Axborot oqimini tasvirlash usullari. Ma'lumki, kompyuterlar elektr toki asosida



Yüklə 59,08 Kb.
səhifə1/2
tarix05.12.2023
ölçüsü59,08 Kb.
#173272
  1   2
2-amaliy


Axborot oqimini tasvirlash usullari.
Ma'lumki, kompyuterlar elektr toki asosida ishlaydi. Kompyuter maxsus qurilmada tokning bor bo'lishini 1 ga teng, aks holda, ya'ni tok bo'lmaganda 0 ga teng axborot deb oladi. Ikkinchi tomondan, axborotlarni kodlash uchun kodlash sistemasi ikkita belgidan iborat bo'lishi yetarli bo’ladi. Endi belgilarni ikkita belgi orqali qanday kodlash mumkinligini ko'rib chiqamiz.
Kompyuter raqamlarning o'zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; tok kuchi bor yoki yo‘q; ha yoki yo'q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash (qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Masalan:
A-01000001 H-01001000 M-01001101 T-01010100
В-01000010 К-01001011 О-01001111 U-01010101
D-01000100 I -01001001 R-01010010 Х-01011000
Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo'yiladi. 8 ta nol va birlarning turli оʻrin almashtirishidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu 28=256 o'rin almashtirishlar soni ga teng bo'ladi, ya’ni ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash mumkin boʻladi.
KITOB so'zini quyidagicha kodlash mumkin:
01001011 01001001 01010100 01001111 01000010
Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchun shu tartibda yondashiladi. Biroq, turli rusumdagi kompyuterlar uchun turlicha bo'lishi mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga bog'liq boʻlgan holatdir.
Agar ikkilikda kodlangan belgilarni oʻn oltilikda kodlamoqchi bo'lsak, tetrada kodlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga ko'ra 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisi kodi oʻn oltilikda 41 ga teng bo'ladi. Agar birinchi raqamni ustun, ikkinchi raqamni satr tartib raqami deb olsak yangi jadval hosil qilamiz. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange-axborotlarni almashtirishni amerikancha standart kodi) jadvali hosil bo'ladi. Axborot inson uchun - bilimdir. Inson o‘z bilimi orqali axborot bilan nima qilar ekan?
Birinchidan, inson axborotni o‘z shaxsiy xotirasida ("aqlida" deb ham aytiladi) yoki qandaydir tashki xotirada (qog‘ozda) saqlaydi. Ushbu biz biladigan jami malumotlardan doimo foydalanishimiz mumkin. Masalan, agar siz ko‘paytirish jadvalini yodlagan bo‘lsangiz, besh karra besh necha bo‘lishini hech bir narsaga qaramasdan darhol javobini aytishingiz mumkin. Har bir kishi uzining manzilini, telefon raqamini shunindek, yaqin kishilarining manzili va telefon raqamlarini yaxshi biladi. Agarda yodingizdan ko‘tarilgan manzilgoh yoki telefon raqamiga zaruriyat tug‘ilsa, unda yozuv daftarchasi yoki telefon ma‘lumotnomasi yordamga keladi. Insonning shaxsiy xotirasini operativ xotira deyish mumkin. Bu yerdagi "operativ" so‘zi "tezkor" so‘zining sinonimidir. O‘zlashtirilgan bilim insonda bir zumda xotiralanadi. Shaxsiy xotirani ichki xotira deb ham atashimiz mumkin. U inson ichki organizmidagi miyada joylashgan. Yozuv daftarchasi, ma‘lumotnomalar, magnitofon lentasi va shu kabilarni axborotni tashqi saqlovchilari deb ataymiz. Ular bizning xotiramiz uchun yordamchi vazifasini o‘taydi. Tashqi manbaadagi axborotdan foydalanish uchun dastlab mazkur axborot "tezkor" qilinadi (masalan, telefon raqami o‘qiladi), so‘ngra esa ko‘rsatma bo‘yicha foydalaniladi(apparatdan raqam teriladi). Inson tezkor axborotni unutishi mumkin. Tashqi omildagi axborot esa ishonchli saqlanadi. Kitoblar va undagi yozuvlarni xuddi bizning tashqi xotiramiz kabi kengaytirilgan xotira deb qarash mumkin.
Ikkinchidan, inson doimo axborotni uzatish jarayonida ishtirok etishiga to‘gri keladi. Ushbu jarayon insonlar o‘rtasidagi bevosita suhbat, xatlar, aloqaning texnik vositalari bo‘lgan telefon, radio, televidenie orqali amalga oshirilishi mumkin. Aloqaning bunday vositalari axborotni uzatish kanallari deb ataladi. Agarda axborotni uzatish kanallarini sifati yomon yoki uzatish liniyasida xalaqit beruvchi omillar(shovqinlar) bo‘lsa, u holda uzatish jarayonida axborot o‘zgarishi yoki yo‘qolishi mumkin. Ko‘pchiligingiz yomon telefon aloqasidan foydalanish qanchalik og‘ir ekanligini yaxshi bilasiz.
Axborotni uzatish doimo ikki yoqlama, axborot manbaasi va axborotni qabul qiluvchi jarayondan iborat bo‘ladi. Manbaa axborotni uzatadi(junatadi), qabul qiluvchi esa uni oladi (o‘ziga qabul qiladi). Siz kitobni o‘qiganingizda yoki o‘qituvchini tinglaganingizda axborotni qabul qiluvchi hisoblanasiz, adabiyotdan insho yozganda yoki darsda o‘qituvchiga javob berganda esa axborotni uzatuvchi bo‘lasiz. Ko‘rinib turibdiki, inson o‘z faoliyati davomida doimo axborotni qabul qilish yoki uzatish rolini bajaradi. Uchinchidan, inson doimo axborotga ishlov berish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bunga quyidagicha misollar keltirish mumkin: yangi axborotni matematik hisoblashlar yoki mantiqiy fikrlash orqali olishimiz mumkin. Masalan, matematik masalani yechimi, yig‘ilgan dalillar bo‘yicha jinoyatni ochish; mazmunini o‘zgartirmasdan axborot ko‘rinishini o‘zgartirish.
Masalan, matnni bir tildan boshqasiga tarjima qilish, matnni shifrlash (kodlashtirish); axborotni tartiblash (saralash). Masalan, sinf o‘quvchilarini familiyasini alifbo bo‘yicha tartiblash; poezdlarning qatnash jadvalini vaqt bo‘yicha tartiblash; bir necha axborotlar to‘plamidan kerakli axborotni topish. Masalan, telefon raqamlari yozilgan kitobdan zaruriy raqamni izlash; xorijiy so‘zni lug‘atdan foydalanib topish, aeroportda samolyotlarni qatnash jadvalidan samolyotning reysi haqida ma‘lumot izlash. Bajarilayotgan axborot ustida ishlash axborotli jarayon deb ataladi. Axborotli jarayonning quyidagi uchta tipi mavjud: saqlash, uzatish va ishlov berish. Inson o‘zini o‘rab turgan borliqdan axborotni quyidagi beshta sezgi organlari, ya‘ni ko‘rish, eshitish, ta‘lim, oid va sezish orqali qabul qiladi: Masalan, ko‘chada ketayotganimizda ko‘zimiz orqali axborot yigamiz. Ko‘zning nerv hujayralarida yuqolgan axborot murakkab ravishda almashinadi va bosh miyaning ko‘rish bo‘limlariga uzatiladi. Bu yerda axborotga navbatdagi ishlov beriladi va ishlov natijasidan shu zahotiyoq foydalaniladi. Muskullarimizga signallar (axborotlar) yuboriladi. Buning natijasida biz svetofor chirog‘iga qarab yo‘ldan o‘tishimiz yoki to‘xtashimiz mumkin. Demak, axborotni qabul qilish, yig‘ish, ishlov berish, saqlash va uzatish mumkin ekan.
Axborotni 90 % dan ortig‘ini ko‘rish va eshitish orqali qabul qilamiz. Masalan, biologiya darsida usimliklarni o‘rganamiz, ya‘ni o‘simliklarni hayoti haqida "axborot olamiz". Biror-bir issiq predmetga qo‘limiz tegib ketsa, dargol qo‘limizni tortib olamiz. Bu vaziyatda bosh miyamiz mazkur predmetning yuqori temperaturaga ega ekanligi haqida "axborot oladi". Avtobusda ketayotsak motorning shovqinini eshitamiz. Shovqin biz uchun odatiy hol, lekin tajribali shafiyor uchun esa bu-axborot. U ushbu axborotni eshitish orqali avtobus motorini texnik holatini hamda ishlash sifatini aniqlashi mumkin.
Xush axborot nima o‘zi? Bu savolga javob berish uchun e‘tiborni dastlab o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi ikki ob‘ektga, ya‘ni axborot manbaasi va axborot iste‘molchisiga qaratish zarur. Tabiiy ob‘ektlar - planetalar, yulduzlar, insonlar, hayvonlar, o‘simliklar dunyosi, o‘rmonlar, ilmiy tadqiqotlar, mashinalar va hokazolar axborot manbaidir. Odamlar, hayvonlar, o‘simliklar, turli xil texnikalar va shu kabilar axborot iste‘molchisidir. Shuning uchun ham hozirda axborot tushunchasi sezilarli darajada kengaymoqda.
Axborot ob‘ektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to‘plamidir.
Olingan axborotlar belgili, matnli va grafikali ko‘rinishda ifodalanadi.
Belgili ko‘rinishdagi axborot asosan harflar, raqamlar, belgilar va shu kabi belgilar ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Undan turli hodisalar haqida murakkab bo‘lmagan signallarni uzatish uchun foydalaniladi. Masalan, kuchadagi svetoforning yashil chirog‘i transport va odamlarni harakatlanishini bildirsa, qizil chiroq esa, aksincha harakatlanishni taqiqlaydi. Sariq chiroq esa ko‘cha harakatini almashinishi haqida xabar beradi.
Matnli ko‘rinish axborotni tasvirlashning deyarli murakkab ko‘rinishidir. Bunda ham
yuqorida keltirilganidek harflar, raqamlar, matematik belgilardan foydalaniladi. Lekin, axborotni tasvirlashda nafaqat mazkur belgilardan foydalanamiz, balki ularni tutgan o‘rni ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan, "nok" va "kon" so‘zlari bir xil harflardan iborat bo‘lsada, lekin turli xil axborotni bildiradi. Matnli belgilardan amalda juda keng foydalaniladi. Jahonda juda ko‘plab kitoblar, oynomalar, kundalik ro‘znomalar va hokazolar matnli ko‘rinishda chop etilmoqda.

Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkabli ko‘rinishi grafikali ko‘rinish hisoblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko‘rinishi, fotografiya, chizmalar, sxemalar, rasmlar va hokazolar kiradi.
Bir-birimiz bilan o‘zaro almashinayotgan axborotlar nutq yoki yozma shaklda bo‘lib, belgili axborotlar deb ataladi. Ular yozma matnlar, harflar, tinish belgilar, raqamlar va boshqa belgilardan iborat bo‘ladi.
Og‘zaki nutq ham belgilardan iborat, lekin bu belgilar yozma emas balki ovozlidir. Tilshunoslar buni fonemlar deb ataydilar. Fonemlardan so‘zlar yig‘iladi, so‘zlardan esa iboralar hosil bo‘ladi. Yozma belgilar va ovozlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa mavjud. Dastlab ovoz, so‘ngra yozuv paydo bo‘lgan. Inson nutqini qog‘ozga tushirishni zarurati tufayli, yozuvga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘lgan. Alohida harflar yoki harflar birikmasi nutq ovozini, tinish belgilar esa pauzalarni, intonatsiyalarni ifodalaydi. Inson nutqi va yozuvi tilni tushunish bilan qattiq bog‘liqdir. Albatta, bu yerda nutq organi nazarda tutilgani yo‘q, balki odamlar orasidagi muomala formasi nazarda tutilayapti. Muomala tili milliy xarakterga ega. Uzbekcha, qozoqcha, ruscha, inglizcha, xitoycha, fransuzcha va boshqa bir qancha tillar mavjud. Tilshunoslar ushbu tillarni tabiiy tillar deb ataydilar.

Yüklə 59,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin