3. Suv haydash qurilmasi va sizot suvi yo`li (drenaj), himoya qatlamlari.
4. Botqoqlikda yerli yo`l asosini qurish.
1. Qurilishning oqimli usuli.
Qurilishning oqimli usuli bu ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg`or usuli bo`lib, unda qurilish bo`limlarini ixtisoslashtirish, barcha ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, ishlarni umumlashgan texnologiya asosida bajarish, yo`lni ishga tushirilishini tezlashtirish ko`zda tutiladi. Yo`l qurilishida oqimli usul barcha qurilish yig`ish ishlari tarkibdagi brigada, bo`lim, qismlar yordamida bajarishni nazarda tutadi. Ular ishlarni uzliksiz va bir maromda bajaradi va yo`l bo`laklarida ishlarni to`la bajarib bir-biriga topshiradi. Oqimlar o`z mohiyatiga qarab chakana, ya’ni ma’lum bir amalni bajaruvchi, ixtisoslashgan, bo`limli va umumlashgan oqimlarga bo`linadi.
Chakana oqim faqat ma’lum bir turdagi ishlarni (masalan tuproq tashish, uni qatlamlari bo`yicha tekislash, jipslashtirish va hokazo) bajaradi.
Chakana oqim faqat ma’lum bir turdagi ishlarni (masalan tuproq tashish, uni qatlamlari bo`yicha tekislash, jipslashtirish va hokazo) bajaradi.
Ixtisoslashgan oqim chakana oqimlar yig`indisidan iborat bo`lib, oqimning yagona ko`rsatkichlar tizimi va oqim shaklini, shuningdek yerli asos yoki qoplamalarni to`la bajarilgan bo`laklarni birlashtiradi.
Bo`limli oqim ixtisoslashgan oqimlar yig`indisidan iborat bo`lib, ularning birgalikda bajargan ishlari tayyor bo`limlar, ya’ni yo`l qismi, ko`prik va boshqalardan iborat bo`ladi.
Umumlashgan oqim tashkiliy ravishda qo`shilgan bo`limli oqimlardan iborat bo`lib barcha injenerlik inshoatlari bilan birga qurilishi tugallangan yo`l bo`laklarining umumiy yig`indisidan iborat bo`ladi.
Umumlashgan oqim tashkiliy ravishda qo`shilgan bo`limli oqimlardan iborat bo`lib barcha injenerlik inshoatlari bilan birga qurilishi tugallangan yo`l bo`laklarining umumiy yig`indisidan iborat bo`ladi.
Oqim davrining davomiyligi (Toqim) birinchi qisim ishiga kirishilgan vaqtdan oxirgi kirishilgan qisim ishining tugallanishigacha sarflangan vaqt bilan o`lchanadi. Ish ko`lami vaqti (Tko`lam) birinchi qisim ishiga kirishilgan paytdan oxirgi qisim ishiga kirishilgan paytgacha bo`lgan vaqtga teng bo`ladi.
Oqimning hamjixatligi (ritm) 2 bajarilishga kirishilgan alohida oqim amalga oshirilish vaqti bilan aniqlanadi.