Antiseptika va aseptika



Yüklə 463,9 Kb.
səhifə1/9
tarix29.12.2021
ölçüsü463,9 Kb.
#49019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
aseptika antiseptika Usmonov D pf 503


ANTISEPTIKA VA ASEPTIKA

Hindiston, Falastin va Yunoniston tabiblari jarohat yiringlashining asosiy sabablaridan biri iflos qo'lning ta’siridir, deb bejiz aytishmagan. Gippokrat va Ibn Sino jarohatlami bog'lash va yuvib tozalashda faqat qaynatilgan suvdan, jarohatdan chiqayotgan suyuqlikni tez surib oladigan toza dokadan foydalangan. Shuningdek, tozalash sifatini oshirish uchun uni vino bilan to ‘yintirgan. 1363-yilda Mondevil Gi De Sholpak va boshqa shifokorlar antiseptik moddalar sifatida spirt, sirka kislota, qoramoy, skipidar, simob kabi moddalardan foydalanishgan va o‘sha davrlarda ham jarohatlar tez va birlamchi bitgan.Ammo k o ‘p tadqiqotchilarning fikricha,jarohatning yiringlashi tabiiy deb hisoblangan va uning sabablaridan biri chirishni keltirib chiqaradigan in fek siy a deb h iso b lash g an . B ak terio lo g ik davrning (1878) boshlanishigacha operatsiya qilingan bemorlarning yarmi saramas, piyemiya, gazli gangrena yoki jarohat difteriyasidan halok bo'lar edilar.



Malgani m a’lumotlari bo'yicha XIX asr o‘rtalarida Parijda 5 yil ichida o p eratsiy a qilingan 500 n afar bemorning 300 tasini, 400 ta k atta operatsiyalardan so'ng N.I.Pirogov 159 bemorni qutqarib qololmagan. Bemorlarning qariyb 80 foizi arzimas xirurgik jaro h atlard an nobud b o 'lg a n . Bunga g o sp ita l infeksiya sabab b o 'lg a n edi. D av o lash muassasalari bemorni qutqarish o'rniga ularning ko'pchiligini o'limga giriftor qilar edi, chunki xonalar dezinfeksiya qilinmas, maxsus kiyim-k ech ak lar yetishm as edi. Q o 'l va asb o b lar operatsiya yoki y ara bo g iash d an oldin emas, balki keyin yuvilardi. Shu sababli yara bog'lash paytida infeksiya bir bemordan ikkinchisiga bemalol o'tavergan. XIX asrning 40-yillarida N.I.Pirogov jarohatni davolashda karbol kislota, liyapis, spirt, yod nastoykasini ishlatgan va jarohat infeksiyasiga qarshi kurashish mumkinligini k o 'p marta ta ’kidlagan. U o'zining «U mumiy harb iy -d ala xirurgiyasining boshlanishi» nomli kitobida «Shunday vaqt k eladiki, trav m atik va gospital miazmalarni puxta o'rganish xirurgiyani boshqa yo'nalishga olib boradi», deb yozgan edi.Venger akusher-ginekologi I.Zimmelveys (Vena) 1847-yiIda akusherning iflos qo'li ko'zi yoriyotgan homilador ayolni og'ir oqibatlarga olib kelishini tushunib yetdi va antiseptika usullariga yondashib ish tuta boshladi. U q o 'ln i, asb o b larn i, tu g 'r u q y o 'llarin i, shuningdek tu g 'ru q d a kerak bo 'lad ig an hamma narsalarni xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qiladigan bo'ldi. U homilador ayollarda uchrab turadigan, tug'ishdan keyin ro 'y beradigan sepsisni kamaytirishga erishdi. Olim tuqqan ayolning bachadoni katta jarohat ekanligini va uning tez yallig‘lanib, sepsis keltirib chiqarishini tushunib yetgan edi. Shunday qilib, I.Zimmelveys, D.Listerdan 17 yil aw al boshlang'ich antiseptikani ochib beradi, yiringlash va chirishning oldini olish uchun doya va vrachlar homilador ayolni tekshirishdan oldin q o ‘lni xlorli ohak eritmasi bilan yuvish kerakligini q at’iy talab qildi. Bu talab asbob-uskunalarni ishlatishga ham taalluqli ekanligini ta ’kidladi. I.Zimmelveys Ovro'padagi akusher-ginekologlarga xat yoilab, agar doyalar q o ‘llarini yuvmasalar ularni sudga berish lozimligini uqtirdi. O lzi esa o peratsiya paytida q o ‘li ja r o h a tla n ib qolib, sepsisdan v afo t etdi. I.Zimmelveys Venadagi o ‘zi boshchilik qilayotgan kasalxonada bolalar o ‘limini birmuncha kamaytirgan bo‘lsa-da, uning usulini xirurglar bevosita infeksiyadan ko'ra havodan tushadigan infeksiya xatarli deb hisoblar edilar. D .Lister operatsiyadan keyingi infeksiyaning sab ab ch isi tashqi muhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan balg'am orqali o'tadi degan xulosaga keldi.Lister antiseptik va dezinfeksiyalovchi modda sifatida qoramoyning asosi bo'lgan karbol kislotani (11 suvga 50 g) qo'lladi. Bu eritmaga xirurgik asboblar, ba’zan bog'lamlar ham solib qo'yilar, shuningdek, jarrohlar qo'llarini ana shu suyuqlik bilan yuvar edilar. Operatsiya paytida karbol kislota 2,5-5 foizli eritmani maxsus purkagich bilan jarohat ustiga, xona havosiga purkar edi. Operatsiyadan keyin jarohat shu eritma bilan yana yuvilar va unga 5 foiz karbol kislota hamda qarag'ay yelimi shimdirilgan bog'lam qo'yilar edi. Bu maxsus bog'lam avval ipak bog'lam, keyin 8 qavat doka, uning ustidan «makintosh» nomini olgan kleyonkali yoki rezina aralashgan qog'oz bog'lamdan tashkil topgan edi.

ANTISEPTIKA TURLARI

Fizik antiseptika

Antiseptikaning fizik, mexanik, kimyoviy, biologik va aralash turlari

farqlanadi. Hozir bular yallig'lanish jarayonlarini davolashda asosiy o'rinni

egallaydi. Jarohatlarning kechish bosqichlariga qarab ochiq davolash, ya’ni

qurituvchi steril tamponlar, qizdiruvchi lampalar, fen apparatlarini ishlatish,

jarohat suyuqligini tez shimib oladigan bog'ichlar, tamponlar, drenajlar va

boshqalar fizik antiseptikaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Tibbiyotda

ishlatiladigan oq gigroskopik doka fizika qonuniga binoan surish va oqim

yo'nalishini hosil qilish xususiyatlariga ega.

Jarohatdagi yiringlami oqizib chiqarish uchun dokadan tashqari rezina

drenajlar ishlatiladi, ular mikroblarning yashash davomida hosil bo'lgan

zaharli moddalarni, parchalangan to'qimalarni tashqariga - bog'ichga

chiqarishga, ya’ni jarohatni yiringdan tozalashga yordam beradi. Hozirgi

kunda jarohatning tez bitishi uchun adekvat drenajlar qo'llaniladi. Antiseptik

suyuqliklar yiringli bo'shliqqa yuboriladi va shu bilan birga tashqarida nisbiy

bosim hosil qiladigan moslamalar orqali u bo'shliqdan so'rib olinadi. Bularga

Byullou, Redon tipidagi drenajlar kiradi. Shuningdek, nekrozga uchragan

to'qimalarni tez ko'chishi uchun osmotik aktiv preparatlar qo'llaniladi. Ularga

gipertonik eritmalar (Osh tuzining 10 foizli eritmasi, glyukozaning 20-40 foizli

eritmasi), polietilen-glikol asosidagi moylar ishlatiladi. Ular jarohatni yiringli

jarayondan tez tozalaydi. Abu Ali ibn Sino yiringli jarayonlarni davolashda

asaldan foydalangan. Jarohatning tez bitishida steril havo oqimi hosil

qiladigan aeroterapevtik moslamalar (ATU-3, ATU-5) yordam beradi. Bu

holda cheklagan joyga doimiy ravishda isitilgan steril (20-40 S) havo

yuboriladi, shuningdek, maxsus moslama yordamida jarohatda simob ustuni

hisobida 5-10 dan 50 mm gacha musbat bosim saqlab turiladi. Bu usullar

fizik antiseptikaning yangi yo'nalishlaridan hisoblanadi.

Mexanik antiseptika

J a r o h a t va uning atro fin i mexanik usul bilan tozalash ja rro h lar

e ’tib o r in i k o 'p d a n b u y o n to r tib kelgan. Bu esa o 'z n a v b a tid a

mikroorganizmlar uchun asosiy oziqlantiruvchi muhit bo'lgan o'lgan va

o'lishi m uqarrar to'qim alarni jarohatdan kesib olib tashlash mexanik

antiseptikaning vazifasi hisoblangan. Undan asosiy maqsad jarohatga

birinchi jarrohlik ishlov berishdir.

Rus xirurgi A.Charukovskiy 1836-yilda o'zining «Harbiy-dala meditsinasi»

kitobida lat yeyishda hosil bo'lgan jarohatlarni kesilgan, ya’ni chekkalarni

tekis jarohatga aylantirish va uni tez-tez tikish yo'li bilan davolash kerak,

de b yozgan va yangi jarohatlami birlamchi ishlash va tikish choralarini eslatib

o‘tgan. 1898-yilda Fridrix bunga ilmiy yondashib jarohatga tushgan

infeksiyani yo‘qotish va uning asoratsiz bitishini ta’minlash uchun uning

chetlarini va tubini sog‘lom to'qima chegarasigacha operatsiya yo'li bilan

olib tashlashni taklif qildi. Operatsiya yo'li bilan kesilgan jarohat chetlari

telcis bo'lganligi uchun tikilganda yaxshi bitadi. Bu davolash usuli awallari

Abu Ali ibn Sinoga ham ma’lum edi. Biroq mexanik antiseptika jarohatning

birlamchi ishlash usulini taklif qilgan Fridrixning bu boradagi xizmatlari katta.

Jarohat hosil bo'lgandan 6-12 soat o'tmasdan bajarilganda tekis chandiq

hosil qiladi va yaxshi natija beradi.

Kimyoviy antiseptika

Bu usulda bakteritsid va b ak terio statik xususiyati b o 'lg an turli

kimyoviy antiseptik moddalarni ishlatish k o 'zd a tutiladi. Antiseptiklar

bilan mikroblarni yo'qotish yoki uning jarohatda rivojlanishini to'xtatish

maqsadi qo'yilgan. Bu usul bilan davolashda antiseptik xususiyati bo'lgan

surtmalar (Vishnevskiy moyi, iruksol, naftalin va boshqalar), emulsiya va

kukunlar (kseroformlar, yodoform, streptotsid va b.) ishlatiladi.

Biologik antiseptika

Maxsus zardoblar, vaksina va antibiotiklar ta ’sirida bemorning himoya

k u ch larin i o sh irad ig an , ja r o h a tla r d a in fek siy an in g riv o jlan ish in i

to'jctatuvchi antiseptik xususiyatlari bo'lgan davolash vositalari (maxsus

vaksina va immun zardoblar, anatoksinlar, immunoglobulinlar, qon va

plazm a quyish va b.) faoliyatidan paydo b o 'lg an m oddalar o rq ali

boshqalarga ta ’sir qilish (antibiotiklar, bakteriofaglar va pro teo litik

fermentlar) dan iborat.

ANTISEPTIK MODDALARNING TA’SIRI VA QO‘LLANILISHI

Antiseptik moddalar vazifasi va ta ’sir qilish spektriga qarab har xil

g u ru h larg a b o 'lin a d i. U lar avvalo o rg an iz m g a q arsh i m ik r o o r -

ganizmlarning o'sishini to'xtatishi, mahalliy mikroorganizmlarga ta ’sir

qilmasligi, teri, shilliq parda va jarohat sathidan yaxshi so'rilishi, suvda

o 'rtach a yoki kam eriydigan, yog'larda va lipidlarda esa yaxshi eriydigan

bo'lishi lozim. Antiseptik moddalarning yana bir xususiyati teri va shilliq

p ard alar lipidlariga qo'shilib, ularning mikrobga qarshi ta ’sir kuchini

oshirishidir. Bunday antiseptiklarga anion va kation tipidagi yuzasi

aktivlashgan moddalar kiradi.

A ntiseptik m o d d alar ta ’siriga qarab bakteritsid (b ak teriy alarn i

o ‘ldirish) va bakteriostatik (bakteriyaferning rivojlanish xususiyatini

to ‘xtatuvchi) guruhlarga bo‘linadi. Shularni hisobga olib, antiseptiklarning

ta ’sirchanligi quyidagilardan iborat bo'lishi kerak:

1) jaro h at infektining bir joyda to'planishi, uning qon va lim fatik

tomirlarga yo'nalishini to'xtatishi;

2) mikroblarning jarohatlangan joyga yopishib qolishi, adgeziyasining

oldini olishi;

3) bakteriyalarning patogenhk omilini kamaytirishi, to 'q irn alarg a

kirishi va ko'payishining oldi olinishi;

4) antimikrob ta ’sirini oshirishi;

5) antibiotiklar va turli fizik omillar (lazer, ultratovush, doimiy elektr

toki) ta ’sirini kuchaytirishi.

Y uqorida qayd qilingan xususiyatlari b o 'lg an m o d d alar yaxshi

antiseptiklar hisoblanadi.

ANTTSEPTIKLARNI QO‘LLASHNING ASOSIY USULLARI

1. Antiseptiklar bilan jarohat yuzasiga ta ’sir qilish. Buning uch un doka

sharchalarini antiseptik eritmaga to'yintirib jarohatga q o 'y ish yoki

antiseptik kukunni, surtma doirasini jarohat yuzasiga qo'yish kerak.

2. Antiseptik moddalami bo ‘shliqlarga yuborish.Bu usulda antiseptiklar

va an tib io tik lar (penitsillin, streptom itsin, xlorgeksidin, d io k so d in ,

dimeksidin va b.) yallig'lanish jarayoni ketayotgan ko'krak, q orin yoki

boshqa bo'shliqlarga yuboriladi. Bundan avval bo'shliqdagi yiring so'rib

olinadi.


3. Jarohat sathini doimiy ravishda yuvish yoki antiseptiklar sepib ytivish.

Bu usulda jaro h at drenaj-rezina naycha orqali yuvib turiladi. M asalan,

K.M.Sapejko jaro h atn i vaqti-vaqti bilan yodning spirtli eritmasi bilan,

Karrel-Daken esa natriy bikarbonat (soda, borat kislota) bilan jaro h atg a

rezina naycha qo'yib, bog'ichni antiseptiklar bilan to'yintirib yuvi b turgan.

Ammo bu usullar hozir tarixiy ahamiyatga ega, xolos.

4. Antiseptik moddalami parenteral у о7 bilan, ya 'ni arteriya, vena, limfa

tomiriga yuborish. Hozirgi vaqtda o g 'ir yiringli jarayonlarni davolash

u ch u n a o r ta , p o r ta l vena k ab i y irik tom irilarga ham an tim ik r o b

preperatlar yuboriladi. Buning uchun Seldinger usulida son arte riyasidan

m axsus kateter orq ali ao rtag a yoki boshqa a ’zolar to m irig a (m e’da

tomirlari, pastki yoki ustki ichak tutkich tomirlari va b.) lozim bo'lgancha

(2-5 k u n g ach a) an tim ik ro b m o d d a lar yuboriladi. Bu u s u l ch u q u r

antiseptik usulga kiradi. Qo'l-oyoqning yiringli jarayonlarida, shuningdek

suyak yiringlashida suyakning g‘ovak qismiga yoki limfa tomirlariga shu

mikroblarga qarshi sezgirligi kuchli bo'lgan antibiotiklar (gentamitsin,

linkomitsin va b.) yuboriladi.

Yuqoridagilarni nazarda tutib antiseptiklarni q o ‘llash ikki guruhga

bo'linadi: yuza va chuqur. Yuza antiseptiklarni q o ilash jarohat yuzasida

amalga oshiriladi, chuqur usulida bo‘shliqlarga, uzoq kateterli terapiya

muolajasi bilan qon va limfa tomirlarga yuboriladi.

ANTISEPTIK MODDALAR

Antiseptik moddalar turli kimyoviy guruhlarga mansubdir: galoidlar,

o k sid lo v ch ilar, an o rg an ik va o rg an ik , b o ‘yovchi, x in o k so lin d an

tayyorlangan moddalar.

Anorganik moddalar

Galoidlar antiseptik xususiyatga ega. Ular vodorod atomi bilan birikib,

mikroblarning molekulyar strukturasiga zarar yetkazadi. Ularning salbiy

tomoni tirik to‘qimaga ham nisbiy ta ’siridir, shuning uchun ular boshqa

eritmalar bilan qo‘shib ishlatiladi.

Xloramin 12,6-13,6 foiz aktiv xlorga ega. 0,5-1 foizli eritmalari jaro h at

yuzasini yuvishda, SPID ning o ld in i o lish d a ish latilad i. U ku ch li

dezinfeksiya qiladigan xususiyatlarga ega. T a ’sir etuvchi qismi xlor

preparatda 25 foizgacha bo'ladi.

Xlorgeksidin bakteritsid va antiseptik xususiyatga ega. 20 foizli suvli

eritm asi xlorgeksidin b ig ly u k an at sifatid a ch iq arilad i. O p eratsiy a

qilinadigan joyni tayyorlash uchun 70 foizli etanoldan tayyorlangan 20

foizli eritmasi ishlatiladi. Kuyish jarohatlarini 0,05 foiz eritmasi, qovuqni

0,02 foiz, qoilarn i 0,5 foizli spirtli xlorgeksidin biglyukanat eritmasi

bilan yuviladi. .

Yod antiseptik sifatida kuchli vositadir. 1,3,5,10 foiz holatlarda

ishlatiladi. U jarroh barmoqlarini, operatsiya qilinayotgan joy va jaro h at

atrofidagi terini dezinfeksiya qilishda keng qo'llaniladi. Toza yodning

kristallari ketgutni sterillashda ishlatiladi. (P.P.Sitkovskiy usuli). Yod

preparatlari chirish batsillalari va qoqshol tayoqchasiga kuchli ta ’sir

ko'rsatadi. Yod eritmalaridan keng tarqalgani quyidagicha: a) yod-spirtli

nastoyka terini, operatsiya m aydoni va jaro h at atrofini dezinfeksiya

qilishda ko'p ishlatiladi; b) Lyugol eritmasi: 1 qism yod, 2 qism kaliy

yod va 17 qism suvdan iborat. K ista, oqma va yiringli bo'shliqni hamda

ketgutni sterillashda ishlatiladi; d) yodoform -o'tkir hidli, sariq kukun.

Jarohatda lipidlarga aralashib suv ajratadi va muhitni dezinfeksiya qiladi,

natijada jarohatning ko‘rishiga va tozalanishiga olib keladi; e) yodonat

- yodning yuza aktiv modda bilan suvli eritmasi bo‘lib 4,5 foizli yodni

o ‘z ichiga oladi. Bakteritsid ta ’siriga ega. 1 foizli erkin yod eritmasi

bilan operatsiya qilingan joy ikki marta tozalansa, operatsiya tugagach

yana bir m arta ish latilsa kifoyadir. Ichak tayoqchasiga, tillarang

stafilakokk, proteyga, ko‘k yiringlatuvchi tayoqchaga o‘ta ta ’sirchan.

Oksidlovchilar. Borat kislota kuchsiz antiseptik b o 'lib , yuqori

konsentratsiyada mikroblarning o'sishiga ta’sir etmaydi. 2-3 foizli eritma

sifatida to'qim alarga kam ta ’sir etib, chayish, yuvish, ho'l bog'lamlar

uchun ishlatiladi. K o 'k yiringlatuvchi tayoqchaga kuchli ta’sir qiladi.

Kaliy permanganat. Suvda yaxshi eruvchan qoramtir kristalldir. U

tibbiyotda keng qo'llaniladi. Kuchsiz eritmalari (0,5-1 foizli) pushti ranga

ega bo'lib, og'iz bo'shlig'i, qovuq va boshqa organlarni chayish uchun

ishlatiladi. Kuchliroq (2-5 foizli) eritmalari esa qoramtir binafsha rangga

ega. Bu eritma bakteritsid xususiyatga ega, to'qimani kuydirish xossasi

ham bor. Shuning uchun kuyishda, qoraqo'tirlarni davolashda, badbo'y

hidni yo'qotishda, shuningdek chiriyotgan, yiringli jarayonlarni yuvishda

qo'llaniladi.

Vodorod peroksidning 3-5 foizli eritmasi ishlatiladi. U rangsiz suyuqlik

bo 'lib , to 'q im ali ekssudat va yiringi bo'lgan joyda suv va kislorod

parchalanadi. Vodorod peroksidning antiseptik xossalari kuchsizdir, lekin

ajralib ch iq ay o tg an kislorod an aero b va chirituvchi mikroblarning

rivojlanishiga noqulay sharoit tug'diradi. Vodorod peroksid to'qima

fermenti katalazi bilan qo'shilib olib kislorod ajratadi, bu ko'p miqdorda

ko 'p ik ajralishiga olib keladi. K o 'p ik harakati tufayli jarohatdan yot

jismlar, qon quyqasi, yiring chiqib ketadi. Oksidlovchi sifatida anaerob

infeksiyasi ro'yobga kelgan (Gazli gangrena) yiringli jarayonni davolashda

keng qo'llaniladi. Shuningdek, vodorod peroksid yordamida yaraga

yopishib qolgan bog'lamlarni olib tashlasa ham bo'ladi.

Vino spirti. 70-96 foizli toza hamda aynitilgan (denaturat) spirt eritmasi

ishlatiladi. 70 foizli spirt dezinfeksiyalash va 96 foizli spirt oshlash ta’siriga

ega. Spirt tashqi antiseptik, u xirurg qo'lini dezinfeksiyalash va oshlash,

asbob-uskunalarni dezinfeksiyalashda. ipak, ketgutni tayyorlashda keng

qo'llaniladi. Spirt o'ziga xos hidli. uchuvchan, osongina alangalanuvchi

suyuqlikdir va u muzlamaydi.

O g ‘ir m e ta lla r tu z la r i. S im o b eritm asi q ad im d an tib b iy o td a

ish latilad ig an kuchli hujayra zah ari bo'lib, mikroblarga ham, tirik

to'qimalarga ham bir xil ta ’sir qiladi. Eng ko'p tarqalgan preparatlari

quyidagilar: A. Simob dixlorid kuchli bakteritsid xususiyatga ega. 1:1000-

1:5000 eritmasida bakteriyalar halokatga uchraydi. Suvda yaxshi eriydigan

kristallar, rangsiz, hidi va mazasi yo'q, suvdan farqlash qiyin. Sulema

kuchli zahar, shuning uchun uni boshqalardan farqlash maqsadida uning

eritmalari pushti yoki ko‘k ranga bo'yalib, alohida etiketka yopishtirib

q o ‘yilgan. Oqsilli suyuqliklarda ekssudat, qon, yiring va shu kabilar bilan

birikib albuminatlar hosil qilishi tufayli bakteritsidlik kuchi kamayadi.

S u lem a ipak tay y o rlash d a, q o ‘lq o p lar, k as allar d a ish latilad ig an

buyumlarni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. Metall asboblarga sulema

tegsa, qorayib buziladi. Sulema eritmasi y o ru g 'lik d a o ‘z xossasini

yo'qotadi, shuning uchun uni saqlashda qora idishdan foydalaniladi. B.

Simob (Il)-sianidsiydik yo'llarini yuvish uchun 1:1000-1:5000 eritmalari

ishlatiladi. U kuchli dezinfeksiyalovchi preparat hisoblanib, sulemadan

farqi asboblami qoraytirmaydi. Shuning uchun sistoskoplarni, drenajlarni

dezinfeksiyalashda ishlatiladi. D. Kumush nitrat (lyapis) rangsiz, hidsiz,

tiniq oq kristall tayoqchalardan iborat bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. 0,1-0,03 foizli eritmasi tashqi qo'llanish uchun, shuningdek yiringli jarohat,

qovuqni yuvishda ishlatiladi. 1-2 foizli surtma dorisi, lyapis qalamchalari

gipergranulyatsiyani kuydirishda qo'llaniladi. Kumush nitrat yorug'likda

parchalangani uchun uni q o ra idishlarda saqlash kerak b o 'ladi. E.

Protargolsuvda yaxshi eriydi. Yallig'lanishga qarshi va dezinfeksiyalash

uchun ishlatiladi. Uning 1-3 foizli eritmasi nafas olish va siydik yoilarini

yuvishda, blefarit, konyuktivitga chalinganda ko'zga tomiziladigan tomchi

dori sifatida foydalaniladi.

Kollargol-tarkibida 70 foizli kumush bo'lgan, metall rangini eslatuvchi

yashilroq va ko'kimtir kristallardan tashkil topgan, suvda kolloid eritma

hosil qiladi. 0,2-1 foizli eritmasi yiringli jarohat va qovuqlarni yuvish

uchun, 2-5 foizli eritmasi esa konyuktivit, blefaritni davolash uchun ko‘z

tomchisi sifatida ishlatiladi. F. Rux sulfat suvda yaxshi eriydigan rangsiz

kukun bo'lib, spirtda erimaydi. 0,1 -0,5 foizli eritmasi ko'z tomchisi sifatida,

shuningdek nafas va siydik yo'llarini davolashda, ayollar jinsiy a ’zolarini

(qinni) chayishda qo'llaniladi.

Fenollar. Toshko'mir qoramoyi, neft, smola (katronni qayta haydab

olinadigan modda bo'lib, bak teriy alar p rotoplazm asidagi oqsillarni

denaturatlaydi va ivitadi. A.Fenol, sinonimi-karbol kislota bakteriya

sporalariga ta’sirchanligi kam b o isa-d a, uning vegetativ formasiga kuchli

bakteritsid ta ’sir qiladi. 3-5 foizli eritmasi kasalxona asbob-uskunalarni,

bemor chiqindilarini dezinfeksiya qilish uchun suvli eritmasi qo'llaniladi.

Fenolning toza eritmasi terini oshlab kuydiradi. B. Qciyin qora moyi,qayin

daraxti po'stlog'ini quruq haydashdan olingan modda. U fenol, karbol,

toluol, smola va boshqa moddalarga boy. Teri kasalliklarini davolashda

dori tarkibiga kiradi. D. Ixtiol. O'ziga xos o 'tkir hidli, qo ra rangli, 10,5

foizli organik bog'langan oltingugurtli surtma dori. Yallig'lanishga qarshi,

antiseptik sifatida va mahalliy karaxtlikda ishlatiladi. Teri va bo'g'im

kasalliklarida 5-30 foizli surtma dori yoki suv, spirt, glitserin suyuqligi

tarkibida, bog‘lamlarda ishlatiladi. E. Naftalin- qop-qora rangli naftalin

neftidan tayyorlangan surtma dori. Karbonsuv va smolalardan tashkil

topgan bo'lib, 10-35-70 foizli surtma dori linimentlari yiringli jarohatni

davolashda ishlatiladi. Amaliyotda uchlamchi nomi bilan yuritiladigan

suyuqlik tarkibiga (karbol kislota-36 g, natriy-15 g, formalin-26 g, borat

kislota-20 g, distirllangan suv - 1000 g.) kiradi.

Bo‘yovchi moddalar bakteritsid ta ’sirga ega. A. Metilen ko'ki. Yashil

kristall kukun, uning suvli eritmasi teri kuyganda uning yiringli kasalligida

an tisep tik m o d d a (1-3 foizli sp irt yoki suvdagi eritm asi) sifatid a

foydalaniladi. 0,01 foizli eritmasi bilan qovuqni yuvsa bo'ladi. B. Brilliant

yashili. Suv va spirtda yomon eriydigan yashil tilla rang kukun. Eritmasi

to 'q yashil rangda bo'ladi. 1-2 foizli spirtli eritmasi antiseptik modda

sifatida teridagi jarohatlam i davolashda ishlatiladi. D. Etakridin laktat

yoki rivanol. Yorug'likka chidamsiz kukun, 0,05-2 foiz suvli eritmasi

yiringli jarohat va bo'shliqlarni davolashda ishlatiladi.

Detergentlar - hozirgi kunda keng ishlatiladigan aktiv moddalardir.

Ular to'rtlamchi ammoniy asosi guruhiga kiradi (kation detergentlar). A.

Setilperidiniy xlorid. Yuza sathi aktiv bo'lganligi uchun bakteriyalar

membranasi o'tkazuvchanligini va tarangligini buzadi. 0,1-0,2 foizli

eritmasi jarohatni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. Anion detergentlarga

serigel kiradi. B. Serigel. Setilpiridiniy xlorid (0,20, polivinilbutiral (4,0)

va 0,5 foizli etil spirtidan (100 ml) tashkil topgan. Tibbiyot xodimlarining

q o 'lla r in i, o p eratsiy a m aydonini to zalash d a q o 'llan ilad i. Serigel

tarkibidagi polivinil butiral terini himoya qiladigan parda bilan qoplaydi.

Etanolda tez eriydi. E. Degmitsid. Tarkibida 30 foizli degmin preparati

bo'ladi. 1 foizli eritma sifatida (1 qism degmitsid, 29 qism suv) barmoqlarni

va operatsiya maydonini tozalash uchun ishlatiladi, 1 foiz suvli eritmasi

xiraroq rangda bo'ladi. F. Rokkal. (alkildimetilbenzilammoniy xlorid

aralashmasining 10 foiz yoki 1 foizli suvli eritmasi). Kam zaharli antiseptik

va dezodarant. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, shuningdek

antib io tik larg a befarq bo'lgan strepto va stafilokokklarga, mahalliy

bakteritsid viruslarga ta ’sir qilmaydi. Ba’zi bir zamburug' guruhlariga

ta ’sirchan jarro h barmoqlarni (0,01 foizli eritmasi), operatsiya maydoni

va bemor gigiyena vositalarini (1 foizli), jarohatni dezinfeksiya qilish

(0,0025 foizli)uchun foydalaniladi. Chet elda ishlab chiqariladi. Uning

k erak li k o n s e n tr a ts iy a s i d is tilla n g a n suv q o 'sh ib ta y y o rlan ad i.

R esp u b lik am izd a ishlab c h iq arila d ig an katam in A-B (50 foizli

benzalkoniy xlorid eritmasi) ham rokkal xossalariga ega. G. Yashil sovun,

kaliyli sovun, qo ‘ng ‘ir sariq va ко ‘kimtir massadan iborat bo ‘Igan anion

detergenti. Teri sathini tozalash uchun, shuningdek spirtli sovun va

karbolning sovunli eritmasini tayyorlash uchun qo'llaniladi. H. Tergitsid.

K atio n detergenti. K o‘k yiringlatuvchi tayoqchaga, klebsiyellaga va

boshqa grammanfiy mikroorganizmlarga, zamburug'laming b a’zan bir

guruhlariga ta’sir qiladi. Chet elda ishlab chiqariladi va 1:1000-1:5000

eritmasi sintetik kateterlarni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi.

Kimyoterapevtik moddalar

Hozirgi kunda kimyoterapiya deganda kimyoviy p reparatlar yoki

an tib io tik lar ta ’sirida b akteriya, zam burug1, virus va xavfli o 'sm a

hujayralarini yo'q qilish va uning ta ’sir kuchini kamaytirish tushuniladi.

Antibakterial xususiyati bo'lgan ko'pgina moddalarning hammasi ham

klinik kimyoterapiyaning talablariga to'g'ri kelavermaydi. Bu preparatlar

tez so'riladigan, organizmda nisbatan uzoq saqlanadigan, to'qim a va

q o n d a yuqori konsentratsiyada toza va zaharsiz b o 'lish i, aso ratlar

bermaydigan bo'lishi zarur. Yuqorida aytilgan shartlarni bajarish uchun

kimyoterapevtik indeks (KI) aniqlangan. KI deganda bemor organizmiga

yuboriladigan birlamchi dori miqdori bilan bemorning tuzalishi uchun

lozim bo'lgan dori miqdorining nisbati tushuniladi. Masalan, fenol uchun

KI 1:4 ga, sulfanilamidlar uchun 1000:1 ga, antibiotiklarni KI uchun

terapevtik davolashda ishlatgan m a’qul ekanligi m a’lum bo'ladi.

ASEPTIKA

Aseptika deb, fizik omillar va kimyoviy preparatlardan foydalanish

yo'li bilan operatsiya jarohatiga mikroblar tushishining oldini olishni

ta ’minlovchi tadbirlar yig'indisiga aytiladi. Aseptikaning asosiy prinsipi

jarohatga tegadigan hamma narsa sterillangan, ya’ni mikroblardan

tozalangan bo'lishi shart.

Fizik usul bilan mikroblardan tozalash bosim ostida issiq suv bug'i hosil

qilinadi. Oquvchan bug' va quruq issiqlik bilan avtoklav ichidagi xalatlar,

yoping'ich va operatsiyada ishlatiladigan bog'lamlar sterilizatsiya qilinadi,

gamma nurlari yoki ultratovush ta’sirida ham sterilizatsiya qilinadi.

Antiseptika va aseptikaning joriy qilinishi xirurgiyaning rivojlanishida

yangi davr ochdi va kardioxirurgiya, mikroxirurgiya, to'qima va buning

natijasida a’zolarning transplantatsiyasi kabi yangi xirurgik yo'nalishlar

vujudga keldi. Hozir ham aseptika amaliyot uchun asosiy usul hisoblanadi

va unga yengil-elpi qarash, shartlarini bajarmaslik yomon oqibatlarni

keltirib chiqarishi mumkin. Aseptika qoidalarini o'rgatish har qanday

ixtisoslikdagi shifokomi tayyorlashda muhim vazifa hisoblanadi. Aseptika

uchun an tisep tik m o d d alar q o 'llan ad i. M asalan , usk u n alarn i va

bemorlarga tegishli bo'lgan ashyolarni kimyoviy sterilizatsiya qilish (spirt,

xlorgeksidin, biglyukonat, yodopirin va b. shular jumlasidandir. Yangi

tibbiyot asbob-uskunalarini joriy qilish (endoskoplar, sun’iy buyrak,

sun’iy yurak-o'pka) zamonaviy dezinfeksiya moddalarini izlab topishga

zamin tayyorladi (kation va anion moddalar gibitan, rokkal, tergitsid,

etilen oksid yoki ultratovush bilan sterillash).



QO'L YUVISHNING 6 BOSQICHI. GIGIENIK QO'L YUVISH

Qo'llarni to'g'ri va o'z vaqtida ishlatish xavfsizlikning kalitidir tibbiyot xodimlari va bemorlar. Shunung uchun katta ahamiyatga ega qo'llarni yuvish, muntazam dezinfeksiya qilish, qo'llarni parvarish qilish va qo'lqop kiyish orqali terini infektsiyalardan himoya qiladi.

Birinchi marta jarohatlar infektsiyasini oldini olish uchun qo'llarni davolash 1867 yilda ingliz jarrohi J. Lister tomonidan qo'llanilgan. Qo'llarni davolash karbol kislotasi (fenol) eritmasi bilan amalga oshirilgan.

Qo'l terisining mikroflorasi doimiy va vaqtinchalik (vaqtinchalik) mikroorganizmlar bilan ifodalanadi. Doimiy mikroorganizmlar teri ustida yashaydi va ko'payadi (Staphylococcus epidermidis va boshqalar), va vaqtinchalik (Staphylococcus aureus, Escherichia coli) bemor bilan aloqa qilish natijasidir. Turg'un mikroorganizmlarning 80-90% ga yaqini terining sirt qatlamlarida, 10-20% i esa terining chuqur qatlamlarida (yog 'va ter bezlari va soch follikulalarida) uchraydi. Qo'l yuvish paytida sovundan foydalanish vaqtinchalik floraning ko'p qismini olib tashlaydi. Oddiy qo'l yuvish bilan terining chuqur qatlamlaridan turg'un mikroorganizmlarni olib tashlash mumkin emas.

Sog'liqni saqlash muassasasida infektsiyani nazorat qilish dasturini ishlab chiqishda bo'linmalardagi davolanish va diagnostika jarayonining xususiyatlariga, bemorlar populyatsiyasining o'ziga xos xususiyatlariga va mikroblarga xos bo'lgan tibbiy xodimlarning qo'llarini davolashning aniq ko'rsatkichlari va algoritmlarini ishlab chiqish kerak. birlik spektri.

Qo'llarni yuqtirish xavfi bo'yicha shifoxonadagi aloqa turlari quyidagicha (xavf ortishi bilan):

1. Toza, dezinfektsiya qilingan yoki sterillangan narsalar bilan aloqa qiling.

2. Bemorlar bilan aloqa qilmaydigan narsalar (oziq -ovqat, dori -darmon va boshqalar).

3. Bemorlar bilan minimal aloqa qiladigan ob'ektlar (mebel va boshqalar).

4. Infektsiyalanmagan bemorlar bilan yaqin aloqada bo'lgan ob'ektlar (choyshab va boshqalar).

5. Minimal aloqa (puls, qon bosimi va boshqalarni o'lchash) bilan tavsiflanadigan protseduralar davomida infektsiya manbai bo'lmagan bemorlar.

6. Kontaminatsiyalanganlikda gumon qilinayotgan narsalar, ayniqsa nam narsalar.

7. INFEKTSION manbai bo'lgan bemorlar bilan yaqin aloqada bo'lgan ob'ektlar (choyshab va boshqalar).

8. Infektsiyalanmagan bemor tanasining har qanday sirlari, ajralishi yoki boshqa biologik suyuqliklari.

9. Infektsiyalangan bemorlarning sirlari, ajralishi yoki boshqa tana suyuqliklari.

10. Infektsiya o'choqlari.


QO'LLARNI QAYTA ISHLASHDA KETMA-KETLIK EN-1500 EVROPA STANDARTIGA MOS KELISHI KERAK:


1. Qaytish harakatida bir kaftni ikkinchi kaftga ishqalang.

2. Chap qo'lning orqa yuzasini o'ng kaft bilan ishqalang, qo'llaringizni o'zgartiring.

3. Bir qo'lning barmoqlarini ikkinchisining interdigital bo'shliqlariga ulang, barmoqlarning ichki yuzalarini yuqoriga va pastga siljiting.

4. Barmoqlarni "qulf" ga ulang, egilgan barmoqlarning orqa qismi bilan boshqa kaftni ishqalang.5. O'ng qo'lning bosh barmog'i va barmog'i orasidagi chap bosh barmog'ining asosini, aylanish ishqalanishini ushlang. Bilak ustida takrorlang. Qo'llarni o'zgartirish.

6. Dumaloq harakatda, chap qo'lning kaftini o'ng qo'lning barmoq uchlari bilan ishqalang, qo'llaringizni o'zgartiring.

7. Har bir harakat kamida 5 marta takrorlanadi. Qo'l bilan ishlov berish 30 soniya - 1 daqiqa ichida amalga oshiriladi.(video qo’llanma)

Qo'llarni yuvish uchun bir martalik shishali dispenserlarda suyuq sovun, "Nonsid" suyuq sovuni ("Erisan" firmasi, Finlyandiya), "Vaza-soft" ("Lizoform SPb" firmasi) dan foydalanish afzalroqdir. Mumkin bo'lgan ifloslanish tufayli qisman bo'shatilgan dispenser shishasiga sovun qo'shmang. Masalan, paketga mikroorganizmlarning kirib kelishi va havoning o'rnini bosishning oldini oluvchi, germetik muhrlangan dozalash nasosli Erisan kompaniyasining Dispenso-pac dispenserlari sog'liqni saqlash muassasalari uchun maqbul deb hisoblanishi mumkin. Nasos qurilmasi paketning to'liq bo'shatilishini ta'minlaydi.
Agar sovun bo'laklarda ishlatilsa, alohida bo'laklar mikroorganizmlarning o'sishini qo'llab -quvvatlaydigan nam muhitda uzoq vaqt qolmasligi uchun kichik sovun bo'laklarini ishlatish kerak. Qo'l yuvish o'rtasida sovunni quritishga imkon beradigan sovunli idishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Qo'llar qog'oz sochiq bilan quritilishi kerak, keyin musluk yopiladi. Agar qog'oz sochiq bo'lmasa, shaxsiy foydalanish uchun taxminan 30 x 30 sm hajmdagi toza matodan foydalanish mumkin. Har bir ishlatilgandan so'ng, bu sochiqlarni kirga yuborish uchun mo'ljallangan idishlarga tashlash kerak. Elektr quritgichlar etarli darajada samarali emas, chunki ular terini juda sekin quritadi.
Xodimlarga uzuk taqishdan va lakni halqa sifatida ishlatishdan va mikroorganizmlarni yo'q qilishni qiyinlashtiradigan lakdan foydalanishdan ogohlantirish kerak. Manikyur (ayniqsa, mix to'shagi sohasidagi manipulyatsiyalar) mikrotraumalarga olib kelishi mumkin, ular osonlikcha yuqadi. Qo'l yuvish uskunalari butun kasalxona bo'ylab qulay joylashishi kerak. Xususan, u to'g'ridan -to'g'ri diagnostika yoki penetratsion protseduralar o'tkaziladigan xonaga, shuningdek har bir palataga yoki undan chiqishda o'rnatilishi kerak.

QO'LLARNI GIGIENIK DEZINFEKTSIYA QILISH (ANTISEPTIK)

Bemorlardan bemorlarga va bemorlardan xodimlarga infektsiya yuqish jarayonini to'xtatishga mo'ljallangan va quyidagi hollarda amalga oshirilishi kerak:

Invaziv protseduralarni bajarishdan oldin; ayniqsa sezgir bemorlar bilan ishlashdan oldin; yaralar va kateterlarni manipulyatsiya qilishdan oldin va keyin; bemorning sekretsiyasi bilan aloqa qilgandan keyin;

Jonsiz narsalardan mikroblar yuqishi mumkin bo'lgan barcha holatlarda;

Bemor bilan ishlashdan oldin va keyin. Qo'lda ishlov berish qoidalari:


Yüklə 463,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin