Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimining davlat talim standartlarini tasdiqlash togrisida gi 187-sonli Qarori elon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi. Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining Talim to`g`risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining talim sohasidagi qarorlari, Xalq talimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli meyoriy hujjatlar va Xalq talimi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlanganTalim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qollanmayuqorida nomlari keltirilgan talimga oid huquqiy va meyoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy orta talimning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
Dasturning maqsadi tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgor tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, manaviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari: milliy, umuminsoniy va manaviy qadriyatlar asosida oquvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
oquvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda talim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taminlashdan iborat.
Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy tasirlari ham sezilmoqda. Bu masalani oquvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida korishimiz mumkin. Bazida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, oz fikrini ogzaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, masuliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, oziga tegishli bolgan mablaglargni togri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida takidlab otish joizdir.