Aylanma fondlar va muomala fondlar strukturasi



Yüklə 76 Kb.
səhifə1/5
tarix15.03.2023
ölçüsü76 Kb.
#87993
  1   2   3   4   5
Sardorga tayyor




Aylanma fondlar va muomala fondlar strukturasi

Reja:



1. Aylanma fondlar (mablag`lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati
2. Aylanma fondlar (mablag`lar) tarkibi
3. Aylanma fondlar (mablag`lar)ning ko`rsatkichlari


Aylanma fondlar (mablag`lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati
Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo`lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi moliyaviy munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan mablag`lar ham kiritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chet el nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotga kirib kelayotgan davrda, xalqaro buxgalteriya hisob standartlari va milliy hisobot tizimini amaliyotda qo`llanilishi munosabati bilan «Aylanma fondlar» «Aylanma mablag`lar» termenlari o`rniga «Aylanma kapital» yoki «Aylanma aktivlar» kirib keldi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar mazmunan bir xil bo`lib, faqat boshqacha termenlar bilan atalmoqda. Shu sababli bizlar bundan buyon ushbu kategoriyani mazmunidan kelib chiqib, «Aylanma mablag`lar» termenini ishlatishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Aylanma mablag`lar o`z qiymat mazmuniga binoan, muomala jarayoniga zarur bo`lgan mehnat predmetlari, ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan mehnat qurollarini sotib olish uchun zarur bo`lgan pul ta`minotidir.
Aylanma mablag`lar natural-jismoniy ko`rinishi nuqtai nazaridan joriy moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ta`minlaydigan va bir yilgacha bo`lgan davrida iste`mol qilinadigan moddiy boyliklarni o`zida mujassamlashtiradi.
Aylanma mablag`larning manbalari bo`lib korxonaning o`z mablag`lari, qarzga olingan mablag`lar va jalb etilgan mablag`lar hisoblanadi.
Korxonani tashkil topishda aylanma mablag`lar uning tasischilari mablag`i hisobidan shakllanadi (ustav fondi), keyinchalik uni to`ldirish korxona foydasi, jalb qilingan mablag`lar (passivlar) hisobidan to`ldiriladi.
Aylanma mablag`lar asosiy fondlardan farqli bo`lib, ular muomala jarayoni bir siklida to`la iste`mol qilinadi va o`z qiymatini tovarlar va savdo xizmatlari qiymatiga to`la o`tkazadi.
Aylanma mablag`larni likvidlik darajasi juda yuqori, ayrim tarkiblarini likvidligi qariyb «1»ga teng bo`ladi.
Savdo jarayonida aylanma mablag`lar bir turdan ikkinchi turga aylanib turishi mumkin.
Aylanma mablag`lar doimiy harakatda bo`ladi. Ular savdo jarayonining bir siklida takror ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning aylanma mablag`lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma mablag`iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo`lib xizmat qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta`minlaydi, ya`ni ishlab chiqarishdan tovarlarni iste`molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom ettirishni ta`minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste`molchilarni talabini qondirishga yo`l ochib beradi.
Ikkinchi jarayonda aylanma mablag`lar tovar shaklidan pulga aylanadi, bunda tovarlar muomala jarayonidan iste`mol jarayoniga o`tadi, pul esa yana muomala jarayonini takrorlash uchun harakatga o`tadi. Bu pullar yangi mehnat predmetlarini sotib olishga yo`naltiriladi va jarayon takrorlanadi.
Ushbu jarayonda aylanma mablag`lar bir tomondan muomala jarayonini tezlashtiradi va ikkinchi tomondan iste`molchilar talabini qondiradi.
Aylanma mablag`larni takrorlanish tezligidan savdo korxonalarining raqobatbardoshligi, ularni samaradorligi darajasi bog`liqdir. Shu sababli aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirish katta ahamiyatga egadir.
Aylanma mablag`larni miqdoriga har xil omillar ta`sir qiladi. Ularning biri aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi mumkin.
Umuman aylanma mablag`larga ta`sir qiluvchi omilalrni uch xil guruhga ajratish mumkin: umumiqtisodiy, tashkiliy va texnik-texnologik omillarga.
Umumiqtisodiy omillarga, tovar aylanishi va uni tarkibini (assortiment tarkibini) o`zgarishi, ishlab chiqarish, tovar va boshqa moddiy ne`matlar bilan ta`minlovchilarni dislokatsiyasi, ya`ni hududiy joylanishi, savdo xizmatchilarini va savdoga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar ishchilarini mehnat unumdorligi darajasi kabilarni kiritish mumkin.
Tashkiliy omillarga savdo shaxobchalarini hajmi, ixtisoslashish, savdoni yangi progressiv usullarini qo`llash, boshqarishni takomillashtirish, savdo-vositachilik bo`g`inlarini qisqartirish kabilar kiradi.
Texnik-texnologik omillar ilmiy-texnik progressni joriy qilish bilan bog`liq bo`lib, ularga savdoga yangi jihozlarni, texnologik jarayonlari joriy qilish, savdoga xizmat qiluvchi tarmoqlarni texnik-texnologik taraqqiyoti (aloqa, transport, komunal xo`jaligi kabilar) kiradi.
Ushbu omillardan ayrimlari aylanma mablag`larni miqdorini oshirishga olib keladi. Bularga savdo xizmatini sifatini yuqorilash bilan bog`liq tadbirlar savdo shoxobchalarini kengaytirish, yangisini qurish, tovar aylanishi tarkibida (assortimentida) aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini susaytirishga olib keladigan tovarlar hissasini ortishi kabilar kiradi.
Aylanma mablag`larni kamaytirishga olib keladigan omillarga moddiy va moliyaviy resurslarni tejamli ishlatilishiga qarashli tadbirlar, tovar zahiralarini aylanish tezligini oshirish, tovar aylanishi tarkibida aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini tezlashtirishga olib keladigan tovarlar hissasini ko`payishi kabilar kiradi.
Yuqoridagi omillarni obyektiv va subyektiv omillarga ham ajratish mumkin. Obyektiv omilalr savdo korxonasi va uni ta`minlovchilarni xo`jalik yuritish tartibi, savdo korxonalari faoliyatiga bog`liq bo`lmagan omillar kiradi.
Subyektiv omillari boshqaruv apparat xodimlari va savdo xizmatchilarni kasbiy mahorati, ishlash prinsiplari, savdoni to`g`ri ratsional tashkil qilish borasida qabul qilingan qarorlarni joriy qilinishini va h.k. kiradi. Subyektiv omillar inson omili bilan bog`liqdir.
O`tgan mavzuda savdoni resurslari ,uni asosiy fondlari to`g`risida suxbatlashgan edik. Resurslar ,jumladan asosiy fondlar, aylanma mablag`lar hamda moliyaviy resurslar to`g`risida fikr yuritilganda ushbu resurslarni bir-biri bilan tig`iz bog`liqligi, xo`jalik faoilyati jarayonida ularni bir shakldan ikkinchi shaklga o`zgarishi, ya`ni natural-moddiy shakldan qiymat, pul shakliga va teskarisi, qiymat, pul shaklidan natural-moddiy shaklga o`tganda asosiy fondlar, amartizatsiyasi shaklida moliyaviy resurslar kapital mablag` shaklidan asosiy fondlarga aylanishini kuzatamiz.
Xuddi shunday o`zgarishlar aylanma mablag`lar va moliyaviy resurslar o`rtasida ham ro`y beradi. Masalan: tovarlar sotilish jarayonida debitor qarzga aylanishi, tovarlar oldi-sotdi jarayonida yuridik va jismoniy shaxslarni qarzdor bo`lib qolishi, ushbu jarayonda savdo korxonalarini kreditor bo`lib qolishi, ya`ni ishlab chiqaruvchi yoki boshqa ta`minotchilardan qarzdor bo`lib qolishi kabilar. Tovarlarga qo`yilgan ustamalarni sotilishi natijasida savdo korxonalarini daromadi, foydasini shakllanishi.
Ushbu jarayonga iqtisodiyotga taalluqli adabiyotlarda e`tibor berilmaydi va bu jarayon yoritilmagan. Lekin bunday o`zaro bog`liqliklarni o`rganish resurslaridan samarali foydalanish uchun tadbirlar ishlab chiqishda, samaradorlik ko`rsatkichlarini aniqlash yoki tanlashda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin