Assimmetrik shifrlash algoritmlarining matematik asosi



Yüklə 84,45 Kb.
səhifə1/3
tarix08.06.2023
ölçüsü84,45 Kb.
#127211
  1   2   3
Maqola Tavlonbek


ASSIMMETRIK SHIFRLASH ALGORITMLARINING MATEMATIK ASOSI
Jumayev Tavlon To‘lqinovich
O‘z MU magistranti
E-mail: tavlonbekjumayev3@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada bugungi kunda ko‘plab sohalarda yetakchilikni qo‘lga kiritgan assimmetrik shifrlash tizimlari hamda ularning matematik asoslari tavisflangan.
Kalit so‘zlar: Kriptografiya, simmetrik, assimmetrik, kalit, algoritm, EECH, RSA, El-Gamal.
Assimmetrik shifrlash algoritmlari simmetrik shifrlash algoritmlarida mavjud kalit almashish muammosini hal qiladi biroq ular simmetrik tizimlarga qaraganda ancha sekinroq ishlaydi.Bu kamchilik ularda katta sonlar ustida matematik amallar bajarilishi bilan baholanadi.

1 - rasm. Ochiq kalitli shifrlashning umumiy ko‘rinishi.
Ushbu turdagi shifrlashning afzalligi u ta’minlagan xavfsizlik masalasidir. Ushbu usulda ma’lumotlarni shifrlash uchun umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan ochiq kalit ishlatiladi, ma’lumotlarni rasshifrovkalash esa xavfsiz saqlanishi kerak bo‘lgan shaxsiy kalit yordamida amalga oshiriladi. Bu esa ma’lumotlarning o‘rtadagi odam (MiTM) hujumlaridan himoyalanganligini ta’minlaydi. Har daqiqada yuz minglab mijozlarga ulanadigan elektron pochta serverlari uchun assimetrik shifrlash foydali yechim sanaladi, chunki ular faqat bitta kalitni boshqarishi va himoya qilishi kerak. Yana bir muhim jihat shundaki, ochiq kalit kriptografiyasi kalitlarni almashtirish uchun oflayn rejimda shifrlangan ulanishni yaratishga imkon beradi.
Asimmetrik shifrlash taklif qiladigan ikkinchi muhim xususiyat bu autentifikatsiyadir. Ko‘rib turganimizdek, ochiq kalit bilan shifrlangan ma’lumotlar faqat unga tegishli shaxsiy kalit yordamida shifrlanishi mumkin. Shuning uchun, u ma’lumotlar faqat uni qabul qilishi kerak bo‘lgan obyekt tomonidan ko‘rilishi va shifrini ochishini ta’minlaydi. Oddiyroq qilib aytganda, bu siz o‘zingiz o‘ylagan shaxs yoki tashkilot bilan gaplashayotganingizni tasdiqlaydi.
Assimmetrik shifrlash algoritmlari quyidagi matematik muammolarga asoslangan:

  • Faktorlash murakkabligiga asoslangan nosimmetrik shifrlar

  • Chekli maydonlarda diskret logarifmlash masalasining yechimi murakkabligiga asoslangan nosimmetrik shifrlar

  • Elliptik egri chiziq gruppasida diskret logarifmlashga asoslangan kriptotizimlar

  • Parametrli gruppadan foydalanishga asoslangan nosimmetrik shifrlar


Yüklə 84,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin