4-mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning zamonaviy muammolari – soat Reja



Yüklə 59,22 Kb.
səhifə1/6
tarix28.07.2023
ölçüsü59,22 Kb.
#137744
  1   2   3   4   5   6
kTU4sBICFAAp3eNPcfZSEWtFLhfzbeF5hIMPzIc1


14-mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari.
Estetikaning zamonaviy muammolari – 2 soat


Reja:



  1. “Estetika” fanining ob’ekti va falsafiy mohiyati. Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi.

  2. Go‘zallik va uning muqobillari. Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi. Kulgililik kategoriyasi.

  3. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri.

  4. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli.



Darsning maqsadi: “Estetika”ning fan sifatida shakllanishi, uning asosiy kategoriyalari, estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari, ommaviy madaniyatning yoshlar estetik didiga ta’siri haqida yaxlit qarashlarni shakllantirish.


Tayanch tushunchalar: estetika, estetik ong, estetik did, go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik, kulgililik, tarbiya, estetik tarbiya, tarbiya vositalari, estetik tarbiyaga tahdidlar, “ommaviy madaniyat”.



  1. Estetika” fanining ob’ekti va falsafiy mohiyati. Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi.



Estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u ozining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bolmish gozallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bagishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda oz aksini topgan edi. Estetika (yun. αίσθημα – “his”, “tuygʻu”) olamning hissiy qabul qilinishini tadqiq etuvchi fandir.
Estetika sanʼatmadaniyat va tabiatning sub’ektiv qabul qilinishini oʻrganadi. Estetika falsafaning aksiologiya sohasiga kiradi. Estetika (yun. - his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo oʻrtasidagi qadriyat munosabatining oʻziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini oʻrganuvchi falsafiy fan. 
«Estetika» atamasini birinchi bolib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762 yy.) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug olmon faylasufi Leybnits (1646- 1716 yy.) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Lеybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga - aql, ixtiyor, hissiyotga boladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o‘rganadigan fan-mantiq, ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa-axloqshunoslik (etika)ni falsafada ko‘pdan buyon oz orni bor edi. Biroq hissiyotni o‘rganadigan fan falsafiy maqomdagi oz nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos-«oyestetikos» sozidan «estetika» (olmoncha «estetik»- «eshtetik») iborasini olib, ana shu boshliqni to’ldirdi.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «gozallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Fanimiz faqat san’atdagi gozallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi gozallikni ham organadi. Shuningdek, gozallikdan boshqa ulugvorlik, fojiaviylik, kulgililik, mojizaviylik, uygunlik, noziklik singari kopdan - ko‘p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida.Lekin, bu orinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida gozallik, bir tomondan, unsur sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning ozi gozallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz nafosat deb ataymiz.
Gozallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, yetakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois u estetikaning asosiy mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero gozallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi nafosatdorlik tabiatiga ega bo‘lolmaydi. Masalan, ulugvorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqdorga asoslanadi. Buxorodagi Arslonxon minorasi yoxud Minorai Kalon ulugvorligi bilan kishini hayratga soladi, unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona morisidan zavqlana olmaysiz. Yoki yonbagirdan turib, toqqa tikilsangiz nafosat zavqini tuyasiz, ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida osib chiqqan axlat «togi»ga qarab zavqlanmaysiz. Chunki Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida gozallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog esa tabiat yaratgan ulugvor gozallik. Zavod morisida ham, axlat «tog»ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa - gozallik yetishmaydi. Minora bilan togdagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu gozallik. Fojiaviylik xususiyatida ham gozallikning ishtirokini ko‘rish mumkin.
Demak, estetikaning asosiy tadqiqot ob’ekti - gozallik, biroq, san’at ham oz navbatida estetikaning gozallik kabi keng qamrovli tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. San’at estetikaning ob’ekti sifatida oziga xos olam. Unda nafosatning xususiyatlari bo‘rtib kozga tashlanadi. Shunga ko‘ra uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning ozini oziga ko‘rsatuvchi ulkan kozgu vazifasini o‘taydi. U insonni o‘rgatadi, davat etadi, gozallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko‘makchisi, yetakchisi hisoblanadi.
Estetika bir tomondan, san’atning paydo bolishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bolgan barcha jarayonlarni o‘rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun – qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi ozgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi.
Shunday qilib, estetika san’atni to‘la qamrab oladi va uning ich-ichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi-idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo‘lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zotan «San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda. Estetika – falsafiy fanlar tarkibiga kiruvchi maxsus soha. Falsafani esa, ozingizga ma’lumki, fanlar podshosi deb atashadi. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni oz qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon yetaklaydi. Shu bois tafakkurni falsafaning tadqiqot ob’ekti deb atash maqsadga muvofiq boladi.
Estetika - falsafiy fan sifatida, barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni gozallik orqali haqiqatga yetishtirishga hizmat qiladi. Bundan tashqari estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozitsiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san’at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas.
Ishlab chiqarish muhitining nafosatli jihatlarini vujudga keltirish, unga «ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (texnika nafosatshunosligi)ga oid rasm-chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi.
Hozircha adabiyotlar dizaynning yagona, hammabop yaxlit qoidaga aylangan ilmiy ta’rifi yaratilmagan. Lekin, ko‘pchilik tadqiqotchilar dizaynni badiiy-texnik faoliyat turidir, deb qarashga moyildirlar. Xullas dizayn badiiy-texnik faoliyat muhitini yaratishdir.
Dizaynda muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiq holda namoyon bo‘ladi, lekin dizayn ularning birortasiga aylanib qolmaydi. Dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini nafosatli qayta qurishga, uni insonning manfaatlari va ehtiyolariga mos keltirishga xizmat qiladi. Dizayn sanoatni loyihalash va ishlab chiqarishni uyushtirishda narsalar-chizmalar, rasmlar, modellarining maqsadga muvofiqligini va texnologik foydaliligini hisobga olish faoliyatining ajralmas qismidir. Sanoatda keng iste’mol mahsulotlaridan, nodir dastgohlar va asboblarni loyihalash va yaratish ishida turli-tuman kasb egalari-muhandislar, texnologlar, ishchilar, iqtisodchilar, boshqaruvchilar, ruhshunoslar, sotsiolog-ijtimoiyshunoslar qatnashadilar. Bu yerda dizaynchi-musavvir-loyiha yaratuvchi alohida mavqega ega: uning zimmasiga nafosatli qiymatga ega bolgan mahsulotlar va mehnat qurollarni yaratish burchi yuklangandir. Ishlab chiqarish bilan ist’emol, ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol qiluvchi ortasidagi o‘zaro munosabatlarni uygunlashtirib turish dizaynchining eng muhim vazifasidir.
Dizayn san’atdan baxra oladi. San’at bilan dizayn ortasida umumiylik bolsada, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san’atdan qanday farq qiladi? Ayonki, san’at badiiy faoliyat u yoki bu ko‘rinishidagi goyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Lekin bu yerda narsalar ishlab chiqarish yordamchi (qo‘shimcha) vazifani bajaradi. San’at avvalo ma’naviy boylik yaratish, ong va bilish sohasidir. Bu, san’atning tub mohiyatini ifodalaydi.
Dizayn esa moddiy-amaliy faoliyat turiga kiradi. Dizayn mahsulotlar san’at asarlaridan farqli ravishda voqelikning in’ikosini emas, balki uning nafosat qonunlariga binoan yaratilib, san’at amaliyotining aynan o‘zini anglatadi. Dizayn mahsulotlari-mashinalar, binolar keng iste’mol mollari va boshqalarda sof iste’mol, ya’ni moddiy «foyda» xususiyati bo‘rtib turadi. Mahsulotning estetik sifati baribir uning loyihaviy burchi qay darajada ifodalanganligi bilan belgilanadi.
Bu yerda narsaning burch vazifasi uning ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi. Shunday qilib dizayn mahsulotining nafosatli qiymati uning maqsadga muvofiq ekanligi bilan izohlanadi. Narsaning foydaliligi va maqsadga muvofiq ekanligi uning tor ma’nodagi vazifa bajarish, ya’ni amal qilishi darajasiga tushib qolishidan saqlaydi.
San’at bilan dizayn o‘rtasidagi farq haqida gapirganda, san’at asari qaysi moddiy tizimiga mansubligidan, qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat’i nazar, mustaqil qiymatga ega ekanini ta’kidlash kerak. Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi bolib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning nafosatli qiymati ham muayyan narsalar «tizimi»ga qanchalik mos kelishi bilan o‘lchanadi, ya’ni dizaynchi faoliyatning ob’ektini alohida olingan mashina emas, balki barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari ko‘rinish va hokazo shakllari bilan birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi» tashkil etishi shart. Dizaynchi loyihalashtirilayotgan narsalarni, ular iste’mol buyumlari yoki texnik qurilmalar bolmasin, nimaga xizmat qilish shakli, rangi va boshqa tomonlarini ozaro muvofiqlashtirish lozim bo‘ladi. Bu bilan u narsalarni yaratish va iste’mol qilish jarayonida inson uchun eng qulay sharoitlarni ta’minlay oladigan yaxlit nafosatli molik narsalar muhitini vujudga keltiradi.
Nafosatli ilmiy ijodning ham nafosatli tomonini tashkil qiladi. Lekin, nafosatli omillar ijodga tarkiban xos bo‘lib, unga yordamchi omil vazifasini otaydi. Juda ko‘p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning nafosati madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq ekan.
Nafosat madaniyati ilmiy izlanishlarning hamma bosqichlarida ilmiy muammolarning qo‘yilishi, ularning yechimi, olingan ilmiy natijalarni baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Aksincha, nafosatli rivojlanmaganlik, loqaydlik olimning ijodiy kuch- qudratini sondiradi, ilmiy-ijodiy jarayonida juda muhim bolgan shaxsiy qoniqish hissidan mahrum etadi, aqliy ravnaqiga salbiy ta’sir otkazadi. Ilm-fan bilan bir tomonlama shug‘ullanib, san’atdan lazzatlanish hissini uyg‘otib qo‘ygan olimning bu yo‘qotish aqliy va ahloqiy sifatlariga salbiy ta’sir qilgan haqida tarixda misollar kop.
Faraz voqelikka nisbatan erkindir, demak faraz va erkinlikni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Faraz olimni sub’ektivlik balosidan, qotib qolgan qolip - andozlardan xalos qilish kuchiga ega. Voqelikning eng murakkab, o‘zgaruvchan omillarga bog‘liq bo‘lgan hodisalarini bilish va anglash zarur bolganda farazning qudratli kuchidan foydalanamiz.
Faraz bilan bir qatorda fahm-farosat turadi. Fahm-farosat yuzaki qaraganda taxmin qilish sifatida ko‘rinsada, aslida haqiqatni kora olish, ya’ni dalil-isbotga muhtoj bolmagan narsalarning ob’ektiv boglanishini anglatadi, fahm-farosat haqiqatni bevosita mushohada etishdir.
Fahm-farosatsiz ijodiy faoliyat, jumladan, badiiy va ilmiy faoliyat ham bo‘lishi mumkin emas. Fahm-farosat badiiy faoliyatda o‘ta murakkab va rivojlangan shaklda namoyon bolsa, fanda u voqea hodisalarni aqliy mushohada qilish bilan chambarchas bog‘lanib ketadi.
Olimlarning tahlillariga kora, ilmiy faoliyatda fahm-farosat faktlarni toplash, nazariya va yangi tushunchalarni shakllantirish, eski nazariyadan yangisiga o‘tish, yangi g‘oyaning tug‘ilish, keyingi ilmiy ijod uchun yo‘l ochish, olim ichki e’tiqodiga asoslangan yangi nazariyanmg haqiqatligini sinab korishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fahm-farosat o‘zidan o‘zi vujudga kelmaydi. U ilmiy faoliyat sohibidan barcha bilimi va hissiy qobiliyatini, avval erishgan tajribasini ishga solishni taqozo etadi. Boshqacha qilib aytganda, fahm-farosat aslida ehtirossiz, ilhomsiz vujudga kelishi, binobarin ehtiroslarsiz hech qanday buyuk narsalar yaratishi va mavjud bolishi ham mumkin emas.
Faraz, fahm-farosat, ehtiros-ilhom nafosatli tavsifga ega bolib, «toza» va rivojlangan korinishda san’atga taalluqlidir. Ayni vaqtda faoliyatining zarur qismlari sifatida fanda o‘z ifodasini topadi. Ular fanga alohida-alohida tarzda emas, balki birgalikda, aniq tizim vositasida otkaziladi.
Ilmiy ijod jarayonida his-tuyg‘u, shodlik, beg‘araz qoniqishga intilish estetik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy ijodning nafosatli quvonch, shodlik, qoniqish hissini qondirishga emas, balki ilmiy natijalari va ularga erishish usullarida ifodalanadi. Donishmand olimlar ilmiy izlanishlarning barcha bosqichlarida nafosatli his-tuyg‘ular ulkan ahamiyatga molikligini ta’kidlaganlar.




  1. Yüklə 59,22 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin