balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavkasi narxlar darajasining
o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasini ayirmasi ko’rinishida
aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi
yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4% (16%-12%) ni tashkil etadi.
Agarda, bu miqdor kutilayotgan sof foyda me’yoridan past bo’lsa, investitsiya
xarajatlari o’sib boradi.
Investitsiya talabining egri chizig’i istalgan investitsiya hajmi (I) va real foiz
stavkasi miqdori (r) o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatadi. Real foiz stavkasi, ya’ni pul
kapitalini qarzga olish narxi qanchalik yuqori bo’lsa, investitsiyalashni xohlovchilar
shuncha kam bo’ladi va aksincha real foiz stavkasi qanchalik past bo’lsa, foyda
keltiradigan investitsiya loyihalari shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham
investitsiya funktsiyasi grafigi pasayuvchan ko’rinishda bo’ladi (1.1.1-chizma).
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o’rtasidagi
mavjud bog’liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi.
Foiz stavkasining
miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni o’zgartirish
orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz stavkasini ko’tarilishi
pulning qimmatlashuvi va unga bo’lgan talabning qisqarayotganini bildiradi. Demak,
investitsiya xarajatlari ham qisqarib boradi. O’z navbatida, investitsiya xarajatlarining
qisqarishi, kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmining pasayishini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: