Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligining davlat tizimi,
saroy va harbiy boshqaruvi
Sarvinoz Quvondiq qizi Toshmurodova
Sarvinoz120299@gmail.com
Ahmad Abdug’affarovich Ergashev
ergashevahmad197@gmail.com
Alibek Qahramon o’g’li Bengmatov
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Anotatsiya:
Maqolada o’rta asrlarda Buxoro xonligida hukmronlik qilgan
Ashtarxoniylar sulolasining davlat tizimi, ma’muriy bo’linishi, harbiy va saroy
boshqaruvi, shuningdek mansab va amallar haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Devonbegi, parvonachi, mushrif, xazinachi, Nodirmuhammad,
Subxonqulixon, Ubaydullaxon, Sagaraj, O’ratepa, Shahrisabz.
The state system, palace and military administration of the
Bukhara khanate during the Ashtarkhanid period
Sarvinoz Kuvondiq qizi Tashmuradova
Sarvinoz120299@gmail.com
Ahmad Abdugaffarovich Ergashev
ergashevahmad197@gmail.com
Alibek Kahramon oglu Bengmatov
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Abstract:
The article briefly describes the state system, administrative division,
military and palace administration of the Ashtarkhanid dynasty, which ruled the
Bukhara Khanate in the Middle Ages, as well as careers and activities.
Keywords:
Devonbegi, propeller, mushrif, treasurer, Nodirmuhammad,
Subhonqulikhon, Ubaydullah, Sagaraj, Uratepa, Shahrisabz.
Vatanimiz tarixini o’rganar ekanmiz albatta unda o’z o’rniga ega bo’lgan
davlatlar va sulolalar haqida ham ma’lumotlarga ega bo’lishimiz lozim. Shu o’rinda
O’rta asrlarda o’lkamizda turli mamlakatlar va sulolalar mavjud bo’lgan. Ulardan biri
Buxoro xonligidagi Ashtarxoniylar sulolasidir. Bu sulola 1601-1756-yillarda
hukmronlik qilgan. Bu sulolaning boshqaruv tizimiga e’tibor qaratadigan bo’lsak,
Ashtarxoniylar davlat tizimi o’z tuzilishi, mohiyatiga ko’ra Shayboniylar davlat
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
411
tizimidan deyarli farq qilmas edi. Xon rasman oliy hokimiyat boshlig’i bo’lib,
davlatning ichki va tashqi siyosatga bog’liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal
qilinar edi. Lekin amalda ko’pgina ashtarxoniy hukmdorlar yirik saroy amaldorlari
qo’lida o’yinchoq bo’lib qolgan bo’lsada, joylarda mahalliy hokimiyat tamomila
viloyat hokimlari ixtiyorida edi. Bu markaziy boshqaruvning zaifligi oqibati bo’lib, u
ko’p hollarda mamlakatni inqirozga olib kelardi.
Ashtarxoniylar davrida Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo’lib, uni
taxt vorisi boshqarardi. Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo’lib, markaziy va mahalliy
boshqaruv tizimiga ega edi. Bu davrda saroyda otaliq mansabi eng yuksak mansab
darajasiga ko’tarildi. Lekin, barcha saroy mansablarining nomlanishi va vakolati
Shayboniylar davridagidan uncha farq qilmas edi. Otaliqdan tashqari devonbegi,
parvonachi, mushrif, xazinachi va boshqa saroy amaldorlari davlat boshqaruvida
katta ahamiyatga ega edilar.[1]
Viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga bo’ysunishi belgilangan yillik
soliqlarni to’plab xon xazinasiga yuborib turish, xon farmoniga ko’ra xarbiy
yurishlarda o’z qo’shinlari bilan qatnashishdan iborat edi xolos.
Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi hududi juda qisqarib ketdi. 17-asr
boshlarida xonlikka bo’ysunuvchi oltita viloyat - Buxoro, Samarqand, Sagaraj,
O’ratepa, Shahrisabz va G’uzor viloyatlari tilga olinadi xolos. Keyinchalik
Imomqulixon tomonidan Xisor, Toshkent, Turkiston, Farg’ona, Balx viloyatlari qayta
bo’ysundirilgan bo’lsada, Xurosondagi bir necha yirik viloyatlar va Xorazm butunlay
Buxoro xonligi tarkibidan chiqdi. Bu davrda shayboniylar davridagidek ijtimoiy
tabaqalar saqlanib qolgan bo’lsada, ularning mavqeida o’zgarishlar ko’zga tashlanadi.
Jumladan, oliy tabaqa xisoblangan xon va uning avlodlari, saroy amaldorlarining
mavqei birmuncha pasayib, sarkardalar hamda viloyat hokimlarining mavqei oshdi.
Shunindek, bu davrda Jo’ybor xo’jalarining avlodlari mavqei juda yuqoriga chiqadi.
Asosiy soliq to’lovchi fuqaro - raiyatning ahvoli yanada yomonlashdi. Ashtarxoniylar
davrida o’zaro ichki urushlar avj olib, harbiy soxada jiddiy o’zgarishlar, islohotlar
qilinmadi. Qo’shin tuzilishi va jang olib borish usuli ashtarxoniylar davridagidek
bo’lib, bu usul bu davrga kelganda o’z ahamiyatini yo’qota boshlagan edi.
Mamlakatda tashqi va ichki dushmanlarga to’siq bo’la oladigan qudratli harbiy
qo’shinning barpo etilmaganligi, uyushgan markaziy qo’mondonlikning yo’qligi
sababli Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi xarbiy jihatdan o’ta zaiflashib ketdi.
Natijada xonlik xududi qisqarib bordi.
Ashtarxoniylarning davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi o’z tuzilishi hamda
mazmun-mohiyatiga ko’ra, Shayboniylar davri davlatchiligidan deyarli farq qilmas
edi. Manbalarning ma’lumot berishicha XVII - XVIII asrning birinchi yarmi davlat
boshqaruvida hokimiyat markazda ham viloyatlarda ham asosan bir idora - dargohda
mujassamlashib
borgan.
Shunigdek,
Shayboniylar
davrida
bo’lgani
kabi
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
412
ashtarxoniylar davrida ham davlat tizimida o’troq turmush tarzi an’analari bilan birga
ayrim yarim ko’chmanchilarga xos udumlar ham saqlanib qolgan. [2]
Bu davrda ham xon rasman oliy hokimiyat boshlig’i bo’lib, davlatdagi ichki va
tashki siyosatga bog’liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal etilgan. Barcha oliy
farmonlar xon tomonidan joriy etilib, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning
nomi xutbaga qo’shib o’qilardi. Ammo, amaldagi boshqaruvda ko’pgina ashtarxoniy
hukmdorlari saroydagi katta mavqega ega bo’lgan amaldorlar hamda yirik ulamolar
qo’lida qo’g’irchoq edilar. Nodirmuhammad, Subxonqulixon, Ubaydullaxon kabi
xonlar markaziy hokimiyat obro’sini ko’tarishga, bebosh amirlar mavqeini
cheklashga harakat qilgan bo’lsalar-da, ularning bu harakatlari deyarli samara
bermadi. Bu davrda markaziy davlat boshqaruvi saroy amaldorlari ko’lida to’plangan
bo’lsa, joylardagi mahalliy hokimiyat viloyat hokimlari ixtiyorida bo’lgan.
Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida ham naqib, otaliq, parvonachi, dodxoh,
devonbegi, qushbegi, chuhraboshi, yasovul, inoq, qurchi, harbiy qozi, harbiy mufti,
eshik og’a boshi, mirzaboshi, saroy kutubxonasi boshlig’i, dasturxonchi kabi
lavozimlar mavjud bo’lgani ma’lum. Shu bilan birga ularning ayrimlarida sifatiy
o’zgarishlar Yuz berganini ham ta’kidlash lozimdir. Otaliqning vazifasi XVI asrda
asosan joylardagi boshqaruv tizimi bilan bog’lik bo’lsa, ashtarxoniylar davrida,
ayniqsa Abdulazizxondan boshlab, otaliqning markazdagi mavkei kuchaya boshladi.
Masalan, Abdulazizxon Buxoro taxtiga chiqqach poytaxtdagi otaliq vazifasini o’sha
paytda eng kuchli mavqega ega bo’lgan Yalangto’shbiyga taklif qilgan. Otaliqning
mavkei Subxonqulixon davrida ham baland bo’lib, eng muhim harbiy ishlar
(masalan, xivaliklarning Buxoroga taxdidini qaytarish, Xuroson yurishi) otaliqqa
yuklatilgan. “Ubaydullanoma” asarida otaliqqa “umdat al-umaro”, ya’ni “butun
amirlar tabaqasining tayanchi” degan ta’rif berilgan. Abulfayzxon davridagi otaliq
mansabida bo’lgan Hakimbiy va uning o’g’li Rahimbiylar juda katta mavqeiga ega
bo’lib, ular oxir-oqibat sulola vakillaridan hokimiyatni butunlay tortib olishga
muvaffaq bo’ldilar. Ashtarxoniylar, xususan Ubaydullaxon va Abulfayzxon
davrlarida qo’shbegi lavozimidagi amaldorlarning ham mavqei o’sgan. Aniqrog’i shu
mansabdagi shaxsning mavqei ko’tarilishi bilan u egallab turgan lavozimning ham
ahamiyati yuksalgan. Bu davrda Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo’lib,
uni taxt vorisi boshqarar edi. Rasmiy darajadagi davlat boshqaruvi ikki bosqichli
bo’lib, markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi. Viloyat hokimlarining
markaziy hokimiyatga bo’ysunishi belgilangan yillik soliqlarni to’plab xon
xazinasiga yuborib turishi, xon farmoniga ko’ra, harbiy yurishlarda o’z qo’shinlari
bilan qatnashishdan iborat bo’lgan xolos. Ko’p hollarda o’zlarini markaziy
hokimiyatdan mustaqil deb hisoblagan viloyat amirlari va hokimlari ham o’z
boshqaruv tizimiga va harbiy kuchlariga ega bo’lgan.[3]
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
413
Bu davrda amaldorlar toifasiga kirgan shaxslar o’z egallab turgan
lavozimlaridan, ma’suliyatli vazifalaridan tashqari siyosiy jarayonlar va harbiy
yurishlarda ham ishtirok etganlar. Bu davrdagi boshqaruvda dunyoviy lavozimdagi
amaldorlar bilan bir qatorda diniy lavozimdagi amaldorlarning ham mavqei baland
bo’lgan. Boshqaruv tizimida yirik din peshvolari xojalar va diniy mansab egalari
bo’lmish Shayxulislom, sadr, qozi kalon va boshqalar katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Ilgarigi davrda bo’lgandek, bu davrda ham davlat boshqaruvida Jo’ybor xojalarining
mavqei baland bo’lib, asosiy diniy mansabdorlar ular ichidan tayinlangan. Buxoro
Shayxulislomi ham jo’ybor Shayxlari orasidan tayinlanib, Abulfayzxon davrida bu
lavozimni Xoja Yahyoning o’g’li Muhammad Hakim Xo’ja egallagan. Shayxulislom
jamiyatda juda katta rol o’ynagan bo’lib, nafaqat diniy, balki barcha ishlar bo’yicha
hukmdorning doimiy maslahatchisi bo’lgan. Har bir viloyatning o’z qozisi bo’lib,
ular diniy, oilaviy, vorischilik hamda jinoiy ishlarni ko’rib chiqqanlar. Harbiylar
uchun ham alohida qozilar bo’lib, ular qoziyi-askar deb atalgan. [4]
Buxoro xonligidagi huquqiy masalalarni hal etishda muftining o’rni alohida
bo’lgan. Mufti fiqh (huquq) va hadisni juda yaxshi biladigan qonunshunos bo’lishi
lozim bo’lgan. XVII asrning oxiri - XVIII asr boshlarida davlat hokimiyatining
zaiflashuvi oqibatida darvish guruhlarining ham roli ortib borgan.Ashtarxoniylar
davriga kelib Buxoro xonligi hududlari keskin qisqarib ketdi. XVIII asr boshlariga
oid manbalarda xonlikka bo’ysunuvchi oltita viloyat: Buxoro, Samarqand, Sagaraj,
O’ratepa, Shahrisabz va Xuzor tilga olinadi. Imomqulixon hukmronligi davrida
Hisor, Turkiston, Farg’ona va Balx viloyatlari vaqtinchalik qayta birlashtirilgan
bo’lsada, Abulfayzxon davriga kelib Xiva (viloyati) va Qo’qon xonliklari alohida
davlat edi.[5]
Avvalgi davrda bo’lganidek, Ashtarxoniylar davlati viloyatlar, tumanlar va
boshqa ma’muriy birliklarga bo’lingan. XVII-XVIII asrning birinchi yarmi davlat
boshqaruvida hokimiyat markazda ham viloyatlarda ham asosan bir idora - dargohda
mujassamlashib borgan. Shayboniylar davrida bo’lgani kabi ashtarxoniylar davrida
ham davlat tizimida o’troq turmush tarzi an’analari bilan birga ayrim yarim
ko’chmanchilarga xos udumlar ham saqlanib qolgan.Bu davrda ham xon rasman oliy
hokimiyat boshlig’i bo’lib, davlatdagi ichki va tashki siyosatga bog’liq barcha
masalalar uning ixtiyori bilan hal etilgan. Barcha oliy farmonlar xon tomonidan joriy
etilib, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning nomi xutbaga qo’shib
o’qilardi.[6]
Xulosa qilib aytganda Ashtarxoniylar sulolasi boshqaruv tizimi Shayboniylar
Boshqaruv tizimiga o’xshash bo’lgan. Bu tizimda o’rta asrga oid an’analar sezilib
turgan.
Dostları ilə paylaş: |