Bajardi (F. I. Sh.): Mutaxassisligi va ta’lim olish bosqichi: termiz davlat universiteti ta’lim muassasalari boshqaruvi magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Ta’lim menejmenti asoslari” fanidan test va amaliy topshiriqlar to’plami test
BAJARDI (F.I.SH.): ________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________ MUTAXASSISLIGI VA TA’LIM OLISH BOSQICHI: ___________________________________ _______________________________________________________________________________________ TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Ta’lim muassasalari boshqaruvi magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Ta’lim menejmenti asoslari” fanidan test va amaliy topshiriqlar to’plami TEST SAVOLLARI 1. Ta’lim muassasalarini boshqarishning asosiy maqsadi to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang? A) Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish
B) Ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish
C) Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faoliyatlari va munosabatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, samarali boshqarishni ta’minlash
D) Barcha javoblar to’g’ri
2. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonlarini o’zida aks ettiradi? A) Monitoring
B) Boshqarish
C) Rejalashtirish
D) Tekshirish
3. Rahbarning boshqaruv jarayonida eng zarur bo’lgan asosiy shartlaridan biri sifatida boshqarish, nazorat qilish, qarorlar qabul qilish, buyruq va ko’rsatmalar, nasihat va maslahatlar berishida ilmiy asoslangan ma’lumotlarga tayanishi quyidagi qaysi jihat bilan izohlanadi? A) Rahbarning boshqaruv uslubi
B) Rahbarning boshqaruv madaniyati
C) Rahbarning bilim darajasi
D) Rahbarning kommunikativ qobiliyati
4. ……………… - bu boshqarishning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi mustaqil tarkibiy tuzilishga ega bo’lgan bo’limlari majmuidir. A) Boshqaruv bosqichi
B) Boshqaruv bo’g’ini
C) Boshqaruv uslubi
D) Boshqaruv vakolatlari
5. Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan strategik, taktik, umumiy, an’anaviy, tezkor xulosalalarning ishlab chiqilishi quyidagi qaysi tushuncha bilan izohlanadi? A) Boshqarish qarori
B) Boshqarish uslubi
C) Boshqarish shakli
D) Boshqaruv me’yoriy-hujjatlari