O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 92,26 Kb.
səhifə5/27
tarix13.02.2023
ölçüsü92,26 Kb.
#84068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi ikkinchi bosqich magis

2022- yil 22- fevral :
Bu kun ham belgilangan vaqtda kafedraga keldim. 11-1fra-19 guruhi talabalari bilan ko’rishishga bordim. Lekin hali dars boshlanishiga biroz vaqt borligi sababli talabalar hali to’liq kelishmagan ekan.
Kafedrada amaliyot hujjatlarim bilan band bo’ldim.
Amaliyotning dastlabki haftalarida kursdoshimiz Xolova Shahnoza anchagina dars kuzatib qo’yibdi shekilli, o’zi dars o’tadigan bo’ldi, albatta fan o’qituvchisi O.I.Adizova nazorati ostida.
Darsdan chiqib, yana o’zimga biriktirilgan guruhga bordim. Ular bilan biroz hamsuhbat bo’ldim. Yaqinda o’tib ketgan ikki sana ya’ni Alisher Navoiy va Boburning tavallud kunlari to’g’risida suhbatlashdik. Ularning g’azal va ruboiylaridan aytib berishdi. O’zaro fikr almashdik.
Suhbatimiz qisqa, lekin maroqli va barchaga birdek foydali bo’ldi.
2022- yil 23- fevral :
Kafedraga keldim. Pedagogik amaliyot hujjatlarimni ko’zdan kechirdim. Ularda mavjud kamchiliklar hali anchagina ekan. Ishlash kerak.
Dars tahlilini qilishda o’qituvchining yana qanday jihatlariga e’tibor qaratish lozimligi xususida izlandim. O’qituvchi kasbiy layoqat, eruditsiya, pedagogik-psixologik tayyorgarlik kabi professional jihatlar bilan bir qatorda ijodkorlik kabi xislatga ham ega bo’lsa, nur ustiga a’lo nur bo’lishi, shu xislat bilan dars – san’atning bir turiga aylanishi mumkinligini tushunib yetdim.
Bizning amaliyotchi magistrlar jonbozlik ko’rsatishda musobaqalashayotgandek... Bugun yana bir kursdoshimiz Saidova Zarina Adabiyot nazariyasi fanidan ma’ruza o’tmoqchi deyishdi. Hayratda qoldim va ishonch hosil qilish uchun 518 auditoriyaga bordim. Yo’q, u fan o’qituvchisi dotsent O.I.Adizovaga assistentlik qilishini bildirdi. Dars boshlandi va men darsni kuzatdim.
2022- yil 24- fevral :
Soat 11.00 da kafedraga keldim. Kafedra o’qituvchilari bilan kun yangiliklari borasida fikr almashdim.
Pedagogik amaliyot bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashning shunday bosqichiki, bunda OO’Yuda to’plangan bilim hamda o’quvlarning hammasidan kompleks tarzda foydalanishga to’g’ri keladi. Bu fikrga amaliyotning har bir kuni dalil-isbot bo’lyapti.
O’ylab qarasam, 2-3 kundan buyon 11-1fra-19 guruhiga bormay qo’ygan ekanman. Shu o’y bilan kafedradan chiqdim va guruh tomonga yo’naldim. Talabalar bilan ko’rishishga muyassar bo’ldim. Barchasining kayfiyati yaxshi, nazoratlari ko’ngildagiday ketayotgan ekan. Ular uchun xursand bo’lib, o’quv xonasidan chiqdim.
Shu kuni kafedra o’qituvchisi Toirova Mavludaning 11-1 fra -19 va 11-3 fra-19 guruhidagi ma’ruza mashg’ulotini kuzatishga kirdim. Fan –Mamlakatshunoslik , mavzu – “La France,son histoire”.
Shu asnoda bugungi faoliyatim ham o’z yakuniga yetdi.

Yüklə 92,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin