Axborot texnologiyalari va ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyati



Yüklə 31,86 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü31,86 Kb.
#165090
  1   2
Tadqiqot axborot texnologiyalar roli


Tadqiqot axborot texnologiyalar roli
Reja

  1. Aqlli texnologiyalarning ilmiy-tadqiqot jarayonida tatbiq etishdagi o’rni
  2. Axborot texnologiyalari va ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyati





  1. Aqlli texnologiyalarning ilmiy-tadqiqot jarayonida tatbiq etishdagi o’rni

Hozirgi vaqtda o'quv jarayoni an'anaviy tizimdan online tizimga o'tmoqda. Bunga bir qator omillarni keltirib o’tishimiz mumkin: raqamli dunyo - axborot va axborotni boshqarish imkoniyatlarini butunlay o'zgartirdi. Online o'qitish o'quv jarayonida talaba va o’qituvchilar orasidagi axborot almashishni faollashtiradi. O’quv va ilmiy faoliyat axborot texnologiyalaridan faol foydalanishga asoslangan.


Chet tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etish orqali yosh avlodga chet tillarini o‘rgatish, ushbu tillarni mukammal biladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimi zamonaviy uslub, texnologiya va uslublar. tubdan takomillashtirish va shu asosda ularning jahon sivilizatsiyasidagi yutuqlari va jahon axborot resurslaridan kengroq foydalanishi uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirish maqsadida chet tillarini o‘qitish. yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari.
Hozirgi kunda ta’limni rivojlantirish unda sifat darajasini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalarni qo’llanilishi keng tarqalgan metodik qo’llanmalardan biriga aylandi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalarni talimda kiritilishi ta’lim jarayonini osonlashtirdi desak adashmaymiz. Mustaqilligimizdan so’ng “kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan ta’lim sifatiga e’tibor yanada kuchaydi. Unda o’qituvchi bilim malakalarini oshirish o’quvchilar, talabalar bilan ishlashda yetarlicha bilim va malakalarga ega bo’lish uchun alohida kurslar tashkil qilindi. Ushbu kurslar asosan ta’limda innovatsion qurilmalar ya’ni kompyuter imitatsion modellarni dars jarayonlarida foydalanash hamda zamonaviy texnologik qurilmalardan keng qo’llamda ishlatilish imkoniyatlarini berdi. So'nggi yillarda xorijiy tillarni o'qitishda yangi axborot texnologiyalarini qo'llash savol miqiyosida ko'tarildi.
Chet tili o'qitish asosiy maqsadi chet tilida amaliy mahoratini o'rganish, talabalar kommunikativ madaniyat shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Xorijiy tilda so'z o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu faqat so'zni eslash va to'g'ri talaffuz qilish bilan birga qayerda va qanday qo'llashni bilish kerakligi haqida ham fikr yuritiladi. Yangi texnologiyalar amaliyotga faol va mustaqil ravishda xorijiy so'zlarni o'rganishda talabalar uchun ko'plab resurslarni yaratdi. Xususan chet tilini o’rganishda oldin lingafon xonalardan foydalanilgan bo’lsa, hozirgi paytda uning o’rniga kompyuter laboratoriyalar faoliyat ko’rsatilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabr PQ-1875 sonli “”Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorida “ Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va buning negizida ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida”belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida chet tillarni o’qitishning zamonaviy, texnologiyalarini, usullarini yaratish va o’quv jarayoniga joriy etish masalalari dolzarb bo’lib turibdi. Chet tilini o’qitish uchun o’quv-metodik adabiyotlarni yaratish muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda o’quvchilarni rivojlanishini e’tiborga olgan holda maxsus o’quv dasturlar yaratish, ta’lim tizimini axborot va ilmiy-metodik ta’minlash, bazisli o’quv rejalarini va namunali kurs dasturlarini ishlab chiqish, o’quv adabiyotlarni chop etishni tashkillashtirish, o’quv qo’llanmalar va darsliklarni turli ko’rinishdagi taqdimotlarni axborot texnologiyalari asosida virtual resurslar ko’rinishida yaratish va o’quv jarayoniga joriy etish, ta’lim muassalarida qo’llaniladigan metodikalarni pedagogik texnologiyalardan foydalanib mukammallashtirish va masofali ta’lim texnologiyalarini yo’lga qo’yish kabi masalalarni yechishni talab qiladi. Chet tilini o’qitish uchun o’quv-metodik adabiyotlarni yaratish muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda o’quvchilarni rivojlanishini e’tiborga olgan holda maxsus o’quv dasturlar yaratish, ta’lim tizimini axborot va ilmiy-metodik ta’minlash, bazisli o’quv rejalarini va namunali kurs dasturlarini ishlab chiqish, o’quv adabiyotlarni chop etishni tashkillashtirish, o’quv qo’llanmalarni yaratishni yo’lga qo’yish, ta’lim muassalarida qo’llaniladigan metodikadan foydalanish, ularni mukammallashtirish va masofali ta’lim texnologiyalarini yo’lga qo’yish kabi masalalarni echishni talab qiladi.
Chet tilini (ingliz tilini) o’qitishda 5 yoshgacha bo’lgan bolalardan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalari, umum ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, litseylar, oliy ta’limni qamrab oladigan o’qitish tizimini yaratish maqsadga muvofiq. Ushbu o’qitish tizimini yaratishdan maqsad farzand dunyoga kelgandan boshlab uning ulg‘ayib borish davri mobaynida ta’lim muassalarining turli bo’g’inlarda bilim olishi ta’minlanadi. Ingliz tilini o’qitish va o’rganishda axborot-kommunikatsion texnologilardan (AKT) foydalanib o’quv-metodik adabiyotlar tizimini yaratish va o’quv jarayoniga qo’llash tamoyillarini ishlab chiqish va uning asosida dars jarayonini tashkil qilish maqsadga muvofiq. Albatta biz bilamizki yosh avlodni tarbiyalashda har tomonlama yetuk qilishda astoyidil e’tibor talab qiladi. Chunki ta’lim berishda hozirda qo’llanilayotgan metodlar yoki multimedia vositalari orqali ularga yoritib berilayotgan mavzular so’zimiz dalilidir. Hozirgi paytda maktabgacha ta’lim muassasalarida (MTM) ingliz tilini o’qitishni tashkil qilish masalasi yotadi. 5 yoshgacha bo’lgan bolalarni ingliz tilini o’qitishda AKT asosida alifbodagi harflarni taqdimotlar ko’rinishida tashkil etishga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Shuning bilan bir qatorda 5 yoshgacha bo’lgan bolalarga berilayotgan taqdimotlarni mantiqiy ravishda, uzluksiz va uzviy davom etdirib 1-sinfdagi bolalarga ingliz tili alifbosini o’qitishning AKT asosida tashkil qilish vositalarini yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki hozirgi davrda maktabgacha bo’lgan yosh avlod uchun visual materiallar orqali qabul qilish qobiliyati kuchliligi fanda ham amaliyotda ham tasdiqlab berilgan. Yoshlarga zamonaviy bilim berish va ularda amaliy ko’nikmani rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning o’rni beqiyos. Ilg’or pedagogic texnologiyalarni qo’llashda zamonaviy axborot texnologiyalari keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Akademik litseylarning oliy ta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgani ta’lim samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etayotir. Litseylar universitet va institutlar bilan o’quv-uslubiy, tashkiliy masalalarda uzviy bog’langan. O’quv dasturlarining tabaqalashtirilgan variantlarini ishlab chiqish, zamonaviy ilg’or va innovatsion texnologiyalarga asoslangan o’quv-uslubiy majmualar yaratish va ekspertizadan o’tkazishda oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari tajribasidan keng foydalanilmoqda. O’quv jarayoniga texnologiyani kiritishga urinishlar o’tgan asr davomida to’xtovsiz bo’lgan. O’tgan asrning 50-yillarigacha ular bir texnik muhit
–ananali ta’limning avtomatlashtirilgan vositalar jamlamasini yaratishga qaratilgan. 50-yillarda esa aynan o’quv jarayonini tashkil etishda yangicha texnologik yondashish paydo bo’ldi. Birinchi yo’nalish ham yangi informatsion texnologiyalarni o’zlashtirish yo’lida rivojlanib bormoqda. Ikkala yo’nalish tobora bir-biriga kirishib, ta’lim nazariyasini yangilamoqda. Aytish joizki, hozirgi kunda ta’lim texnologiyasi tushunchasini keng ma’noda tushunish mumkin, ham pedagogik fan sohasi sifatida, ham ma’lum o’qitish texnologiyasi sifatida ham zamonaviy elektron texnologiyalar sifatida. Chunki hozirda elektron texnologiyalar, elektron ta’lim tushunchalari nafaqat jamiyatda balki talimda ham o’z aksini topmoqda. Butun dunyoda elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va undan foydalanish ommalashib ketdi. Sababi bunday ma’lumotlar bilan ishlash qog’ozli ma’lumotlarga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega:

  1. Butun ma’lumotlar ichidan kerakli qismini tez topib olish;

  2. Lozim bo’lganda uni tez tahrirlash, yangilash;

  3. Internet orqali ko’zlangan boshqa manzilga tez yetkazib berish;

  4. Elektron kutubxona yaratish.

Elektron axborot ta’lim resurslari bir necha turlarga bo’linadi:

  1. Kompyuterdagi oddiy elektron variant;

  2. Elektron darslik;

  3. Elektron o’quv-uslubiy majmua.

Elektron darslik uning xususiyatiga qarab o’ziga xos nomlanadi, ya’ni, elektron darslik, elektron qo’llanma, elektron kitob, elektron dasturlar. Bularni barchasi albatta ta’lim sifatini oshirishga hamda undagi qog’oz emas balki elektron raqamli bazani yaratishda yordam beradigan vosita hisoblanadi. Yuqoridagi sanab o’tilgan elektron darsliklarni qulayliklari shundan iboratki, ularda vaqtni tejash ma’lumotlarni yetqazib
berishni osonlashtirish, ko’nikmani hosil qilish hamda tushunchani paydo bo’lishda visual ko’maklashishni taminlashdir. Hozirgi paytda ayniqsa chet tili darslarida zamonaviy elektron multimedion texnologiyalarni qollash innovatsiyalari kirib kelmoqda. Bu hol nafaqat maktab yoki akademik kasb-hunar kollejlarida balki Oliy talim muassasalarida ham kirib kelmoqda. Shuning uchun Oliy ta’lim muassasalarida (OTM) ingliz tilini AKT asosida o’qitishning o’quv-uslubiy jihatlarini yaratishdan iborat bolgan muammolar hozirda oz yechimini topish arafasida turibdi. OTM larida ingliz tilini o’qitishda o’quv-adabiyotlarini AKT asosida tashkil qilishda turli ko’rinishdagi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq. OTM larida MED larni yaratishda kompyuter imitatsion modellari (KIM) yordamida ingliz tilida o’qitilayotgan mavzuning mazmun, mohiyatini ochib berishga e’tiborni qaratish lozim. KIM asosida o’quv jarayonini tashkil qilish imkoniyati ingliz tilini o’qitishda darslarni jonli tarzda o’tishga imkoniyat yaratadi. Ayrim mvazularni o’qitishda esa jarayonlarni kuzatish, ularni takror ko’rish kabi imkoniyatlarni yaratadi. Bundan tashqari KIM asosida olib borilgan tayyorgarlik natijasida berilgan mavzu bo’yicha tushunchalarni o’zlashtirish va grammatik qoidalarni esda qoldirish imkoniyati kengayadi.Ayniqsa talabalarda beriladigan visual mashqlar ularda tushuncha hosil bo’lishda oson ko’maklashadi, dars jarayonini faollashtiradi.
Ushbu mavzulashtirilgan kompyuter imitatsion modellarning avfzalligi shundaki talabalarda tushuncha tezroq paydo bo’ladi, mavzuni analiz qilishlari yana osonlashadi. OO’MT larida ingliz tilini o’qitishda o’quv-adabiyotlarini AKT asosida tashkil qilishda turli ko’rinishdagi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq. OO’MT larida ingliz tili bo’yicha predmetlarni o’qitishda multimedia texnologiyalaridan samarali foydalanish, virtual resurslar yaratishda kompyuter imitatsion modellari (KIM) yordamida o’qitilayotgan mavzuning mazmun, mohiyatini ochib berishga qaratilgan texnologiyalardan foydalanish e’tiborga loyiq. KIM asosida o’quv jarayonini tashkil qilish, ingliz tilini o’qitishda darslarni jonli tarzda o’tishga imkoniyat beradi. Ayrim mavzularni o’qitishda esa dinamik jarayonlar uchun imitatsion modellar yaratish, kuzatish, ularnib takror ko’rish kabi qulayliklarni yaratadi.
Bundan tashqari bir tomondan, KIM asosida mavzularni tayyorlash va ularga tegishli tushunchalarni hamda grammatik qoidalarga oid sxemalarni o’zlashtirishga zamin yaratsa, ikkinchi tomondan esa talabalarni mustaqil o’qish va o’zlashtirishi uchun samarali vositalar yaratiladi. Ingliz tili predmetlaridan yaratilayotgan virtual resurslar o’quv jarayonida maruza, amaliyot darslarini birgalikda olib borishga qulaylik yaratishi bilan bir qatorda, ulardan ko’rgazmali qurol sifatida foydalanish imkonini ham beradi. Talabalar uchun bunday vositalarning yaratilishi ingliz tilini o’rganish va o’zlashtirishiga muhim asos bo’lib xizmat qiladi. Ushbu kompyuter imitatsion modlellarni talabalar uyga olib ham foydalanishlari mumkin. Hozirgi kunda elektron darsliklarni flash tarqatuvchi vositalar orqali o’zlari mustaqil o’rganish imkoniyatlari ham mavjud. Bunda talabalar mustaqil ta’lim sifatida o’zlari mustaqil ravishda ham foydalanish imkoniyatlari mavjud. Bizda ma’lumki ta’lim jarayonida innovatsion ishlar juda kop kuzatilmoqda shularda masofaviy ta’lim olib uning ham qulayliklari juda kop o’rganuvchi xoxlagan paytida masofaviy ta’limda foydalanish imkoniyatiga egadir. Bunda qulayliklardan yana bittasi Oliy o’quv yurtlarida bormasdan ham foydalanish huquqi berilgan. Ushbu qulayliklar nafaqat talabaga, balki o’qituvchiga ham juda katta yordam beradi. Sababi ikkala tomon ham o’zaro kompyuter texnologiyasi orqali muloqotni amalga oshiradi ushbu muloqot jarayonida nafaqat yonaltirilgan fan balki innovatsion texnologiya orqali ham foydalanib o’zlarida ko`nikma hosil qiladi. Oliy ta’lim o’quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero ananaviy ta’lim o’z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o’qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo’naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o’zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o’qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o’zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir.
U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo’lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir. 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risidagi» Qonunining 1- moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlangan. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko’rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo’llash va uni boshqarish ham muhim o’rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda. 2012-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o’rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo’la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo’llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko’zda tutiladi. Elektron va masofaviy texnologiyalar ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo’llangan variantlaridir. Elektron ta’lim (E-Learning) avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o’qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko’pgina ta’lim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron turlarga bo’lish mumkin. Sinxron elektron ta’lim — masofaviy ta’lim hisoblanadi, lekin bu real vaqtda amalga oshiriladigan ta’limdir. U oddiy kunduzgi ta’limga o’xshaydi, farqi shundaki, ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada bo’ladi. Kundan- kunga keng tarqalib borayotgan vebinarlar mazkur ta’lim shaklining eng yorqin ko’rinishidir. Maruzalarni tashkillashtirishda maxsus dasturiy ta’minotlar qo’llaniladi. Asinxron elektron ta’lim — bu talaba barcha kerakli ma’lumotni onlayn- manbalardan yoki elektron axborot tashish vositalari (CD, DVD yoki flash- kartalar)dan olishi va materialni o’zlashtirish sur’ati va jadvalini o’zi mustaqil tashkil etishdir. Asinxron elektron ta’lim tizimiga barcha turdagi CD-kurslar va elektron o’qitish kurslari, ostkastlar vaskrinkastlar kiradi.
Bugungi kunda elektron ta’lim ko’pchilik OTM’larda ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo’lib qolgan, u shuningdek, malaka oshirish kurslarini tashkil etishda ham o’z o’rnini topgan, ba’zi korporatsiyalarda bo’linmalar mavjud bo’lib, ularning vazifasi xizmatchilar uchun elektron kurslar tashkil etishdir Yashash joyidan turib, o’qish imkoniyati — chekka qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib-o’qish imkoniyati har doim ham bo’lavermaydi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari ularga o’z shahridan ketmasdan turib, o’qish imkoniyatini yaratib beradi. O’qish va ishni birga qo’shib olib borish — o’quvchilar ishdan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniga ega bo’ladilar, bu, ayniqsa, malaka oshirish yoki ikkinchi oliy ma’lumot oluvchilarga juda qo’l keladi. Sifatli texnologiyalar va o’quv mazmunini egallash — talaba sifatli o’quv materiallari yordamida o’qitilishi, o’qituvchi bilan muloqat qilishi va o’z individual o’quv rejasini tuzishi mumkin. Baholashning xolisligi — masofaviy ta’lim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan xoli bo’lgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yo’qotishni ko’zda tutadi. Hech ikkilanmay ayta olamizki, hozirgi kunda axborot texnologiyalari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati juda ham yuqori bo'lib bormoqda.
Bugungi kunda Internet o'qitishning eng qat'iy talablariga javob beradigan yuqori samarali tizimlarni yaratishni o'z ichiga olgan, cheksiz imkoniyatlarga ega o'quv kurslarini qurish texnologiyalarini joriy etish uchun katta imkoniyatlar ochmoqda. SMART texnologiyalari va Internet tobora ommalashib bormoqda va ilmiy loyihalar, treninglar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. O'quv jarayonini interaktiv dasturlar va multimedia kontentlari bilan boyitmoqda. Interfaol multimedia vositalari ta'lim samaradorligini oshirishga , axborot yig'ish, saqlash va tahlil qilishning yuqori texnologiyali vositalari o'quv jarayonini samarali boshqarishga yordam beradi [1].
Innovatsion o'quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun SMART texnologiyalarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion o'quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun SMART texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishning asosiy maqsadi o'quv va ilmiy jarayon sifatini oshirishdan iborat. Ushbu maqsadga doimiy ravishda kuzatib borish, kerakli darajadagi tafsilotlar bilan turli xil innovatsion loyihalar to'g'risida ma'lumot olishning ishonchliligi va tezligini ta'minlash va natijada ta'lim funktsiyasini bajarishga bevosita ta'sir ko'rsatadigan boshqaruv qarorlarining asosliligi va samaradorligi ta'minlanadi [3].
Keyingi maqsad - universitet Internet tarmog'i va elektron resurslaridan foydalanishni optimallashtirish, xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish orqali universitetning ta'lim faoliyatini tashkil etish xarajatlarini kamaytirish.
Ishlab chiqish va amalga oshirishning uchinchi maqsadi - ta'lim va ilmiy jarayonlarni demokratlashtirish, tizimga jalb qilingan barcha sub'ektlar faoliyatining shaffofligini ta'minlash orqali akademik erkinliklarni rivojlantirish: tinglovchilardan tortib ilmiy loyihalar rahbarlariga qadar qulay sharoit va ularning o'zaro ta'siri uchun demokratik axborot muhiti yaratish [3].
SMART texnologiyalarining joriy etilishi, shuningdek, qarorlar qabul qilish jarayonini optimallashtirish, universitetning tashqi muhit bilan aloqasini yaxshilash, turli konferentsiyalar va forumlar natijalari to'g'risidagi ma'lumotlarning ishonchliligi va mavjudligini oshirish uchun kompleks yondashuvni ta'minlashga imkon beradi.
SMART texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asosiy funktsional yo'nalishlarni tahlil qilish va axborot oqimlarini tavsiflash muammolarini hal qilish kerak. Foydalanuvchi interfeyslarini rivojlantirish va ulardan foydalanish bo'yicha jahon tendentsiyalari veb-texnologiyalarning jadal rivojlanib borayotganligini ko'rsatmoqda. Talabalarga bilim berish va ilmiy kadrlarga keng imkoniyatlar tomonidan taqdim etiladigan elektron va Internet xizmatlari to'g'risida ma'lumot berish muhim vazifadir. Aynan, SMART texnologiyalari inqilobiy o'quv va uslubiy materiallarni ishlab chiqishga, shuningdek, o'quv va tadqiqot muhiti uchun individual ta'lim yo'llarini shakllantirishga imkon beradi.
SMART ta'lim kontseptsiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Yaratish - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining malakasini doimiy ravishda rivojlantirish uchun intellektual muhitni tashkil etish, shu jumladan rasmiy va norasmiy o'quv jarayoni faoliyati, natijada yangi olingan kompetentsiyalarni qo'llash orqali namoyish etilgan xatti-harakatlar o'zgarishi.
Maqsad - raqamli jamiyat va aqlli iqtisodiyotda muvaffaqiyatli bo'lish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni ta'minlash.
SMART ta'limning asosiy xususiyatlari:

  1. Ta'lim jarayonining uzluksizligi va ilmiy ma'lumotlarning yaxlitligini amalga oshirish imkoniyatini ta'minlash uchun turli xil operatsion tizimlar uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot o'rtasidagi muvofiqlikni ta'minlash.

  2. Axborotni olishda vaqt, joy, texnik qurilmalardan qat’iy nazar ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyati mavjud .

  3. Ish beruvchilar va institut o’rtasidagi o’zaro tashkiliy munosabatlarni shakllantirish.

  4. Ko'rsatilgan vakolatlarning o'zgarishini baholash - o'quv jarayonining samaradorligi olingan bilimlar bilan emas, balki ularni amalda qo'llash imkoniyatlari bilan o'lchanadi.

  5. Talabalarning boshlang’ich bilim, tajriba va ko'nikmalarini inobatga olgan xolda, ularning istaklari va individual qobiliyatlarini o'rganish.

Innovatsion o'quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun samarali SMART tizimini yaratish uchun qulay va juda tabiiy ravishda aniq jarayonlar (funktsiyalar) ketma-ketligi shakllantiriladi. Barcha jarayonlar, ma'lum ma'lumotlar tuzilmalarini yoki axborot ob'ektlarini qayta ishlaydigan dasturiy ta'minot modullari asosida ishlaydigan dasturiy-texnik komplekslar yordamida amalga oshirilishi kerak.
Oliy o'quv yurtlari uchun eng istiqbolli yechim sifatida biz quyidagilarni ta'kidlaymiz:

  • ta'lim va tadqiqot maydoni uchun bulutli infratuzilmani tashkil etish;

  • jamoaviy bilimlarni shakllantirish va ulardan foydalanish uchun ijtimoiy media imkoniyatlari (bloglar; ijtimoiy tarmoqlar; viki-loyihalar; ijtimoiy multimedia);

  • o'rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni modellashtirish va bashorat qilish, real tajribaga taqlid sharoitida tajribalar o'tkazish yoki kompyuterda tajriba o'tkazish uchun multimedia va interaktiv texnologiyalar va shaxsiy mobil qurilmalar;

  • ta'lim va ilmiy jarayonlarning infratuzilmasiga elektron ta'lim va ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyatini kiritish;

  • sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda hisoblash lingvistikasi vositalaridan foydalanish;

Shunday qilib, zamonaviy SMART ta'lim texnologiyalarining ahamiyati o'quv va ilmiy jarayonida talabaning potentsialiga, uning ijodiy-ilmiy qiziqishlarini amalga oshirishga, mustaqil ishlarning roli va mas'uliyatning o'sishiga qaratilgan. Aynan, SMART ta'lim, bizning fikrimizcha, zamonaviy sharoitda juda zarur
,chunki bo'lajak mutaxassisning ijodiy salohiyatini shakllantiradi.

Yüklə 31,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin