Apirativ xotiraning faoliyatdagi o'rni



Yüklə 47,42 Kb.
səhifə1/10
tarix12.05.2023
ölçüsü47,42 Kb.
#112396
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
APIRATIV XOTIRANING FAOLIYATDAGI O


APIRATIV XOTIRANING FAOLIYATDAGI O'RNI

Xotira — har bir inson uchun juda muhim omil. Yaxshi rivojlangan mnemonik xususiyatlar miyani rivojlantiradi va deyarli barcha vaziyatlarda tezkor munosabat bildirish imkonini beradi. "Trendymen" xotirani mustahkamlashning ilmiy jihatdan isbotlangan bir necha usuli bilan bo‘lishdi. 


Eslab qolish uchun tushunish
Foto: Trendymen
diyamiz imkon qadar inkor qilishga harakat qiladigan oddiy omil. Uni tushunish mumkin: tabiat kutilmagan xavflarga qarshi tura olishi uchun aqliy salohiyatni maksimal saqlab qolishga harakat qiladi. Shuning uchun o‘qilganlarning umumiy konsepsiyasigina emas, mantiqiy tuzilmasini ham yaxshi tushunish juda qiyin kechadi, biroq natijalar ham shunga yarasha salmoqli bo‘ladi. Edinburg qirollik kolleji aspirantlari diplom ishlari doirasida mnemonikani rivojlantirishning eng yaxshi usullariga bag‘ishlangan mavzuda tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqot natijalaridan ko‘r-ko‘rona yodlashning mutlaqo ahamiyatsiz ekani ma'lum bo‘ldi: material ishtirokchilar xotirasida ikki haftadan ortiq saqlanmagan. Qat'iy nazorat ostida taklif qilingan materialning har bir so‘zini yaxshi tushungan qatnashchilar esa, bir yildan so‘ng o‘tkazilgan nazorat imtihonlarida ham uni yodda saqlab qolishgani ma'lum bo‘lgan.
Miya uchun steroidlar
Foto: Trendymen
Sog‘lom ovqatlanish - bu, albatta, juda yaxshi odat. Iste'mol qilingan har bir yegulikni doimiy nazorat qilish istiqbolda butun organizmga, shu jumladan miyaga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri ovqatlanuvchi kishilarning aksariyati yuqori kognitiv xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shunday bo‘lsa-da, hamma narsada istisno bo‘lgani kabi bunga ham kafolat yo‘q. "Zararli" yegulik (qand miqdori yuqori bo‘lgan) biror narsani tezroq yoki aniqroq yodlashga yordam berishi mumkin. Asosiysi, shokoladni shirin qahva bilan iste'mol qilish: masalan, o‘qish jarayonida. Harvardda faoliyat yurituvchi fiziolog, Richard Dokuollaning tadqiqotlari shirinlikdan tiyilmagan guruhdagilarning mnemotik xususiyatlari yuqori bo‘lishini ko‘rsatgan. Odatiy rejimda respondentlar sog‘lom parhezga rioya qilishgan, faqat asosiy vaqtlarda shirinliklar iste'moliga yo‘l qo‘yilgan.

Yüklə 47,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin