Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish



Yüklə 42,91 Kb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü42,91 Kb.
#174988
  1   2   3   4   5
Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o


Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish
Siz biror marta gripp yoki suvchechak boʻlganmisiz? Agar shunday boʻlsa, unda siz virusli turdagi kasallikka duch kelgansiz! Agar bir kun kelib OITS kasalligiga davo topishni istasangiz yoki bu yilgi grippdan saqlanishni orzu qilsangiz, ehtimol, siz virusli infeksiyalar qoʻzgʻatadigan (vaksinalar va muolajalar yordamida kamaytiriladigan) ogʻriq va qiyinchiliklardan xabardorsiz.
Odamlarga xos viruslar juda koʻp va ular keng taʼsir doirasiga ega. Baʼzi viruslar bir yoki ikki kun bizni kasal qilsa, boshqalari umrbod bizga hamroh. Baʼzilari xavfsiz koʻrinsa, boshqalari, masalan, Ebola hayot uchun xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Sogʻligʻimiz va hayotimizga taʼsiri tufayli koʻplab odam viruslari (shuningdek, hayvon viruslari ham) batafsil oʻrganilgan. Keling, ushbu viruslarning ayrimlarini koʻrib chiqamiz.
Hayvon viruslari qanday tuzilgan?
Boshqa viruslar singari hayvon viruslari ham oqsil va nuklein kislotalarning kichik toʻplamidir. Ularda oqsil qobigʻi yoki kapsid va kaspid ichiga yopishgan DNK yoki RNKdan iborat genetik material mavjud. Ularda, shuningdek, konvert qobiq, yaʼni lipiddan iborat membrana sferasi ham boʻlishi mumkin.
Hayvon viruslarining kapsidlari turli shakllarda boʻladi. Ebola virusi uzun ipga oʻxshash tuzilishda va oʻz oʻqi atrofida chirmashadi. Taqqoslash uchun quyida “standart koʻrinishga ega” virus – chikungunya koʻrsatilgan: chikungunya sferaga oʻxshaydi, lekin aslida yoqli ikosaedr hisoblanadi.

Bu ikki virus kattaligi shkala boʻyicha chizilmagan. (Ebola virusining hajmi chikungunya virusinikidan kattaroq). ViralZone/Shveysariya bioinformatika institutiCC BY-NC 4.0 ga tegishli “Ebolavirus” va “Alfavirus” nomli grafik materiallar oʻzgartirib olindi.
Hayvonlarga xos virus genomlari RNK yoki DNK saqlovchi boʻlib, bir zanjirli yoki qoʻsh zanjirli boʻlishi mumkin. Hayvon viruslari oʻzlarining genetik materiallaridan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanish maqsadida bir qator jarayonlarni (shu qatorda hayratlanarli va gʻalati boʻlganlarini ham) amalga oshirishlari mumkin va ularni biz quyidagi boʻlimlarda koʻrib chiqamiz.

Yüklə 42,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin