2022- yil 25- fevral : Bugun III juftlikda 11-1fra-19guruhiga guruh tyutori N.Nurillayeva bilan birgalikda « Axborot va murabbiylik soati »ga kirdim va kuzatdim. Unda talabalardan yurtimiz va dunyo yangiliklaridan xabardorlarmi yoki yo’qligi so’raldi. Talabalar internetning rasmiy axborot saytlaridan anchagina yangilik topib, aytishdi.
Keyin bugungi axborot soati mavzusi yoritildi.
12 nafar talaba « Axborot va murabbiylik soati »da to’liq ishtirok etishdi. Guruh talabalarining davomati a’lo bo’lganidan keyin o’quv jarayonida har xil muammolar ham bo’lmaydi. Ayniqsa, ularning fanlardan o’zlashtirish ko’rsatkichlari ham shunga monand bo’ladi. Shunday ekan, menga biriktirilgan guruh talabalariga nisbatan takallufsizlikka yo’l qo’maslik, takabburona munosabatda bo’lmaslik, ular bilan faqat va faqat to’g’ri munosabatda bo’lishga qaror qildim.
Talabalarning davomati va murabbiylik soatidan mamnun bo’lib, o’quv xonasidan chiqdim. Kafedraga borib, amaliyot hujjatlari bilan mashg’ul bo’ldim.
2022- yil 26- fevral : Amaliyotning navbatdagi kuni boshlandi.
Amaliyotchi magistrant sifatida o’qituvchilik kasbi murakkab va sharafli kasb ekanligini, ayniqsa, hozirgi davrda, his qilib turibman. Ishda yuz beradigan qiyinchiliklarni bartaraf etishni ham o’rganish lozim. Bu uchun esa zarur kasbiy sifatlarni o’zimda shakllantirsam, yaxshi bo’ladi. Eng muhimi shuni bilamanki, men uchun talabalar bilan ishlash nihoyatda qiziqarli va maroqli. Kasbimni to’g’ri tanlaganimga ishonchim komil.
Shu mulohazalar bilan amaliyot hujjatlarimni tartibga soldim, ma’lumotlar to’pladim, tahlil qildim.
So’ngra esa kafedraning intiluvchan o’qituvchisi bo’lmish M.Jo’rayevaning 11-3 fra 19 guruhida “Matbuot tili” fanidan olib borgan amaliy mashg’ulotini kuzatishga kirdim.
Shu bilan pedagogik amaliyotning 2-haftasi ham o’z nihoyasiga yetdi.
3-hafta 2022- yil 28- fevral Ushbu haftadan faol amaliyotga kirishdim. Menga kafedra o’qituvchilari – f.f.f.d N.B.Kuldashevaning 11-3fra-19 TO’MA va Maqsuda Jo’rayevalarning “O’qish va yozish amaliyoti”(11-1fra 21guruhida) fanlari yuklandi. Jumladan, biriktirilgan o’qituvchilar nazorati ostida o’tiladigan dars va darsdan tashqari o’quv-tarbiyaviy ishlarni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va o’tish, boshqa amaliyotchi magistrlarning darslarida qatnashish va tahlil qilish, hujjatlarini tayyorlab borish kabi ishlar ham aktiv amaliyotning asosini tashkil qiladi.
O’qituvchilardan ularning dars jadvallarini oldim: