«tasdiqlayman» O‘quv uslubiy deportament boshlig‘i



Yüklə 136,84 Kb.
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü136,84 Kb.
#204358
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Menejment va marketing




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
IPAK YO`LI VA INNOVTSIYALAR UNIVERSITETI

«TASDIQLAYMAN»


O‘quv uslubiy deportament boshlig‘i
____________________________

«_____» _______________ 2023 yil


MENEJMENT VA MARKETING”


Mavzu: Korxonalar faoliyatini boshqarishni modernizatsiyalash va tashkiliy tizimini takomillashtirish

Tuzuvchi: ___________________
Olmaliq–2023 yil
REJA:
I bob. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari


    1. Ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari.

    2. Keng ma’noli modernizatsiyani tavsiflovchi turli jihatlar

    3. Modernizatsiyaning tamoyillari



II bob. Korxonalarda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.

    1. Mahsulotning raqobatbardoshligi.

    2. Korxona faoliyatini modernizatsiyalash

    3. Mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Ilovalar

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Yurtimizda iqtisodiy islohotlar borgan sari chuqurlashib, bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmoqda. Bu jarayonlarni tezlashtirishda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini boshqarish o‘rni katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rinlarda turadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”1.
Shu nuqtai nazardan iqtisodiyotni modernizatsiyalash bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llabquvvatlash bo’yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkan hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarigan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi keyingi 28 yil davomida iqtisodiyotni bosqichma-bosqich tarkibiy o’zgartirish bo’yicha islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu islohotlarning asosiy maqsadlari boshida yalpi milliy mahsulotni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan iqtisodiyotni modernizatsiyalashdan iborat.
Mamlakatimizda o’z vaqtida tanlab olingan iqtisodiy taraqqiyot modelining asosiy tamoyillari asosida ishlab chiqilgan, chuqur va har tomonlama o’ylangan iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiyalash bo’yicha ishlar amalga oshirilishi natijasida 2019-yil yakunlariga ko’ra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti – 8,0 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 8,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi2.
Ushbu mavzuning dolzarbligi - respublikamizda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash hamda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar qatori zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va mahsulot raqobatbardishligiga erishish uchun uning sifatini oshirish jarayonida qo’l keladigan taklif va tavsiyalarni tahlil qilish va uni amalga qo’llay olish hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich aytganlaridek, “tadbirkorlik va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, ularni zamonga mos holda diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ularning imkoniyatlardan to‘la foydalanish xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi va shunda biz qurayotgan jamiyat o’z-o’zidan rivojlanish yo’liga qadam qo’yadi”3.

Yüklə 136,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin