O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 92,26 Kb.
səhifə1/27
tarix13.02.2023
ölçüsü92,26 Kb.
#84068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi ikkinchi bosqich magis


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI








Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi
ikkinchi bosqich magistranti
Amonova Shohida Vali qizining
ilmiy-pedagogik amaliyot davrida yuritgan
KUNDALIGI


Amaliyotning boshlanishi : 14.02.2022
Amaliyotning tugashi : 28.05.2022


BUXORO – 2022
1-hafta :
2022- yil 14- fevral :
Shu sanadan boshlab BuxDUning barcha II bosqich magistrlari kabi biz, ya’ni, Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi magistrlari ham pedagogik amaliyotni o’tashni boshladik.
Dastlab, biz, mutaxassis chiqaruvchi nemis va fransuz tillari kafedrasi mudiri D.H.Karimova va shu kafedra professor-o’qituvchilari, dotsentlari R.R.Bobokalonov, O.I.Adizova, M.M.Jo’rayeva, N.Kuldashevalar bilan uchrashdik. Bu uchrashuvda ilmiy-pedagogik amaliyotning maqsadi, o‘tkazilish tartibi, amaliyotchi magistrlarning vazifalari, bajariladigan ishlar hajmi va hokazolar muhokama qilindi.
Har bir amaliyotchi talabaga pedagogik amaliyot rahbari tayinlandi va mening MDI ga ilmiy rahbarlik qilayotgan dotsent N.B.Kuldasheva mening pedagogik amaliyot davrimdagi rahbarim etib belgilandi.
Belgilangan tartib-qoidalar bilan tanishdik, guruhlarga taqsimlandik. Men fransuz tili ta’lim yo’nalishi 11-1 fra-19 guruhiga biriktirildim. Yig’ilishdan so’ng 11-1 fra-19 guruhi tyutori N.Nurillayeva bilan birgalikda borib, guruh talabalari bilan tanishdim. Ular 1-o’quv jarayoni fanlarini o’zlashtirish va shu fanlardan o’z bilim ko’rsatkichlarini yaxshilash bilan band ekanlar.
Amaliyotning dastlabki kuni shu zaylda yakun topdi.
2022- yil 15- fevral :
Pedagogik amaliyotning dastlabki haftasini o’zim uchun « tanishish haftaligi » deb belgiladim va ushbu haftada ta’limning me’yoriy hujjatlari, kafedraning ta’lim-tarbiyaviy ishlari rejasi, o‘quv dasturlari, mutaxassislik fani o‘qituvchilari va guruh rahbarlarining shaxsiy ish rejalari bilan tanishishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim.
Amaliyot davrida biz amaliyot rejasi, kunda bajariladigan ishlarni qayd etish kundaligi, dars tahlili, dars ishlanmalari kabi qator hujjatlarni ham rasmiylashtirishimiz lozim. Mana shu kabi hujjatlar xususida tushunchaga ega bo’lish uchun internet saytlariga murojaat qildim va biroz shu ish bilan mashg’ul bo’ldim.
Shu kuni kafedraning me’yoriy hujjatlaridan biri bo’lmish namunaviy o’quv reja xususida bilganlarimni ham boyitdim. Oʻquv reja – oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan fanlar, ularning boʻlimlari, oʻqitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida oʻqitilishi, ularning oʻquv yili va haftasida qancha miqdorda oʻtilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat bo’lib, Oʻzbekistonda ushbu hujjat tegishli vazirliklar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Bir tipdagi oʻquv yurtlari uchun oʻquv rejasi yagona va majburiydir. Shuningdek, mamlakatdagi tayanch oliy oʻquv yurtlari uchun oʻziga xos oʻquv rejasiga ega boʻlishga ruxsat etilgan. Oʻquv rejasining umumiy va majburiyligi taʼlim tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha aʼzolariga ilm olishning bir xil imkoniyatlarini taʼminlaydi.
Bu kundan o’rganganlarim mana shular bo’ldi.

Yüklə 92,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin