A.Sh.BEKMURODOV, Ya.K.KARRIEVA, I.U.NEMATOV,
D.H.NABIEV, N.T.KATTAEV
XORIJIY INVESTITSIYALAR
«Iqtisodiyot»-2010
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT IQTISODIYoT UNIVERSITETI
A.Sh.BEKMURODOV, Ya.K.KARRIEVA, I.U.NEMATOV,
D.H.NABIEV, N.T.KATTAEV
XORIJIY INVESTITsIYaLAR
Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalari faoliyatini
Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma
sifatida tavsiya etilgan
Iqtisodiyot-2010
2
Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Nematov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar.
O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2010. – 166 b.
Ushbu o’quv qo’llanmada xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati, shakl va turlari,
globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib borishida investitsiya jarayonlari, xorijiy investorlar
huquqiy holatining o’ziga xos xususiyatlari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asoslari hamda ularni
jalb qilishni rag’batlantirishning zamonaviy shakl va usullari, xorijiy investorlar uchun O’zbekiston iqtisodiyotini jalb
qiluvchanligini oshirishning asosiy yo’nalishlari, O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy
investitsiyalar yordamida rivojlantirish masalalari, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini aniqlash, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni sug’urtalash to’g’risida talabalarga bilim
berish maqsadida asosiy masalalar atroflicha yoritib berilgan.
Ushbu o’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga qo’llanmadan
o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, aspirant va tadqiqotchilar, xorijiy investitsiyalarni o’rganishga qiziquvchilar
foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |