Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el
investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni
amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta
jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin
emas. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy
imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va
rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni
o’zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy
qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Markaziy banki va boshqa qator
vazirlik va idoralarning ma’lumotlaridan, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o’rinbosarlari,
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchilari, tuman va shahar hokimlarining 2010
yil yanvar-fevral oylarida bo’lib o’tgan mintaqaviy seminarlari materiallaridan keng
foydalanilgan.
Ushbu maxsus kursni keng o’rganishga yordam beruvchi elektron-vizual va
interaktiv vositalar, jumladan, «Iqtisodiyot» nashriyoti tomonidan 2009 yilda chop
etilgan
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Islom
Karimovning
«Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari» nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma (Xodiev B.Yu.,
Bekmurodov A.Sh., G’afurov U.V., Tuxliev B.K., o’zbek va rus tillarida), «Ommabop
iqtisodiyot: mohiyati va asosiy tushunchalari» (Bekmurodov A.Sh., Gimranova O.B.,
Shamshieva N.N., o’zbek va rus tillarida) ilmiy-ommabop qo’llanma, «O’zbekiston
iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash yo’lida» (Bekmurodov A.Sh.,
Berkinov B.B., Usmonov B.B., Hamidov O.M., G’afurov U.V. va Ne’matov I.U., o’zbek
tilida) ekspress-prospekti, «2008 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2009 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor
vazifalari to’g’risida» (Bekmurodov A.Sh., Amonboev M.A., Kattaev N.T.)
ekspress-testlar hamda ularning elektron-vizual versiyalaridan keng foydalanish tavsiya
etiladi.
Dostları ilə paylaş: