Xoja buxoriy



Yüklə 55,85 Kb.
səhifə1/6
tarix05.04.2023
ölçüsü55,85 Kb.
#93601
  1   2   3   4   5   6
Abdulhafiz DIPLOM (Автосохраненный)



O`ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI
XOJA BUXORIY” O`RTA MAXSUS ISLOM
BILIM YURTI

HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”


O`quv ishlari bo`yicha mudir o`rin bosari
____________ U. Mahmudov
«____» ____________ 2023 yil


MAHMUDXONOV TEMURXONNING
Mavzu: Zamonaviy firqalarning vujudga kelishi sabablar, yechimlar va ularga raddiyalar


BITIRUV DIPLOM ISHI

Mutaxasisligi: Islomshunoslik, imom-xatib.



Ilmiy rahbar: QUR'ON o`qituvchisi
Hudoynazarov Mirjalil
Taqrizchi:
Kitob – 2023
REJA:
KIRISH:
I. ISLOMDA YO‘NALISHLARNING VUJUDGA KELISHI.
I.1. Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi.
I.2. Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi.
II. ISLOMDA MO‘‘TAZIYLIK, QADRIYA, JABARIYA VA MUSHABBIHALAR.
II.1. Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi.
II.2. Mazhabsizlik va uning oqibatlari.


III. XULOSA.






KIRISH
Mazhab(arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqh. sohasida juda koʻp mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta mazhab — hanafiy, molikiy, shofiʼiy, hanbaliy (Mazhablar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat Mazhablari diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala Mazhab ham teng hisoblanadi. Yirik musulmon universitetlarida toʻrtala mazhab boʻyicha alohida dars beriladi. Mazhablar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xolda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) Mazhablari, shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning huquqiy hayotida jaʼfariylik Mazhabi oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik Mazhabi keng yoyilgan.
Mazhab-(arabcha: مذهب maḏhab)
Shariat doirasidagi huquq maktablari, yaʼni islom qonunlari sistemalari (aynan: „yoʻl“ yoki „harakat tarzi“, termin maʼnosida — „diniy-huquqiy taʼlimot“, „tarikat“ yoki „maktab“) mazhablar deb ataladi.
Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur huquqshunoslar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar. Musulmon kishi mazhabda to’rtta mazhabda birida va aqidada Moturudiy yoki Ashariy bo’lishi Ahli sunna val jamoa ekanligini belgisidir. Bu eng to’g’ri yo’ldir.

Yüklə 55,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin