Avtomobil transporti muhandisligi



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#186812
  1   2   3   4   5
1 19amaliyotga


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI



AVTOMOBIL TRANSPORTI MUHANDISLIGI” FAKULTET


AVTOMOBIL VA AVTOMOBIL XO‘JALIGI” KAFEDRA




BITIRUV OLDI AMALIYOT
bo‘yicha
HISOBOT



Bajardi:




guruh talabasi
















(F.I.SH)
















Kafedradan amaliyot rahbari:



















(F.I.SH)
















Tashkilotdan amaliyot rahbari:













(F.I.SH)



Toshkent – 2023
Mundarija:

  1. Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalari.

  2. Korxonaning tarixi va rivojlanish istiqbollari.

  3. Korxonaning avtomobil transporti bo‘yicha ma’lumot to‘plash.

  4. Korxonaning boshqaruv tizimi bo‘yicha ma’lumot to‘plash.

  5. Korxonaning rahbariyati va ishchilarining lavozim yo‘riqnomasi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash.

  6. Korxonadagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tizimi bo‘yicha ma’lumot to‘plash.

  7. Shaxsiy topshiriq. (Korxonaning faoliyatidan kelib chiqqan holatda, Avtomobillarga yexnik xizmat ko‘rsatish posti yoki ta’mirlash ustaxonasini faoliyatini yoritish yoki avtomobilning biror bir mexanizmi yoki tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini yoritish).



  1. Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalari



Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq. Bu hozirgi vaqtda ilmiy-texnik taraqqiyot keltirib chiqargan murakkab muammolarni har tomonlama yechishni, katta miqdorda mablagʻ va ishlab chiqarishning yuqori madaniyatini talab qiladigan muammodir. Bu esa faqat iqtisodiy qudratli, kuchli ilmiy-texnik va intellektual imkoniyatlarga ega boʻlgan davlatning qoʻlidan keladi. Boshqa tomondan xavfsizlik muammolarining yechimi jamiyatning barcha a’zolarining faol ishtirokini, yuqori fuqarolik ongini, ayrim hollarda jamiyat, kelajak avlod manfaati uchun, shaxsiy manfaatlardan kechishini talab qiladi. Bu esa jamiyat a’zolaridan yuksak madaniyatli va kuchli ma’naviyatlikni talab qiladi. Bu tamoyillarning yechimi chuqur tahlil qilingan va tashkil qilingan uzluksiz, ya’ni ta’limning barcha oʻtimlarini qamrab olgan ta’lim va tarbiya tizimlaridagina mumkin. Ma’lumki, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda ta’lim tizimi isloh qilindi va unda ta’limning uzluksizligiga katta ahamiyat berildi. Xavfsizlikni ta’minlash ruhida oʻqitish va tarbiyalash ayniqsa texnik oʻquv yurtlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki yangi texnika va texnologiyalarni boʻlgʻusi yaratuvchilarini va ishlab chiqarish rahbarlarini shu ruhda tarbiyalash ushbu muammoni samarali boʻlishida katta rol oʻynaydi. Boʻlgʻusi mutaxassislarni shakllantirishdan asosiy maqsad har qanday muhandislik masalasini hal qilishda, bu ilmiy izlanish boʻladimi, loyiha–konstruktorlik ishi boʻladimi, ishlab chiqarishning tashkiliy va boshqaruv masalasi boʻladimi asosiy tamoyil–inson salomatligi va hayotini muhofaza qilish ekanligini unutmaslikdir. Inson xavfsizligini ta’minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda oʻz dolzarbligini koʻrsatadi. Chunki zamonaviy korxonalarning xarakterli tomoni shundaki, unda bir korxonaning oʻzida turli-tuman va tez oʻzgaruvchan texnologik jarayonlarda materiallar, yuqori darajali mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan elektr hisoblash texnikasi bilan jihozlangan zamonaviy potok tizimlar qoʻllanilmoqda. Bular albatta bir tomondan jarayonlarni qisqartirishga mahsulot sifatini yaxshilashga va mehnat sharoitini xavfsizlantirishga qaratilgan, lekin ikkinchi tomonidan ularda ishlovchi ishchilardan katta diqqat, sezuvchanlik va butun ish kuni davomida aqliy zoʻriqish talab qiladi. Bu esa asablarning taranglashuviga va pirovard natijada kasbiy kasallik va jarohatlarga sabab boʻlishi mumkin. Texnologik jarayonning murakkabligi, texnologik rejimlarga boʻlgan talablarning yuqoriligi mehnat muhofazasi tadbirlariga boʻlgan talablarining ortib borishini talab qilmoqda. Ishlab chiqarish xavfsizligi muammolarini oʻrganish uslubiy jihatdan murakkablashib, aktuallashib boryapti. Transport korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash va yuqori xavfsizlik satxini ta’minlash uchun barcha texnik, tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy usul va vositalarini qoʻllash talab etiladi. Texnika xavfsizligi qoidalari metodologik asosi – mehnat sharoitini, texnologik jarayonni, ajralib chiqadigan zararli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo boʻladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir. Bu tahlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularni oldini olish va yoʻqotish choralari ishlab chiqiladi. Bu masalalarni hammasi oʻzaro bogʻlangan holda, kelajak rejalarni hisobga olgan holda koʻriladi.
Mehnat xavsizliginining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uni doimiy ravishda texnik jihatdan qurollantiruvchi, kimyoviy va mikrobiologik vositalardan foydalanishi, mobillashgan jarayonlarning keng qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda xavfsizlik talablarining buzilishi, baxtsiz hodisalarga olib keladigan xavfli holatlarni keltirib chiqaradi. Mehnat xavfsizligi, bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta’sirini butunlay oldi olingan bo‘ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi. Bino-inshootlarning xavfli fizikaviy omillari harakatlanayotgan mashinalar, uskunalarning himoyalanmagan qo‘zg‘aluvchan elementlari, harakatlanuvchi buyumlar, materiallar, uskunalar yoki materiallarning sirtidagi yuqori yoki pastki haroratlar, elektr tarmog‘idagi xavfli kuchlanishlar, qisilgan havoning gazning energiyasi, portlashlar, to‘lqin zarbi va shunga o‘xshashlar hisoblanadi. Insonlarning sog‘ligi uchun ayniqsa ishlov berilayotgan materillardan va instrumentlardan uchayotgan qismlar jiddiy xavf tug‘diradi. Bino-inshootlarning xavfli omillari namoyon bo‘lish xarakteri bo‘yicha ochiq va yopiq turlarga bo‘lish mumkin. Ochiq xavfli omillar ochiq tashqi belgilari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunga mashinalarning harakatlanayotgan qismlari, yong‘in ko‘tarilgan va tarozidagi osilgan holda turgan yuklar kiradi. Yopiq xavflar mashina, mexanizm, jihoz va asboblardagi ko‘zga ko‘rinmas nuqson va kamchiliklar yoki ma’lum avariya va xavfli holatlarda paydo bo‘ladigan kamchilik ko‘rinishida bo‘ladi. Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga qo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog‘ligiga va hayotiga xavf tug‘diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo‘lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo‘ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi. Texnologik jarayonlarga xavfsizlik talablari esa texnologik hujjatlarda bayon etilishi kerak. Bino-inshootlar xavfsizligini ta’minlovchi asosiy omillaridan biri uskunalarga xizmat qiluvchi xodimlarini kasbiy tayyorgarligi va bajaraidgan ishiga ularning jismoniy imkoniyatini mavjudligidir. Inshootlarda ishlab chiqarish uskunalarga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharoiti va ularning elementlari, uskunalar konstruksiyalarini hisobga olgan holda, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli va zararli omillar manbaini aniqlashdan so‘ng, xavfsizlik talablari belgilanadi. Mehnatni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan uskunalarga qo‘yilgan asosiy talablarga: insonlar sog‘ligi va hayoti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda ishonchlilik va qulayliklar kiradi. Ishlab chiqarish uskunalri yong‘in va portlashga xavfsiz bo‘lishi kerak. Ularning konstruksiyasida qo‘llaniladigan materiallar zararli, xavfli bo‘lmasligi, ularning harakatlanadigan aylanadigan qismlari xavf manbalri hisoblanadi va shu sababli ular xavfsiz qilib to‘silgan bo‘lishi kerak. Uskunalarni avariya sodir bo‘lganida o‘chirish lozim bo‘lgan tugmalari, dastaklari ularning ko‘rinadigan va qulay joyda joylashtirilishi kerak. Bu talabni bajarish uchun ular qizil ranglarga bo‘yab qo‘yilganda yanada osonlashadi. Bino-inshootlarining bunday muammolarini oldini olish, jarohatlanishga qarshi kurashni, baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi zamonaviy vositalardan keng foydalanmasdan turib hal qilib bo‘lmaydi.

Insonni xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoyalash usuli: aktiv va passiv bo‘ladi. Aktiv himoya xavfli omil hosil bo‘lishini yo‘qotishga yoki uning xavflilik darajasini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Passiv himoya xavfli omillarning insonga ta’sirini oldini oluvchi kompleks tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bunga insonni xavfli zonadan chiqarish yoki insonni xavfli zonada bo‘lmasligi uchun sharoit yaratish bilan erishiladi. Passiv himoyalash ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish uskuna va jihozlarni konstruksiyalarini yaxshilash orqali ta’minlanadi. Agar qayd qilingan tadbirlar bilan ishlovchilarning xavfsizligini to‘laligicha ta’min etilmasa, individual himoya vositalarini (kaskalar, ko‘z oynaklar, respiratorlar va boshqalar) qo‘llanilishini taqozo etadi. Himoya vositalarini ish jarayoniga shunday jihozlash kerakki, aksincha holatda himoya vositalari bilan ish jarayonini bajarish mumkin bo‘lmasin. Himoyalovchi qurilma xavf paydo bo‘lishi bilan ishga tushishi va xavfli yoki zararli omilining ta’siri to‘xtamaganicha o‘zini ishchi holatini to‘xtatmasligi kerak. Himoyalovchi qurilmalarning konstruksiyasi shunday bo‘lishi kerakki, uning biror alohida elementining ishlamasligi, boshqa himoya vositalarining ishini to‘xtatmsligi va qo‘shimcha xavf tug‘dirmasligi kerak. Himoya vositalari unga texnik xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lishi kerak. Zarur hollarda himoya vositalari ishini nazorat qilish uchun ular avtomatik qurilmalar bilan ta’minlanishi kerak. Zamonaviy mexanizmlardan qurilmalarda hamda texnologik liniyalarda ishlarni xavfsizligi to‘siq, xavfdan saqlovchi qurilmalari va signal, masofadan boshqarish sistemasi, individual himoya vositalaridan foydalanish va himoyalovchi vositalar sozligini muntazam nazorat qilishini ta’minlanadi.



  1. Yüklə 1,61 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin