A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

1.3.Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo’naltirilgan har qanday
shakldagi mulkni to’la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo
shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan,
elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu
xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo’la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining,
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy,
intellektual boyliklardir.
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi
O’zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida «Chet ellik investorlar asosan
daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi
moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual
mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday
daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof
etiladi».
3
Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda
chop etilgan tashqi savdo lug’atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy
investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan,
eksport kilingan investitsiyalar»
4
.
Chet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga
moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko’rinishidagi muddatli qo’yilmalarning barcha
shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: qo’shma
korxonalarni tashkil qilishda o’z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga
to’la tegishli bo’lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli
qog’ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
Xorijiy
investitsiyalar
ichki
investitsiyalardan
farqli
holda
tashqi
moliyalashtirish manbaiga kiradi.
Xorijiy investitsiyalar qo’shma korxonalar tashkil etish, xorijiy investorlarga
to’liq tegishli bo’lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy
sheriklar bilan bank tuzish, qimmatli qog’ozlarni sotib olish, er va boshqa tabiiy
resurslardan foydalanish huquqiga ega bo’lish, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat
olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga egadir.
Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 guruh omillar ta’sir ko’rsatadi:
3
Ўзбекистоннинг янги конунлари. 19-сон,-Т.: Адолат,1998.532-бет.
4
Dictionary of Foreign Trade. by F.Henus Sec/ Ed. N4.,1947, P.387.
17


1) iqtisodiy omillar:
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarining bir maromda
ushlab turilishi;
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy siljishlarning
amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar
bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi);
-ishlab
chiqarishni
xalqaro
ixtisoslashuvi
va
kooperatsiyalashuvining
chuqurlashuvi;
-jahon iqtisodiyoti transmilliylashtirilishining o’sib borishi (masalan, AQSh
transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish
hajmi AQSh tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining
chuqurlashib borishi;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar.
2) siyosiy omillar:
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (erkin iqtisodiy hududlar (EIX),
offshor hududlari va boshqalar);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish,
xususiy sektorni va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan kurollanish,
ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir.
Aynan xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish
zamonaviy, raqobatdoshlar tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa
o’z navbatida yangi ish o’rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bo’lishiga olib keladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin