Annotatsiya: Tayyorlov guruhlarda turli XIL bayram tadbirlari va ko’ngil ochish soatlarini namoyish qilishga tayyorgarliklar, bayram ertaliklarining bolalar hayotidagi ahamiyati
Tayyorlov guruhlarda bayram tadbirlari va ko’ngil ochish soatlarini namoyish qilishga tayyorgrlik ko’rish
Annotatsiya: Tayyorlov guruhlarda turli xil bayram tadbirlari va ko’ngil ochish soatlarini namoyish qilishga tayyorgarliklar, bayram ertaliklarining bolalar hayotidagi ahamiyati.
Har bir mamalakatning rivojlanishida uning tarixi, milliy qadriyatlari , urf-odatlari qay darajada saqlab qolinganligi, ijtimoiy-ma’naviy hayotining yuksalish darajasi, ta’lim tizimining raqobatbardoshligi juda muhim ahamiyatga ega. Eng zo’r professor, tadbirkor yoki shifokor ham albatta ilk bilimlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida uning tarbiyachilaridan ola boshlaydi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ 4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2018-yil 18-iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarni hal etish nazarda tutilgan.
Ushbu qaror va farmoishlarning qabul qilinishida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim muassasalarini davlat nodavlat tarmog’ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamash, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tadbiq qilish orqali bolalarni har tomonlama intelektual, ma’na-viy-estetik jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlari vazifalari qo’yilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg’ulotining ahamiyati beqiyosdir. Musiqa orqali yosh avlodda vatanparvarlik tuyg’ulari, go’zalikka intilish, do’stlik, mehr-muhabbat tuyg’ulari ularga intilib yashash, asrash hamda boshqalarga ham ilinish kabi hislatlar rivojlanadi, jamiyatda yetuk shaxs hamda yuksak did sohibi bo’lib kamol topadi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-axloqiy tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi. Inson manaviyatining tarkibiy qismi bo’lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadidir. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun musiqa o’ituvchisining oldiga qo’ygan vazifalari quyidagilardir:
Bolalarda musiqa san’atiga bo’lgan qiziqish va muhabbatni oshirish.
Musiqiy faoliyatlar jarayoni badiiy ijodkorlik va his-tuyg’ularni rivojlantirish.
Asarlarning badiiy-g’oyaviy mazmuni vositasida o’quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash.
Musiqa darslarida kasb-hunar va mehnatga nisbatan o’quvchilarda ishtiyoq uyg’otish kabi ishlarni amalga oshirish kerak.
Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish musiqa mashg’ulotlarini olib boruvchi mutaxasisning professional va axloqiy qiyofasiga bog’liq.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishdagi tarbiya jarayonining ajralmas qismini tashkil etadi. Ayniqsa musiqa mashg’ulotlaridagi bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarini o’kazish bolalar uchun juda qiziqarli jarayon bo’lib, bolalarni ahil-inoqlikka, jamoa bo’lib birlashishga, iliq muhit hosil qilishga sabab bo’ladi. Bolalar ana shu ertaliklar tufayli o’zlarini bir muncha katta va mustaqil inson sifatida his etishadi. Turli xarakterdagi musiqalar, turli xarakterdagi rollar ijrosi, musiqiy ritmik harakatlar orqali bolalarda musiqaga bo’lgan qiziqish va emotsional ta’sirchanlik o’sadi, musiqiy idroki rivojlanadi, turli raqs va o’yinlarda obrazli harakatlar bajarish, turli xil qaramonlar rolini ijro etishlari orqali esa ularning ijrochilik malakalari, aktyorlik qobiliyatlari shakllanadi. Tayyorlov guruhidagi bolalarda yuqorida sanab o’tilganlarning barchasi deyarli shakllangan bo’ladi. Ushbu guruhdagi bolalar tarbiyachi tomonidan berilgan vazifalarni mohiyatini tushunadilar, ko’samatlarni mustaqil tarzda bajaradilar.
Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko’rilar ekan, ushbu ertaliklar bolalar xotirasida o’chmas iz qoldirishi, ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur.
Shunday ekan ertaliklar o’tkazishda ota-onalarning ham yordamga kelishlari tarbiyachi uchun yaxshi dalda beradi. Bayram ertaliklari o’kazishda eng avvalo xona bezagini bayramga mos ravishda tayyorlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bolalarni anu shu o’tkazilayotgan bayram muhitiga tushirish ularni xotirasida yaxshi esida qolishi bilan bir qatorda unga berilgan rol ijrosi, raqs yoki qo’shiqni yana ham jon kuydirib maroq bilan ijro etishga undaydi. Deylik, Mehrjon bayram ertaligini o’tkazishda xonani sariq rangdagi turli xil daraxt barglari , chinor barglaridan yasalgan gullar, kuz faslida pishadigan sabzavot va mevalar bilan bezatish mumkin. Agar yomg’ir raqsi ijrosi uchun bolalar soyaboni ustiga turli daraxt barglarini yopishtirib bezatilsa, rangli qog’ozlardan yomg’ir tomchilari yasab yoki kuz fasli malikasi qahramoni uchun turli barglardan toj hamda kiyim tayyorlansa ham juda qiziqarli bo’ladi, kuz fasli malikasi bolalar tasavvurida yaqqol aks etadi. Bu albatta musiqa o’qituvchisidan mahorat, sabr-matonat va metin iroda talab etadi. Agar ushbu ko’rgazmalarni bolalar bilan birgalikda yasalsa, ularda qo’l mehnatiga bo’lgan qiziqish yana ham kuchayishi bilan bir qatorda mayda qo’l motorikasi rivojlanishiga ham yaxshi faoliyat sifatida xizmat qiladi. Bayram ertaligi uchun tanlangan qo’shiqlar,she’rlar, tayyorlangan raqslar bayram mavzusiga mos bo’lishi ham zarur. Bayram ssenariysiga bolalar tomonidan ijro qilingan turli xil tildagi qo’shiqlarni yoki raqslarni kiritish ham bayramni o’zgacha ko’tarinki ruhda o’tishini ta’minlaydi. Shu bilan birga bolalar musiqa orqali boshqa tildagi qo’shiqlarni bir muncha osonroq o’zlashtira oladi. Bayram so’nggida bola-larni rag’batlantirish ham juda yaxshi bo’ladi.Ularni ko’proq bayram ertaliklarida qatnashishga, bayram ular uchun maroqli va yodda qoladigan tarzda o’tganligiga sabab bo’ladi. Rag’batlantirish bolalar quvonchiga yanada quvonch bag’ishlab, bayramni ko’tarinki ruhda o’tishini ham ta’minlaydi. Bolalar rag’batlantirish orqali ijro mahoratlaridan zavqlanadilar, o’zlariga bo’lgan ishonchlari ortadi.
Xulosa qiladigan bo’lsak bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarini qay darajada go’zal, samarali, ko’tarinki ruhda o’tkazilishi musiqa madaniyati o’qituvchisining bilimi, faolligi, sabr-matonati, izlanuvchanligi, kreativligiga bog’liq.
Shunday ekan o’qituvchi doimo izlanishda bo’lishi, bilim olishdan sira to’xtamasligi va charmasligi zarur. Zero, har bir kasb egasini o’qituvchi tarbiyalaydi, yosh avlodni kelajakda to’g’ri yo’lni tanlashiga ko’makdosh boladi. Ayniqsa musiqa madaniyati o’qituvchisi bolalarni estetik did, go’zallik bilan tarbiyalaydi, oilaga, vatanga bo’lgan muhabbatini uyg’otadi, olamga yaxshilik, mehr-muhabbat, go’zallik bilan boqishga undaydi. Bunda o’qituvchi ham o’z kasbini mutaxassisi bo’lishi, yetarli darajada bilim, ko’nikma va tajribaga ega bo’lmog’i, bolalarga, o’z kasbiga mehr qo’yishi, oldiga qo’yilgan vazifalarni sidqidildan bajarmog’i lozim.