Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay
investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. Investitsiya muhiti –
bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy,
me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Investitsiya muhiti
eng avvalo quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu
jumladan foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va o’rtacha ish haqi
darajasi, iqtisodiy kon’yunktura holati, ichki bozor sig’imi hamda tovarlarni tashqi
bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan
davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning belgilanganligi va h.k.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish
davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelmoqda.
O’tgan yili iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni
tashkil etdi, bu esa 2008 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko’p demakdir. Jalb etilgan
xorijiy investitsiyalar hajmi 68 foizga o’sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi
to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalar bo’lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi
(1.4.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: