KIRISH….................................................................................................................2 1.XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi siyosiy ahvol..........................................................................................................................4 2.Ashtarxoniylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi.......................................16 3.Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar..........27 Xulosa va takliflar.................................................................................................33 Ilovalar....................................................................................................................35
KIRISH Mavzuning dolzarbligi:Ma’lumki, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarida ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi muhim tamoyil sifatida ko’rsatib o’tilgan. Shuni nazarda tutgan holda kurs ishimizning mavzusi ham o’ta dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Birinchidan O’zbekiston tarixi darslarida shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to’liq namoyon etish va rivojlantirish uchun qulay shart–sharoit yaratish uchun ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish, o’quvchilarning ongiga to’g’ri yo’l topa bilish muhim ahamiyatga ega. Vatan tarixining ilmiy tahlil va izchil yondashuvni talab qiladigan yo’nalishlaridan biri XVI–XVII asrlarda hukm surgan shayboniylar davlati tarixidir.
Ikkinchidan XV–XVII asrning boshlarida Movarounnahrdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy porokandalikni vujudga keltirgan sabablar, shu davr tarixiy jarayonlarining salbiy oqibatlari tegishli saboq bo’lib, mazkur voqealarni chuqur anglab, haqqoniy talqin qilish muhimdir. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixini yangi konseptual – metodologik asoslarda tadqiq etish, turli ilmiy muammolarni asl manbalarga tayangan holda tahlil etish muhim masalaga aylandi. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tarixiy – madaniy merosni o’rganish va targ’ib etish, ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o’quvchilarni komil inson darajasida tarbiyalashga katta e’tibor berilib, bu sohada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchinchidan O’zbekiston tarixining muhim burilish nuqtasi hosoblanmish shayboniylar davrini ilmiy manbalar asosida tahlil etish fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. O’quvchilarga o’zbekiston tarixi fanini o’qitishda shayboniylar davri tarixining pedagogik asoslarini aniqlash hozirga qadar yaxlit ilmiy tadqiqot sifatida o‟rganilgan emas. Bu esa mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi.