Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə1/14
tarix20.04.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#101141
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari


KIRISH
“Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari” fanini o’zlashtirishdan maqsad axborotni himoyalash tizimlarida sun’iy intellekt tamoyillaridan foydalanish ko’nikmasi va intellektual axborot tizimini qurish sohasida kerakli bilimlarni olish hisoblanadi. Intellektuallashtirish axborot tizimlarini rivojlanishini asosiy zamonaviy tendensiyasi hisoblanib, axborot xavfsizligi sohasi ham bundan chetda qolmadi. Intellektuallashtirish texnologiyasi xavfsizlik tahdidini turli ko’rinishlarini aniqlash, anomaliyalarni aniqlash, xavfsizlik insidentlari tahlilida hodisalarni to’g’rilash, axborotni himoyalash tizimining optimal sozlanmasini shakllantirishda qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash va himoya vositalarini tanlash vazifalari, hamda axborot xavfsizligi risklarini tahlillash vazifalarida qo’llaniladi. Qo’llanma “Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari” fanini barcha mavzularini yoritadi hamda nazariy materiallarni o’zlashtirish uchun ma’ruza toifasidagi mashg’ulotlarga qo’shimcha sifatida o’rganishda foydalanilishi mumkin va fan bo’yicha laboratoriya ishlari hamda mustaqil ishlarni bajarishga tayyorgarlik uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

EHM INTELLEKTUALLASHTIRISH ASOSLARI

    1. Sun’iy intellekt ta’rifi va asosiy tushunchalar

“Sun’iy intellekt” termini (Artificial Intelligence, AI) 1956-yilda kiritilgan bo’lib, hozirda yetarlicha keng ilmiy va amaliy tadqiqotlarda belgilash uchun foydalanilinmoqda. Birinchi g’oya (va 1950-1960-yillarda kutilgan) inson miyasi kabi axborotni qayta ishlay oladigan kompyuterni yaratish bo’lgan. Bu umumiy maqsadli sun’iy intellekt (kuchli SI) deb atalib, o’zini anglash, mustaqil tarzda o’z maqsadlarini qo’ya olish, ijod qilish, inson bilan teng hamkorlik qilishga qodir hisoblanadi. Bu yo’nalish ilmiy fantastika asarlarida yaratilgan ongli robotlar yoki fikrlay oladigan kompyuterlar obrazlari bilan birga yuritiladi. Ilmiy nuqtai-nazardan umumiy maqsadga qaratilgan sun’iy intellektni (SI) ishlab chiqish inson tomonidan u yoki bu intellektual vazifalarni yechish jarayonlarini mohiyatini tushuntirish maqsadida bu jarayonlarni imitatsiyalovchi kompyuter modellarini yaratishni nazarda tutadi. Hozirda neyron ilmi sohasida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishildi, olimlar miya xaritasini tuzishdi va uni funksiyalarini yaxshi tushuna boshlashdi. Biroq inson miyasi arxitekturasini takrorlovchi sun’iy intellektgacha hali bor. SI yana bir maqsadi – an’anaviy tarzda intellektual hisoblangan inson faoliyatini ko’rinishlarini avtomatlashtirishdir. Gap avvalambor an’anaviy hisoblashni qo’llash yetarli bo’lmagan yomon shakllantirilgan vazifalarni yechish to’g’risida bormoqda. Bu yerda alohida toifadagi vazifalar ajratib ko’rsatilmoqda, masalan, suhbat analizatorlari va sintezatorlari, tabiiy tilda matnlarni avtomatik tarjima qilish, yuzlarni va boshqa grafik obrazlarni tanib olish, avtomobilni avtomatik boshqarish va boshqalar. Hozirda bu turdagi vazifalarni yechuvchi tizimlar juda tor doiradagi qo’llanilish sohasiga ega. Masalan, insonni shaxmat o’yinida yutuvchi dasturlar savollarga javob bera olmaydi, matn simvollarini tanib olish uchun mo’ljallangan neyron tarmoqlar rasmdagi obrazlarni tanib ola olmaydi va shu kabilar.
Bu tor doiradagi sun’iy intellekt (kuchsiz yoki amaliy) aniq vazifalarni yechishga yo’naltirilgan bo’lib, bu bo’g’inda muhandislik va texnik ilmlarda SI termini tushunchasiga xarakterlidir. Bu avtomatlashtirilgan tizim qobiliyatini bajarish murakkab, intellektual, biroq inson o’rniga va inson bilan birga qaytariluvchidir. Bunday tizimlar va texnologiyalar intellektual yordamchilar hisobiga ba’zi biznes-jarayonlarni samaradorligini oshirish imkonini beruvchi avtomatlashtirishni yangi darajasi kabi qabul qilinadi. Masalan, intellektual shaxsiy yordamchilar, interfaol dasturiy botlar va robotlar operator yoki masalan ma’lumotlar kiritishni izlash va qayta ishlash bo’yicha mutaxassis ishini katta qismini bajarishi mumkin.
Bu yo’nalish doirasida qo’llaniladigan bazaviy texnologiyalarni ko’pchiligi, masalan, neyron tarmoqli modellar, o’tgan asrdayoq ishlab chiqilgan, biroq kompyuter tizimlarini hisoblash quvvatini o’sishi ularni amaliyotda keng qo’llashni imkonli qildi. Yaqindan, kompyuterlar deyarli inson darajasida obrazlarni tanib olishni o’rgandi. Bu kompyuterni apparat qismini hisoblash quvvatini oshirish, ma’lumotlar massivini to’plash va ma’lumotlar tahlili kutubxonalarini paydo bo’lishi hisobiga hisoblash tezligini oshirish kabi uch asosiy faktorlar evaziga imkonli bo’ldi. Mashinali o’qitish (Machine Learning, ML) ayniqsa chuqur mashinali o’qitish neyron tarmoq modellarida qurilgan bo’lib, o’zgaruvchi muhitda tizimni moshlashishi va mustaqil o’rganishini ta’minlash imkonini beradi, bu esa bir qator hollarda nafaqat tizimni o’zini balki, uning ishlanmasini ham samaradorligini oshirish imkonini beradi. Masalan, qoidalarga yoki statistikaga asoslangan spam xabarni sinflashtirish algoritmi yetarlicha oldin ishlab chiqilgan. Biroq, algoritmni yuqori sifatiga erishish uchun ishlab chiquvchilar ularni yaxshilashga ko’p vaqt sarflashga to’g’ri kelgan. SI va mashinali o’qitishdan foydalanib, spam xabarni aniqlash jarayoni kam vaqtni oldi va yaxshiroq natijalar bera boshladi, bu vaqtda bu toifadagi dasturlarni ishlab chiqish narxi pasaydi. SI yan bir ehtimoliy maqsadi intellektni kuchaytirishdir. Bu yo’nalishga masalan, axboroti haddan ortiq katta hajmi sababli inson tomonidan samarali tahlili imkonsiz bo’lgan ma’lumotlarni intellektual tahlilini (MIT) kiritish mumkin.
MIT tizimi murakkab qonunlarni, yashirinlarini ham tanib olish, sinflashtirishni olib borish va axborotni umumlashtirish, qarorq qabul qilishni qo’llab-quvvatlab xulosa va bashorat qilishga qodir. Yondashuvdagi farqlar va SI terminlarini ilgari surish bu sohada standartlashtirishni talab etadi. Hozirda o’zida terminologiyani saqlagan, konseptual yondashuvni tavsiflagan va SI elementlari bilan tizimni qurish tamoyillarini tavsiflagan, boshqa kesishuvchi texnologiyalar bilan SI ni o’zaro aloqasini tavsiflagan hamda SI nazoratlovchi me’yoriy-texnik yondashuvlar va bazaviy yondashuvlarni tavsiflaydigan ISO/IEC WD 22989 Artificial intelligence — Concepts and terminology xalqaro standarti ishlab chiqilmoqda. Standartni qabul qilish 2021-yilda kutilmoqda. SI quyidagi ta’riflarni qo’llab-quvvatlaymiz.

Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin