AXBOROT MURABBIYLIK SOATI.
‘‘ Elga xizmat – oliy himmat’’
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI DAVOLASH FAKULTETI 1SON AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA KAFEDRASI .
03.03.2022 yil
Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 1 son akusherlik va ginekologiya kafedrasida o’tkazilgan axborot soati
Bayonnoma № 25
Yigilish raisi; kafedra mudiri t.f.d., dosent Xudoyarova D.R. Ma'sul xodim : ass. Karimova G.S.
Qatnashdilar: t.f.d., dosent Xudoyarova D.R., professor Zokirova N.I, dosent Zokirova F.I., assistent Karimova G.S., assistent Kurbaniyazova V.E., assistent Xasanova D.A., assistent Kamalova D.D., assistent Xomidova Sh.M., assistent Asqarova F.Q., assistent Todjiyeva N.I., assistent Tilyavova S.A. assistent Axtamova N.A., assistent Axtamova O.F., barcha bo’limdagi ordinator vrachlar, kafedraning barcha 1-2-3 bosqich magistrlari, kafedrada tahsil olayotgan davolash fakulteti 4 kurs 2 potok talabalari
Kun tartibi:ELING SENGA JO’ZSA QO’L, DOIM UNGA SODIQ BO’L.
2. Mavzu; ‘‘ Elga xizmat – oliy himmat’’
TIBBIYOT TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR: xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga xizmat.
Inson qadr-qimmati ulugʻlangan, manfaatlari ustuvor yurtda yuksalish va taraqqiyot bardavom boʻladi. Eʼtiborlisi, mustaqillik yillarida mazkur tamoyil asosida mamlakatimizning barcha jabhalarida ijobiy oʻzgarish va yangilanishlar kuzatilib, xalqimizning erkin va farovon yashashi, baxtli hayoti yoʻlida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, bugun ona Vatanimiz haqida soʻz ketganda “Yangi Oʻzbekiston” iborasi tez-tez tilga olinmoqdaki, bu istiqlol atalmish ulugʻ neʼmat tufayli keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida yurtimiz taraqqiyotining butunlay yangi bosqichiga qadam qoʻygani, erishayotgan zalvorli yutuqlari eʼtirofidir. Sohadagi kadrlar muammosiga zarur yechim topish maqsadida 2020-yil 12-noyabrda Prezidentimizning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilinib, yurtimizda “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilindi.
Taʼkidlash lozimki, hozirgi kunda yurtimizdagi 243 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari olis va chekka hudud sifatida belgilangan boʻlib, ushbu xududlarda mamlakatimiz boʻyicha jami 84 ta oilaviy shifokorlik punkti va 35 ta oilaviy poliklinika va ularda 89,5 ta vakant shtat mavjud.Eʼtiborlisi, ushbu dastur joriy qilinganidan boshlab, bugungacha 52 nafar tibbiyot xodimi 69,75 stavkaga ishga qabul qilindi. Shu bilan birga, qator tibbiyot xodimlariga 30 million soʻmdan pul mablagʻi toʻlab berildi.
Taʼkidlash lozimki, 2020-yilda ushbu tizim muassasalariga jami 14,5 milliondan ziyod bemor murojaat qilgan boʻlib, joriy yilning 5 oyi mobaynida bu raqam 4 milliondan ortiqni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: |