Mavzu: Boturxon Valixo’jayevning Xoja Ahror Vali tarixi asarida tarixshunoslik muammolari. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 146,56 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü146,56 Kb.
#201811
  1   2   3
Ahror1


Mavzu:Boturxon Valixo’jayevning Xoja Ahror Vali tarixi asarida tarixshunoslik muammolari.
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
a) Xoja Ahror Vali hayoti va ijodi.
b) Xoja Ahror Vali aoliyatining tasavvuf olamida tutgan o’rni
c) Boturxon Valixo’jayevning Xoja Ahror Vali tarixi asari haqida
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish:
O’zbekiston mustaqil bo’lgandan so’ng xalqimiz ijtimoiy taraqqiyotida katta burilish yasaldi. Shu munosabat bilan respublikamizning nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotida, balki ma’naviy hayotida ham keskin yangilanish jarayoni ro’y bermoqda. Bu yangilanishda milliylikka, tariximizga, boy madaniy merosimizga qiziqish, uni keng, har tomonlama ilmiy va haqqoniy o’rganishga intilishning kuchaya borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon ma’naviyatimizning turli sohalari, jumladan ijtimoiy fanlarni o’rganishda ham o’zining yorqin ifodasini topmoqda.Ma’naviyatning ajralmas tarkibiy qismi bu milliy tuyg‘udir. Milliy tuyg‘u – insonning o‘zi mansub bo‘lgan millatning tarixi, xususiyatlari, ruhiyati, hozirgi ahvoli va qadriyatlarini tug‘ma, hissiy anglashidir. Insonda milliy ong, tuyg‘u va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, bunday inson o‘zga millatlarning ham qadr-qimmatini anglab yetmaydi, unda tarbiyaning vatanparvarlik, jasorat, ishonch kabi shakllarini qaror toptirish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas.Birirnchi Prezdentimiz I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda, “Xalqimizning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljishda hal qiluvchi..., belgilovchi ahamiyatga ega1”.deb ta’kidlab o’tadi. Shuning uchun ham Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab Xalqimizning boy Tarixiy-Madaniy o’tmishini qayta tiklashga, Ajdodlarimizning Ilmiy – Ma’naviy merosini o’rganishga juda katta e’tibor berildi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’tmishda ajdodlar tomonidan qoldirilgan milliy meros haqida fikr yuritar ekan: “Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda.


Yüklə 146,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin