadimiy e`tiqodlar izlarini uchratdik.
Ushbu turkum marosimlardagi afsungarliklar avvalo bo`lg’usi avlodni, ya`ni tug’ilgan chaqaloqning sog’ligini saqlashga qaratilganligini kuzatdik. Zarar etkazuvchi afsungarlik to`g’risida gapirganda ko`pincha u yoki bu kishiga yovuz kuchlar ta`siri bilan emas, balki odamning "kasalligi" (masalan, bepushtligi] o`zi xohlamagan holda boshqaga o`tishi mumkin deyilgan. Lekin biz Farg’ona vodiysi bo`yicha to`plagan dala etnografik materiallarimizda zarar keltiruvchi afsungarliklar kuchsiz ko’rinishga ega ekanligini ko’rdik.
Chaqaloqning dunyoga kelishi va undan keyingi chilla davri to`g’risida ayollarning marosimiy "makruh" sanalganligini, ona va bola chilla davrida yomon ruhlar, yomon ko`zli kishilar nigoha vaa yomon niyatli kishilarning zararli afsunlaridan marosimiy tarzda himoya qilinganligini hamda bu davrda ko`plab afsungarlik urf-odati va marosimlariga amal qilinganligini kuzatdik.
O’zbek xalqi oila qurish an’analariga rioya qilishda, qiz uzatish yoki kuyov tanlashda ham quda bo’lmish tomon xususida ma’lumotga ega bo’lib, ularning ijtimoiy kelib chiqishini, jamoada tutgan o’rnini va obro’-e’tiborini hisobga oladi. Agar kuyov yoki kelin bo’lmish tomonning aqli, odobi, husni-malohati bir hissa bo’lsa, ularning qarindosh-urug’lari, avlodning jamoadagi mavqei va bu xususdagi jamoatchilik fikri ikkinchi, aksariyat hollarda hal qiluvchi omil vazifasini o’taydi. Farzandlarni yaxshiga qo’shish, bu borada xato qilib qo’ymaslikda jamoa, jamiyat ra’yi, ko’pchilikning kengashli fikri muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham, jamoatchilik fikrining shaxs turmush tarzi, taqdirini belgilashdagi ustuvorlik mavqei beqiyosdir. Shu o’rinda «G’arb - qonunlar, sharqiy - urf-odatlar bilan boshqariladi», degan iborani eslamoq joiz. Darhaqiqat sharqda, shu jumladan o’zbeklarning turmush tarzida ham ko’plab urf-odatlari qonunlar darajasida yuqori turadi. Jumladan, oila davrasida yoinki keng jamoatchilik o’rtasida o’tkaziladigan barcha marosimlarimizda mahallaning bosh-qosh bo’lishi, qo’ni-qo’shnichilik an’analarimiz, oila-turmush marosimlarimizdagi ko’plab urf-odatlar qonun darajasidabajariladi.
Jadidlar harakatining yirik nazariyotchisi professor A.Fitrat o’zi yashagan davr hayoti haqida kuyinib xalqning ahvoli ayanchli, yurtning umumjahon jarayonlaridan ancha orqada qolgan, ma’naviy qashshoqlanish yuz bergan deb yozadi. Bu tasodifiy emas edi, negaki, o’tgan asrning boshida, ya’ni A.Fitrat yashagan davrda Sharqiy oilalariga G’arb turmush tarzi singdirila boshlagan edi. U o’zining “Oila yoki oilani boshqarish tartiblari” asarida oila asosini to’g’ri qurishni oilada yosh avlodga jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiya berish orqali mana shu turg’unlikdan qutilish, jamiyatni isloh qilish mumkunligini bayon qilgan. “Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bog’liqdir... Qayerda oila munosabatlari kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo’ladi”2, deb yozadi u mazkurasarda. Fitrat o’z fikrini davom ettirib, “Agar bir mamlakat aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo’l qo’ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostidaqoladi”1,debyozadi.
Muallif oilaviy hayot o’z qonun va qoidalariga ega ekanligini, bu qonunlarga rioya qilish orqaligina odamlarni jaholatdan qutqarish mumkinligini bayon etadi. Oila institutining barqarorligi jamiyatning barcha sohalariga o’z ta’sirini o’tkazadi. G’arb olimlari tadqiqotlarida oilaning inqirozi hususidagi nuqtai nazarlar keng bayon etilmoqda. Xususan, 1859 yilda “Boston Kuaterli Revyu” jurnali shunday deb yozgan edi: “Eski ma’nodagi oila hayotimizdan yo’qolmoqda va bu nafaqat institutlarimizning erkin xarakterini xavf ostida qoldiradi”. Bunday fikrlar ko’pgina G’arb mamlakatlari bo’ylab aks-sado berib o’tdi. 1980 yilda Britaniyada konservatorlar partiyasi oila tushunchasini siyosiy jihatdan muhokama qildi. 1986 yilda Angliyada bosh vazir lavozimida ishlagan Margaret Tetcher konservatorlar partiyasi konferensiyasida: “Bizning siyosatimiz oiladan, uning erkinligidan va uning xotirjamligidan boshlanadi”2 degandi. Boshqa tomondan, oilaning tanqidchilari oila institutining tushkunligini va hatto bora-bora yo’qolib ketishini bashorat qiladilar. Oilaning yo’qolishi to’g’risida hali asoslanmagan holda shunchalik ko’p gapirildiki, bunday umumiy mulohazalarga tanqidiy yondoshish lozim.3 Tabiiyki, oila instituti bugungi kunda fundamental o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ammo G’arb dunyosida yuz berayotgan ijtimoiy o’zgarishlarni o’z holicha sharqiy olamiga, xususan O’zbskiston turmush tarziga aynan ko’chirib talqin etish to’g’ri emasdir.
O’zbekkistonda nikohdan o’tish, oila qurish hollarining yuqoriligi ham oila sonining ko’payishiga, bu esa o’z navbatida, tug’ilishning o’sishiga bog’liq. 1960 yilda respublika bo’yicha oila a’zolarining o’rtacha soni 4,7 kishini tashkil qilgan bo’lsa, 1992 yilda 5,5 kishini, 1994 yilda 5,4 kishini tashkil etdi. 2000 yil ma’lutmotlariga ko’ra esa, oila a’zolarining o’rtacha soni 5,2 kishidan iboratdir nikoh bilan bog‘liq to‘y marosimlari. Nikoh to‘yi kelinni tanlash va uning uyiga sovchilikka borishdan boshlanadi. Toshkentda qarindoshlari va qo‘shnilari bilan etnik va tabaqaviy endogam nikoh ittifoqini ham qo‘llab-quvvatlaydilar. Kelinni tanlashda uning xulqi, yoshi, tashqi ko‘rinishi, yaqin qarindosh-urug‘lari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayonlar «qiz ko‘rish», «uy ko‘rish» marosimlari orqali amalga oshiriladi. Kelin tanlanganidan keyin «non sindirish», «non ushatish» marosimi o‘tkazilib, unda kelinning uyiga keksa, hurmatli ayollardan biri ikki oila birligi va kelishuvi belgisi sifatida non sindirgan. Toshkentda bu marosim asta-sekin fotiha to‘y bilan birga o‘tkaziladigan bo‘lib, unga yaqin qarindoshlar, qo‘shnilar taklif qilingan. Shu kuni kuyov tomon kelinga qalin, uning ota-onasiga esa sarpo yuborgan. Qalin, shuningdek, kuyov tomondan kelinga mahr berish odati milliy an’ana sifatida yangi ko‘rinishlar kasb etgan holda saqlanib qoldi. Qalin puli kelinni sotib olish uchun emas, balki kelin tomonning to‘y xarajatlari uchun yordam sifatida berilib, miqdori ilgarigisidan ancha kam miqdorga keldi. Mahr – kuyovning kelinga ajratgan mulki (odatda, uning yashashi uchun umrbod shaxsiy mulk tarzida berilgan uy). Nikoh to‘yining o‘zi ham bir qancha o‘zgarishlarga uchradi. Barcha tarixiy bosqichlarda to‘yning asosiy negizi diniy nikoh o‘qitish hisoblangan. SHo‘ro hukumatining taqiqlariga qaramasdan, bu marosim doim imi-jimida o‘tkazib kelingan. 20-yillarda majburiy nikoh unsuri sifatida ZAGS dan qayd ettirish, keyinchalik nikoh uylarida ZAGSdan o‘tish joriy qilingan. 80-yillarda esa Toshkentda ZAGSdan o‘tish nikoh to‘yining o‘zida ham o‘tkazila boshlandi, ayni vaqtda diniy nikoh ham o‘qitilmoqda.Qadimdan meros bo‘lib kelayotgan to‘y marosimlari islomgacha va islomdan keyingi udum, marosimlar bilan qorishib ketgan. Islomiyatdan avval ular magik xarakterga ega bo‘lgan. Jumladan, yoshlarni yomon ko‘zdan va balo-qazolardan asrash uchun gulxan atrofida aylantirishgan, boshlari uzra katta yoping‘ich tutishgan. Maxsus udumlar ikki yoshning farovon turmush kechirishlarini (yoshlarga shirinlik va tangalar sochilgan), serfarzand, uvali-juvali bo‘lishlarini (bolalarni tizzaga o‘tqazishgan, pishgan tuxum bilan mehmon qilishgan) ta’minlashi lozim bo‘lgan. «Ko‘rpa qavish», «maslahat oshi», «sabzi to‘g‘rar», «mol yoyar» va boshqa udumlarni xuddi ilgarigidek qarindoshlar, qo‘shnilar davrasida o‘tkazish an’anasi saqlanib qolgan. Shu bilan birga bu udumlarga bir qancha yangiliklar kirib kelgan, xususan to‘y tantalarida ayollar va erkaklar birga qatnashadigan, to‘yga professi­o­nal artistlar taklif etiladigan bo‘ldi.Toshkentda 20-asrning 70-yillardan boshlab to‘ylar ilk marotaba restoran va kafelarda o‘tkazila boshlandi. Kelin-kuyov liboslari ham o‘zgarib, kelinlarning qalin ro‘moli o‘rnini zamonaviy moda asosida fata egalladi, biroq kuyov kiyimida milliy chopon va salla saqlanib qoldi. To‘yga taklif qilinadiganlar tarkibi ham o‘zgarib, unda qarindoshlar, mahalla, qo‘ni-qo‘shni qatorida, hamkasb va birga o‘qiydiganlar ishtirok etadigan bo‘ldi. Urushdan keyingi yillarda ko‘pgina arxaik xarakterdagi odat va udumlar, marosim ishtirokchilari tashabbusi bilan yangilariga o‘zgartirildi. 70–80-yillarda shaharning yodgorlik o‘rnatilgan joylariga gul qo‘yish, suratga tushish, video tasmaga olish, kelin-kuyovning bir-biriga uzuk taqish an’analari kirib keldi. Shuningdek, shu yillarda Toshkentda kelinga qilinadigan sep tarkibi ham an’anaviy buyumlar qatorida, servizlar, mebel garniturlari va muzlatkichlar va boshqa bilan boyitildi. Nikoh to‘yining so‘nggi bosqichi kelinning yangi oilaga kirib kelishi, qarindoshlar bilan tanishishi, «kelin salom», «bet ochar», «challar», «quda chaqiriq» bilan yakunlanadi. 20-asrning oxirlarida to‘y marosimlarining ko‘p chiqimliligi sabab Toshkentda challar va quda chaqiriq qo‘shib o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bola tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlar. Bunga azon, aqiqa to‘yi, soch (kokil) to‘yi, beshik to‘yi, o‘g‘il to‘yi, muchal to‘yi kabi rasm-rusumlar kiradi. Bu marosimlarda ko‘plab an’analar saqlanib qolgan. Allohga shukronalik belgisi sifatida farzand tug‘ilgandan keyin 20 kun ichida qilinadigan aqiqa to‘yi, chaqaloqqa azon aytish, chilla saqlangan. Beshik to‘yi ayollarning o‘ziga xos bayrami hisoblanib, chaqaloqning buvisi (ona tomonidan) shu kuni uni beshikka belagan. Bu tadbir, odatda, turli magik marosimlarni bajarish yo‘li bilan o‘tkazilgan. Go‘yoki, bu marosim yordamida chaqaloqning ota-onasi yovuz ruhlarni haydagan. Bolaning yovuz ruhlardan va ko‘z tegishidan saqlaydigan birlamchi tumorlar, pichoq, qalampir, isiriq va boshqalar bo‘lgan. Go‘dakning buvisi nevarasiga atalgan barcha narsa (kiyim-kechak, o‘yinchoq va boshqa)larni tayyorlagan va qarindosh-urug‘lari hamda qo‘ni-qo‘shnilari bilan birgalikda shodiyona bo‘layotgan uyga yo‘l olgan. U o‘zi bilan bayramona bezatilgan beshik va chaqaloqning ota-onasi, bobosi va buvisiga atab bosh-oyoq sarpo olib borgan. An’anaviy udumga ko‘ra chaqaloqni beshikka yotqizish, emizish va isiriq tutatishga rioya qilingan. Chaqaloq tug‘ilganidan to bir yoshga to‘lguniga qadar ham uning sog‘-salomatligini saqlash maqsadida turli urf-odat va marosimlar o‘tkazilgan. Go‘dakning birinchi qadamini qo‘yishi, birinchi tishining chiqishi va sochini birinchi marta olinishi (soch to‘yi) munosabati bilan muayyan marosimlar bajarilgan. Bola 12 yoshga to‘lishi munosabati bilan esa oila davrasida Sharq kalendariga ko‘ra bolaning birinchi muchal to‘yi o‘tkazilgan. 20-asrning 2-yarmidan e’tiboran bolaning tug‘ilgan kunini nishonlash marosimi keng tarqaldi. Insonning 50, 60, 70, 80 yoshlik yubileyini o‘tkazish ommaviylashdi. Toshkentlik o‘zbeklarning Oilaviy marosimlari ichida avvalgiday eng katta to‘y marosimi o‘g‘il to‘yi hisoblanadi. Sovet tuzumida ushbu marosimni qanchalik yo‘qotishga harakat qilinganiga qaramay u barcha oilalarda yashirin ravishda yoxud qandaydir marosimlarga (bobosining yubileyi, tug‘ilgan kun va boshqalarga) qo‘shilgan holda o‘tkazilib kelingan. O‘g‘il to‘yida ko‘plab urf-odat va marosimlar bajarilgan. Ayrim joylarda o‘g‘il to‘yi 4–5 kun davom etgan. 70–80-yillarda barcha turdagi to‘y marosimlarini o‘tkazish Toshkent aholisining ma’lum qatlami tomonidan ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilishi bilan ajralib turgan. Badavlat oilalar to‘y marosimlarini o‘tkazishda o‘zlarining moddiy imkoniyatlarini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilish, jamiyatdagi obro‘-e’tiborlarini mustahkamlash yo‘lida foydalanganlar. Bularning barchasi aholining qolgan qatlamida norozilikni keltirib chiqargan. Davlat va jamoatchilik, mahalla ahli tomonidan ushbu tendensiya qoralanib, an’anaviy marosim mazmun-mohiyatiga ko‘pincha zid hisoblangan isrofgarchilik va dabdababozlikka chek qo‘yish to‘g‘risida chora-tadbirlar ko‘rilgan. 20-asr oxiridan boshlab Toshkentda aqiqa, beshik to‘yi va o‘g‘il to‘yi yagona tadbirga birlashtirilib, iqtisod qilingan pullarga onalar ro‘zg‘or buyumlari olishgan. Dafn va ta’ziya marosimlari. Bu marosimlardagi diniy an’analar (janoza va boshqa) sovet hukumatining taqiqlashiga qaramay aholi tomonidan o‘tkazilgan, chunki odamlarning bu an’analarga nisbatan e’tiqodi kuchli bo‘lgan. Dinga qarshi kurash odamlarning e’tiqodini so‘ndira olmadi. Ularning yashirin tarzda o‘tkazilishi dafn marosimlaridagi ayrim urf-odatlarning shaklan o‘zgarishiga olib keldi, xolos. 80–90-yillar boshlarida Toshkent aholisi tomonidan dafn-xotirlash marosimlarida uchi, yettisi, yigirmasi, qirqi, yili, hayitlarini o‘tkazish keng tarqalgan. Ular ba’zan hatto me’yoridan ortiqcha darajada ham o‘tkazilgan. 90-yillarning 2-yarmida aholining o‘z xohish-irodalariga ko‘ra ayrim urf-odatlar qisqardi va ayrimlari birlashtirildi. Toshkentda dafn marosimining birinchi oyidagi va yil marosimi o‘rniga ehson sifatida marosim o‘tkaziladigan bo‘ldi. Toshkentliklar ilgarigidek o‘tganlarni ramazon va qurbon hayiti kunlari hamda birinchi qor (qor yog‘di) va birinchi gul ochilgan vaqtda (gul) oilalari davrasida xotirlashadi va ramazon oyida iftorlik qilishadi. Toshkentda nikoh to‘yi va xatna to‘yi (o‘g‘il to‘y) munosabati bilan nahorda osh berish uzoq davrdan beri odatga aylangan. Bu odatga hozir ham muayyan o‘zgarishlar bilan amal qilib kelinadi. Jamoaviy bayramlarda har bir oila faol ishtirok etgan. Bayramlar ichida eng ommaviylashgani navro‘z hisoblanib, bu kuni sumalak, halim va chalpak kabi marosimiy taomlar pishirilgan, bazm uyushtirilib, bemorlar va qariyalar holidan xabar olingan. Toshkentda Yangi yil, Xotira va qadrlash kuni, Konstitutsiya kuni kabi yangi bayramlar ham keng nishonlanadi. 1991 yilda Toshkent aholisi hayotiga shahar maydonlarida o‘tkaziladigan Mustaqillik kuni bayrami kirib keldi. Bugungi kunda bu bayram mahallalarda, ishlab chiqarish jamoalarida va oilalar davrasida o‘tkaziladi. U o‘zbeklarning qadimiy milliy an’analari va urf-odatlarini o‘zida singdirgan va o‘zbek xalqi milliy o‘zligining shakllanishi, etnik qadriyatlari, tarixi va madaniyatiga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi. Oila, qoida tariqasida, ikki avlod vakillari - ota-onalar va ularning farzandlarini birlashtirdi. Bunday oila odatda katta jamoani ifodalaydi. Ko'pincha oilada 7-9 bola bor edi. Agar o'g'il bolalar orasida bolalarning yarmidan ko'pi bo'lsa, unda bunday oilalar kambag'al hisoblanmaydi. Aksincha, ular ancha "kuchli" edilar, chunki ularda ishchilar ko'p edi. Asosiy oilaviy marosimlar orasida suvga cho'mish, to'y, dafn marosimi mavjud. O'g'il bolalar odatda 24-25 yoshda, qizlar esa 18-22 yoshda turmush qurishadi. Sovet Ittifoqida til va madaniyat: - Moskva, Rossiya Davlat gumanitar universiteti nashriyot markazi, 2009 - 303 b. Nikoh cherkov to'yida rasmiy baraka olgan bo'lishi kerak. Faqat bunday nikoh qonuniy deb hisoblangan. Hayotning birinchi oylarida har bir bolaning suvga cho'mishi ham ajralmas edi. Marhumning cherkovda yoki uyda dafn marosimi ham asosiy marosimlardan edi. O'g'il turmushga chiqqandan so'ng, ota-onasi va yaqin qarindoshlari, qoida tariqasida, unga o'z uyini qurish va jihozlashda yordam berishdi. Qizlarning turmushga chiqishi kuyovga sepni topshirish bilan birga bo'lib, ular kelajakdagi kelin tug'ilgandan keyin darhol saqlashni boshladilar. Uning ko'p qismlari nikohdan oldingi davrda qizning o'zi tomonidan yaratilgan. Ayniqsa, kashta tikilgan kiyim-kechak, zig'ir va boshqalar ko'p edi. Ayolning onalik va nikoh burchi tushunchasi mafkuraviy va siyosiy manipulyatsiya aylanishiga kirdi (doimiy urushga tayyorlanayotgan mamlakat yuqori tug'ilishga muhtoj edi). Jinsiylik ko'payish bilan chambarchas bog'liq bo'lib chiqdi (1935 yilda SSSRda kontratseptiv vositalar ishlab chiqarish to'xtatildi). 1936 yilda ajralishni qiyinlashtiruvchi qonun qabul qilindi; 8 yildan keyin ajralishga faqat sud orqali ruxsat berildi. Xuddi shu 1936 yilda abortlar taqiqlandi ("tibbiy ko'rsatmalar" deb ataladigan narsalar bundan mustasno), bu ayollarning reproduktiv huquqlarida mag'lubiyatga uchradi. "Kundalik hayot inqilobi" yo'lida muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat "erkin va teng" ayollarning yelkasiga ikki baravar yuk qo'ydi, mumkin bo'lgan haqoratlarni kichik tarqatma materiallar bilan to'ladi (1944 yilda "Ona qahramoni" faxriy nishonining joriy etilishi ”, bolalarni bolalar bog'chalari va bog'chalarida saqlash uchun arzimas to'lov) F de La Rochefucauld. Maksimlar. J. de La Bryuyer. Qahramonlar yoki hozirgi davr axloqi. Ch. de Sent-Deni de Sent-Evremon. Tanlangan suhbatlar. L. de Klapier de Vovenargues. Inson ongi haqidagi bilimlarga kirish. Fikrlar va maksimlar. S.-R. N. Chamfort. Maksimlar va fikrlar: F. de La Rochefucauld, J. de La Bruyère, Ch. de Saint-Denis de Saint-Evremont, - Moskva, Pushkin kutubxonasi, AST, 2004 - 189 p .. Kutubxona va oila Bolalar kitobxonligini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha kutubxona faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim omil. - uning jamiyati, kitobxonning oilasi bilan aloqalari. Bolaning shaxsiyati oilada shakllanadi ... Qadimgi Rimliklarning hayoti Rim tarixining dastlabki davrida oila va ta'lim fuqaro hayotining maqsadi va asosiy mohiyati - o'z uyi va bolalarining mavjudligi hisoblangan, oilaviy munosabatlar esa qonunga bo'ysunmagan, lekin ular tomonidan tartibga solingan. an'ana ... Klassik xoreografiya rivojiga hissa qo'shgan buyuk odamlar Xotini - Chikvaidze Elena Georgievna (1910-1996), balerina o'g'li - Mixail Lavrovskiy (1941), balet raqqosi va xoreograf nabirasi - Leonid Lavrovskiy-Garsiya (1987), Rossiya Teatr san'ati akademiyasida aktyorlik o'qituvchisi ... Versal (saroy va istirohat bog'i) - Lui XIV davridagi klassitsizmning namunasi Trianon 1668 yilda Lyudovik XIV tomonidan u yerda engil taomlar uchun pavilyon qurish niyatida sotib olingan qishloqning nomi edi; 1670-yilda meʼmor Levo tomonidan qurilgan pavilyon koʻk va oq fayans koshinlar bilan bezatilgan... Dmitriy Mixaylovich Pojarskiy - Qiyinchiliklar davrining timsoli Ota, Mixail Fedorovich Pojarskiy - Suzdal va Vladimir Buyuk Gertsogining 13-avlodi, keyin Kiev Buyuk Gertsogi Yuriy Vladimirovich Dolgorukiyning avlodi. Onam, Efrosinya Fedorovna Beklemisheva... Karl Faberge Sankt-Peterburgda Karl Faberge 1846 yil 30 mayda Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. U 1841 yilda Bolshaya Morskaya ko'chasi, 11-uyda kichik zargarlik ustaxonasiga asos solgan Gustav Fabergening to'ng'ich o'g'li edi. 1860 yilda oila Drezdenga ko'chib o'tdi ... Xitoyning tarixiy va madaniy an'analari Konfutsiy ajdodlari kulti va "Syao" me'yorlari oila va urug'lar kultining gullab-yashnashiga hissa qo'shgan. Oila jamiyatning o'zagi hisoblangan, oila manfaatlariga shaxsdan ko'ra ko'proq ahamiyat berilgan ... Britaniya jamiyatida "uy" va "uy" tushunchalari Baxtli ingliz oilasi o'ziga xos milliy xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu bir vaqtning o'zida buni ta'kidlamaslikni afzal ko'rgan ayolga asoslangan ... Qadimgi dunyo madaniyati: Qadimgi Yunoniston madaniyati Qadimgi Yunonistondagi ayollar, hatto boshqa qadimgi tsivilizatsiyalarga qaraganda, juda yopiq hayot kechirishgan. Ular davlatning siyosiy hayotida ishtirok etmadilar, lekin ular yer va boshqa mulkka egalik qilish huquqiga ega edilar ... Xitoy savodxonligidagi "oila" atamasi jia ieroglifi bilan belgilanadi, u grafik jihatdan "uyning tomi" va "cho'chqa" belgilarining kombinatsiyasini ifodalaydi. Shunday qilib... An'ana va marosimlar madaniy qadriyatlarni saqlash shakllari sifatida “Oilaviy an’analar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan odatiy oilaviy me’yorlar, xulq-atvor, urf-odat va munosabatlardir”. Katta haqiqat bilan, taxmin qilish mumkin ... An’ana xalq madaniyatining madaniyatni shakllantiruvchi elementi sifatida An'analar nafaqat bir millatni boshqasidan ajratib turadigan, balki turli xil odamlarni birlashtira oladigan narsadir. Rus xalqining oilaviy an'analari Rossiya davlati tarixi va madaniyatiningengqiziqarliqismidir


Yüklə 55,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin