Falsafa fanidan mustaqil ish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZAIRLIGI
FALSAFA FANIDAN
MUSTAQIL ISH
O’qituvchi: Axmedov A
Tayyorladi: Ortiqov D.
Iqtisodiyot yo’nalishi 22-7 guruh talabasi
TOSHKENT – 2023
Jamiyat va tarix falsafasi
Reja:
1. Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari.
2. Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari.Demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o’rni.
3. Sivilizasiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
4. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri .
Inson va insoniyat borlig’i o’ziga xos betakrordir. Bu borliqning hamma
odamlarga xos tomonlari bor. Inson borliq sifatida tabiat bilan uzviy bog’liq.
Chunki inson kosmosning (koinotning) faol qismi sifatida u bilan bog’liq holda
yashaydi, mavjud bo’ladi. Inson tabiat evolyusiyasining ajralmas qismi sifatida
o’ziga xos ijtimoiy evolyusiyani tashkil etadi. Insonlar esa o’zaro birlikda
jamiyatni tashkil etadi.
Ijtimoiy falsafa jamiyatning mohiyati va uning o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganadi. Biz falsafa tarixiga nazar solsak jamiyat sirlarini ochish uchun harakat
qilmagan falsafiy yo’nalishni ko’rmaymiz. Platon o’zining «Davlat» nomli asarida
jamiyat to’g’risidagi ta’limotni g’oyalar dunyosining sir-asrori bilan bog’liq holda
o’rgandgan. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shaxri» asarida insonlar o’rtasidagi
munosabat, birgalikda yashash, tinch-totuv bo’lish to’g’risida «hamkorlik, moddiy
va ma’naviy totuvlik jamiyatning asosini tashkil etadi»,- deb ta’kidlaydi.
O’rta asr g’arb falsafasida jamiyat to’g’risidagi qarashlarda teosentrik nazariya
ustuvor bo’lgan. Yangi zamon falsafaning vakillari, Gobbs va Lokklar davlatning
shartnoma konsepsiyasini va shu asosda ijtimoiy shartnoma konsepsiyasini ishlab
chiqdilar. Falsafa kursida ijtimoiy shartnoma bo’lishi va uning huquqiy,
dunyoqarash ahamiyati bayon etila bordi. Gegel jamiyat, madaniyat sohalarning
ilmiy-falsafiy asoslarini maydonga tashladi. Ijtimoiy hayot ham tabiat singari
obyektiv qonunlarga ega. Bu qonunlar inson irodasiga, xohishiga bog’liq
bo’lmagan holda mavjud deb ko’rsatdi.
Marks jamiyatni ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat deb aytdi. Biroq
Gegel ham, Marks ham jamiyatdagi qonunlarni mavhum, konkret shaxs
faoliyatidan ajralgan holda o’rgandi. Pozitivizm (Kont, Spenser) tabiat fanlaridan
maxsus ijtimoiy fanlarni ajratdi va jamiyat uning o’ziga xos xususiyatlari
o’rganuvchi – sosiologiyaga asos soldi. Hayot falsafasi va fenomologiya (Gusserl,
Shyus) kundalik hayot ijtimoiyogiyasini o’rgandi.
Hozirgi zamon ijtimoiy falsafasining o’ziga xos tomoni nimada? Bunda gap
ijtimoiy jarayonlarga falsafiy yondoshish xaqida ketadi.
Afsuski, uzoq vaqt davomida-sho’rolar hukmron bo’lgan davrda jamiyat
to’g’risidagi ta’limotda markscha – lenincha qarashlar hukmron edi. Bugungi
kunda ham bu qarash ijtimoiy hayotni yangicha tahlil qilishga halaqit bermoqda.
Zamonaviy ijtimoiy falsafada jamiyat ma’naviy birlik, inson faoliyati, inson
mahsuldorligi hamda mantiqiylik nuqtai nazarda tahlil qilinmoqda.
Insonning «Tabiatdan jamiyatga» konsepsiyasi falsafada jamiyatni naturalistik
tushunish deb ataladi. Bu konsepsiyada jamiyatning rivojlanishida geografik va
demografik omillarning o’rni qaraladi asosiy deb. Odamning paydo bo’lishi Darvin
ta’limoti asosida tushuntiriladi. ijtimoiy borliqqa biolog – tabiatshunos ko’zi bilan
qaraladi.
Psixologizm konsepsiyasi. Bunda ijtimoiy hodisani insonning murakkab
ruhiyati bilan bog’laydilar. Ularning fikricha, ijtimoiy hayot ruhiy – fiziologik
holat bilan belgilanadi. Biroq madaniyat, inson amaliy faoliyatini ruhiy – fiziologik
nuqtai nazardan to’la – butkul izohlab bo’lmaydi.
Hozirgi kunda ijtimoiy hayotni tekshirishda ruhiy tahlil nazariyasi o’stivorlik
qilmoqda. Ruhiy tahlil asoschisi Freyd jamiyatni inson ruhiy dunyosidagi instinkt
bilan izohlaydi. Uning fikricha, ikki instinkt inson hayotida eng muhim ahamiyatga
ega. Gap hayot instinkti eros va o’lish instinkti tanatos haqida boradi.
Insonning jinsiy moyilligi negizidagi ikki instinkt kurashi ijtimoiy borliqning
asosida turadi.
(1) Freyd. Din, axloq, ijtimoiy hissiyotlar tajovuzkorlik instinktini bo’shashtiradi. Ijtimoiy va axloqiy qoidalar insonning ongsiz faoliyatiga zid kelganligi uchun muayyan sivilizasiya taqiqlagan, ongdan ustun turgan normalarni inson ba’zan buzadi.
Ruhiy tahlil falsafasining vakili Fromm insonning ma’naviy hayotini ijtimoiy
munosabatlar va inson xarakteri nuqtai nazaridan izohlaydi.
Inson xarakteri ijod qiluvchi, yaratuvchilikka qaratilgan bo’lib, inson o’z
borlig’ini, insoniyligini namoyon qilib yashaydi. Inson ana shunday faoliyatini
namoyon qilishi uchun ijtimoiy sharoit bo’lishi kerak.
(2) Fromm. XX asr falsafasidagi ijtimoiy psixologik oqim o’z qarashlarini ijtimoiy amaliy ta’sir konsepsiyasida (M. Veber, G. Parsons) davom ettirdi. Ular harakatdagi shaxsning boshqa odamlarga, boshqa obyektga ta’siri haqida fikr yuritadilar. Har bir individ (yakka shaxs) ijtimoiy normalarni o’zicha «dasturlantiradi» va ijtimoiy hayotni o’zining ana shu mustaqil nuqtai nazaridan baholaydi, masalalarni hal qilish bo’yicha qaror qabul qiladi va shu asosda faoliyatda bo’lib, u yoki bu vazifalarni bajaradi. Butun jamiat ijtimoiy amaliy ta’sir tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Bu konsepsiya ko’pincha ijtimoiy aloqa tizimida shaxsni mutlaqlashtirishni qoralaydi. Bunga javoban simvolik interaksionizm o’zaro talab javobini beradi (J. Mid). Midning fikricha, o’zaro ta’sir (interaksiya) simvolik ta’sir bo’lishi mumkin.
Ta’sir etuvchi shaxs, albatta, boshqa odam ta’siriga javob beradi. Faoliyatda
bo’lgan har bir obyekt o’zi bajarayotgan jarayon uchun simvolik bo’lib xizmat
qiladi. Har bir odam o’z rolini o’ynaydi; shifokor, olim, talaba va hokazo kim
bo’lmasin, baribir hammalarining o’z roli bor.
... dunyo – teatr, Bunda ayollar, erkaklarning har biri artistdir, Ularning
sahnaga chiqishi, ketishi bor, Har biri o’z rolini boshqacha o’ynaydi.
U.Shekspir
«Men» – ijtimoiy tajriba belgilagan rolni o’ynayman. Individ ijtimoiy
munosabatlar asosida shakllanib boradi. Uning ijtimoiylashishi ana shu tarzda
namoyon bo’ladi.
Inson predmet ta’sirida emas, balki ijtimoiy omillar ta’sir shakllanib boradi,
deb ta’kidlaydi Marks. XX asrdagi ijtimoiy konsepsiyalardan biri «Lingvistik tub
o’zgarish» deb ataladi. Ularning fikricha, til insonning eng muhim belgisi, shu bois
u jamiyatning qiyofasini belgilaydi. Yu. Xabermas odamlar orasidagi munozara
ma’lum qoidalarga asoslanadiki, shu asosda munosabatlar shakllanadi, birgalikda
faoliyatda bo’lish tamoyillari ishlab chiqiladi, deb yozadi. Jamiyat kommunikativ –
diskurtiv (birgalikda dunyoni tushunish) bir butunlik asosida tashkil topadi. Bunda
oshkoralik, demoqratiya, tanqidiylik hukmron bo’ladi.
Biz yuqorida ijtimoiy falsafaning turli konsepsiyalarini ko’rib chiqdik.
Ayrim shaxs faoliyati asosida butun bir xalq, millat haqida hulosa chiqarish
mumkinmi?
Bu savolga ijtimoiy falsafa hozircha «yo’q» deb javob bermoqda. Jamiyat
shunday tashkil qilingan tizimki, unda alohida shaxsdan tashqari ma’naviy hayot,
inson simvolik (ramziy) dunyosi va shu faoliyatning natijasi ham mavjuddir.
Demak, jamiyat insonlarning tizimli tashkil qilingan birgalikdagi hayotiy
faoliyatidan iborat. ijtimoiylik – jamiyatga tizimli tavsif berish demakdir.
ijtimoiylik (ijtimoiyllik) deganda insonlarning birgalikda mavjud bo’lishini
xarakterlaydigan hamma hodisalar tushuniladi, bu tabiiy – fiziologik – biologik
jihatdan farq qiladigan tomonidir. ijtimoiy yoki ijtimoiylik odamlar o’rtasidagi
bevosita yoki bilvosita munosabatlarning o’zaro ta’siri natijasida jamiyatning turli
qatlamlarga bo’linishidir. Insonlar munosabatisiz ijtimoiylik mavjud bo’lmaydi.
Uning tashuvchisi inson va mahsulotlar yaratishdagi insonning faoliyatidir.
Ijtimoiylik (ijtimoiylik) har qanday shaxsga xos xususiyat. Insonning
ijtimoiylashuv jarayonini o’rganish alohida shaxs ongining ijtimoiy tomonini
o’rganishdan boshlanadi. Alohida odam ijtimoiylikdan tashqarida qaraladigan
bo’lsa, faqat uning ongi ruhiy, neyrofiziologik jihatdan qatnashganligi o’rganiladi,
xolos.
Ijtimoiylik boshqa odamning ta’siri, unga bo’lgan munosabatda paydo bo’ladi.
Natijada insonning ruhiy dunyosi yangi ijtimoiy darajaga ko’tariladi. Jamiyat
o’ziga xos eng ko’zga ko’rinmas munosabatlar asosida yakka shaxslar o’rtasidagi
o’zaro munosabatning natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, ular o’rtasida
ma’lum aloqalar mavjud bo’ladi.
Jamiyat makrostrukturasi jihatdan odamlar, mutaxassislik, demografik,
iqtisodiy - siyosiy dunyoqarash mazmuniga ko’ra, o’zaro turli xil aloqada
bo’ladilar. Bu aloqalar kichik guruhlardan tortib xalq, millatqacha bo’lgan
munosabatlarni o’z ichiga oladi. ijtimoiy tuzilishni o’rganganda jamiyatning makrostrukturasini aniqlash juda murakkab masala. Ularda umumiy o’zak, umumiy jismoniy birlik yo’q. Lekin ma’naviy birlik, fikrlash birligi, umumiy ong – ijtimoiy ong mavjud.
Jamiyatning makrotuzilishi tizimli (sistemali) xarakterga ega. Uning
sistemaliligi bir butun jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatning bir butun tizimliligi bir
makonda bo’laklarning birgalikda faoliyatda bo’lishini, jamiyatning birgalikda
ishlashini ta’minlaydi.
Alohida shaxslar ruhiyati – ongi asosida ijtimoiy ong vujudga keladi.
Jamiyatning makrotuzilishga ega bo’lgan ijtimoiy hayoti bir butun ong va ruhiyatni
tashkil qilishining sababi uning bir butun tizimli tuzilishga ega bo’lishidadir.
Til, madaniyat, amaliyot, san’at, fan, axloqlarning ma’lum tizimga
tushganligini hamma biladi. Biz tizim nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak,
shaxsning ichki o’zgarish jarayonining ham bir butun sistemadan iborat ekaniligini
ko’ramiz. Uning ongi, hissiyoti, tili va madaniyati, dunyoqarashi kabilar bir butun
tizimga ega ekaniligini ko’rsatadi.
Tizim oz sonli odamlardan, millat va xalqlardan ularning his tuyg’ulari,
fikrlari, dunyoqarashining o’zaro birligi asosida tashkil topishi mumkin. Tizimda
tartibsizlik (xaos) tartibga aylanib boradi. Ana shu tartib asosida madaniyat, san’at,
axloq, til normalari vujudga keladi. Xalq, millatning ko’pchiligi unga amal qiladi.
Ma’lum tizimdagi odamlarning juda ko’p umumiy tomonlari bor (urf – odat,
an’ana, fikrlash stili va boshqalar). Biroq ularning o’ziga xos tomoni ham bor.
Demak, ijtimoiylik tizimlilik ta’siri asosida umumiylik va o’ziga xoslikni o’z
ichiga oladi.
Jamiyat taraqqiyotida rasionallikning ahamiyati
Falsafa fanni tahlil qilar ekan, uning asosiy xususiyatlari, bir butun umumiy
yo’nalishlariga ahamiyat beradi.
Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy yo’nalishini harakatga keltiruvchi kuch nima?
Falsafa bu savolga javob beradi.
Ijtimoiy hayotni ilmiy tahlil qiladigan falsafa bormi?
Ba’zi faylasuflar bu savolga salbiy javob beradilar. Chunki tabiatda zaruriyat,
qonuniyat hukmron bo’lsa, jamiyatda erkinlik mavjud, shuning uchun inson
irodasi, erkin tafakkurni qonunlashtirib bo’lmaydi, deydilar ular.
Gegel va Markslar ijtimoiy hayotning o’z qonunlari bor va bu qonunlar inson
ongidan tashqarida, uning ongiga, irodasiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud, deb
aytdilar. Marks ijtimoiy - iqtisodiy formasiya haqida o’z ta’limotini yaratdi. Bu
konsepsiyaga ko’ra, jamiyat boshlang’ich jamoa tuzumidan qulchilikka,
qulchilikdan feodalizmga, feodalizmdan kapitalizmga va undan kommunizmga
muqarrar o’tadi. Bu Marks ta’limoti chiziqli, bir yoqlama tafakkurga
asoslanganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, Gegel ham, Marks ham ijtimsoiy
qonunlarni shaxs faoliyatidan ajratib qo’yganlar. Ular individning jamiyatdagi
betakror o’rni va rolini inobatga olmaganlar.
Strukturalistlar esa jamiyatning insondan tashqarida inson irodasiga bog’liq
bo’lmagan tuzilishi haqida fikr yuritadilar. Ular jamiyat ma’lum qonuniyatlar
asosida rivojlanadi, deb ko’rsatadilar va inson faoliyatiga e’tibor berish masalasida
kamchilikka yo’l qo’yadilar.
XX asrning ikkinchi yarmida falsafada "lingvistik" tub o’zgarish yuz berdi.
Mantiqiy pozitivizm, analitik falsafa tarafdorlari, keyinchalik Vitgenshteyn kabi
olimlar falsafada burilish yasadilar. Ular jamiyat to’g’risidagi fanni ma’lum
fikrlarni ifoda etish bilan bog’ladilar. 1942 yilda Gempel ijtimoiy fan soha
vakillariga mulohaza orqali deduktiv xulosa chiqarish modeliga o’tishni taklif
qiladi. Biroq bu maktabning ayrim vakillari, jumladan, Vitgenshteyn Gempel
mantig’i tor doirada ekanligini, tilning imkoniyati keng ekanligini, bitta sxema
doirasida ish ko’rish mumkin emasligini ta’kidladilar. Bir necha bor munozaradan
so’ng ijtimoiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qilishini tan olishdi. Biroq
munozara hamon davom etmoqda.
Tajribalar, eksperimentlar ijtimoiy hodisalarga ham tatbiq etildi. Natijada
jamiyat o’rganish bo’yicha empirik sosiologiya kabi fanlar paydo bo’ldi.
Neopozitivizm va postpozitivizmning fan dasturi ijtimoiy hayotga ham tatbiq
etildi. Ijtimoiy sohalar matematik model bilan o’rganilib, ma’lum muvaffaqiyatlarga erishildi. Nima uchun matematik formulalar, o’zining aniqligi bilan ajralib tursa-da, ijtimoiy sohada fizik formulalardan ustun tura olmadi?
Matematik modelning iqtisodiyot sohasida qo’llanilishi juda katta natija bergan
bo’lsa-da, tabiatdagi (oniy) lahza-tezlik, iqtisoddagi qiymat ko’rinishi fizikaviy
model bilan hal qilindi. Zarrachalarning holati xuddi insonlar faoliyatidagidek
erkin, oldindan bilib bo’lmas darajada ekan. Fizik-tadqiqotchi katta miqdordagi
zarrachalarning holatini aniqlash uchun statistik qonunlarni ishlatadi. Alohida,
yakka zarrachaning holati uchun esa ehtimollik nazariyasini qo’llaydi. Shunga
o’xshash ijtimoiy hodisalarda ham alohida olingan odam faoliyatini ehtimollik
nazariyasi asosida qayd qilinsa, ko’pchilikning faoliyati esa statistik qonun asosida
yoziladi.
Demak, jamiyat qonunlari o’ziga xos xarakterga ega bo’lish bilan birga
tabiat qonunlari bilan o’xshashligi ham bor.
Germenevtik metod esa ijtimoiy hodisalarning o’ziga xos tomonini talqin
qiladi. (M.Veber, G.Parsons).
Tabiat bizga begona... jamiyat esa-bizning dunyo
(3) V.Diltey Biroq tabiat haqidagi ta’limot ham inson faoliyatining shaklidir. Ularni tushunish, anglash eng muhim masalalardan biridir.
Jamiyat to’g’risidagi fan bormi?
Albatta bor. Ma’lum faktlar, tajribalar asosida jamiyatni ilmiy o’rganishga
kirishiladi. Inson o’zining bilimlari asosida jamiyatning rivojlanish yo’llarini,
umumiy tendensiyalarini topadi. Bu esa fan yo’lidir.
Jamiyatning inson o’rganmagan biror sohasi yo’q. Insonning qalbi kabi
hodisalar borki, ular ham ilmiy tahlil qilinadi. Fan hamma vaqt haqiqatni ochishga
intiladi.
Fan uchun aqllilik eng asosiy o’rinni egallaydi. Demak, ijtimoiy hayot aqliy
metod orqali, jamiyatning rivojlanishi esa uning normalari, usullari orqali esa
o’rganiladi. Fan inson hayotining ichki, murakkab tomonlarini o’rganadi. Buni
kundalik ong bilan hal qilib bo’lmaydi. Ilmiy tahlil, oldindan bilish ijtimoiy
hayotga ham tegishli. Bu ilmiy-rasional metod orqali amalga oshadi. Bu yuksak
tipdagi (rasionalllikdir) aqllilikdir.
Rasionallik insonning ongli, maqsadga qaratilgan faoliyati sifatida qaraladi.
Veber insonda to’rtta ijtimoiy ta’sir mavjudligini aytadi ko’rsatadi. Ular qattiq
hayajon, an’anaviylik, rasional qadriyatlar uva rasionallikdir. Uning fikricha, eng
asosiysi qattiq hayajondir. Bunda inson o’z xohishini qondirishga intiladi. Individ
ana shu ustunlik asosida ish tutadi. qattiq hayajon hamma vaqt ham natija
beravermaydi. Chunki u hamma vaqt ham o’ylangan, atroflicha fikrlangan
bo’lmaydi. Bunda an’anaviy ta’sir, qoida va qonunlar ish beradi. O’tmishga tahlid
qilish an’ana va odatlarga asoslangan bo’ladi. Bular qat’iy xulosalar bo’lib,
odatda tanqid qilinmaydi. Rasional qadriyatlar ma’lum mustaqil harakatga ma’lum
dastur asosida faoliyatda bo’ladi.
Nihoyat maqsadli-rasional faoliyat. Bunda subyekt aniq dastur asosida
maqsadga qaratilgan bo’ladi. Bu ijtimoiy hayotni o’rganishdagi rasional (aqliy)
momentning o’sib borishidir. Faoliyatni o’rganishning rasional modeli maqsadli
aqllilikni tashkil etadi.
Jamiyat haqidagi fan avvalo maqsadli rasional-aqliy faoliyat bo’lib, bunda
pragmatik metod ustun turadi. Tabiat fanlari esa pragmatik metodga emas, balki
gipotetik-deduktiv metodga asoslanadi. Gipotetik-deduktiv metod fanda ish qanday holatda bo’ladi, degan savolga
javob bersa, pragmatik metod o’ylangan maqsadga erishish uchun nima qilish kerak, degan savolga javob beradi. Ijtimoiy falsafa
Falsafa tarixida
Jamiyat nima? Jamiyatning mohiyati, xususiyati
Qadimgi falsafada
U yoki bu darajada muvaffaqiyatli, birligidan iborat.
Jamiyatda adolatning adolatsizlik ustidan g’alabasi (Avesto)
O’rta asrlarda
Dunyoviy haqiqatdan ilohiy haqiqatga intilish. Foniy dunyodan boqiy dunyoga tayyorgarlik. Yashashdan murod cezgulik (Ibn Sino). Jamiyat – insonlikdir. Insonlik mohiyati haqiqiy baxt saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o’zining oliy g’oyasi va istagiga aylantirib, bu yo’lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt–saodatga erishadi (Forobiy) Yangi zamonda Insonlik tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida birgalikda yashashdir. (Lokk, Russo)
Insonlarning birgalikda mehnat qilishi jarayonidagi o’zaro munosabat. XX asrda Insonlarning ijtimoiy ta’siri tizimi bo’lib, u qadriyatlarni yaratish bilan belgilanadi (Veber, Parsons, Sorokin va boshqalar)
Insonlarning yaxshi tashkil qilingan munozara normalari asosi yangi kommunikasiya aloqalaridir (Xabermas va boshqalar)
Jamiyat taraqqiyotining asosi uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch-ma’rifatdir (I. Karimov)
Tarix yunoncha historia so’zidan olingan bo’lib, o’tmish voqyealar haqida hikoya, bo’lgan hodisalar degan ma’noni anglatadi. qadimgi dunyodayoq tarixga universal bilish sifatida qarab kelingan.
O’tmishning bugun va kelajak bilan aloqadaligini tarix ko’rsatadi. O’tmishni qanday bilish mumkin? O’tmish bugungi kun bilan, kelajak bilan qanday aloqada bo’ladi? U yoki bu xalq tarixining bir butun universal ma’nosi bormi?
Bu va shu kabi savolllarga tarix faldsafasi javob beradi. Demak, tarix
falsafasini yaratish uchun bir butun inson evolyusiyasini, uning ma’no va
mazmunini tahlil qilish kerak. Tarix falsafasi tarixni anglash, uning orqaga qaytmas jarayonini tushunib olishdir.
Tarixning dramatik jarayonlarida insonning ishtiroki qanday?
Bu savol ham bugungi kunda eng muhim masala bo’lib qoldi. Chunki har bir
shaxs o’z o’tmishini va undagi ishtirok etgan avlodlarni bilishga qiziqadi, tarixiy
jarayonda o’zining o’rnini belgilab olishga harakat qiladi. Demak, inson o’zining
shu jarayondagi o’rnini, o’z ishtirokini, o’zining qadr - qiymatini bilishni
istaydi.
Inson tarixiy mavjudot sifatida vaqtning davomiyligini his qilib, unda o’z
zimmasiga nimalar yuklanishini tushunib yashashga intiladi. Inson hayotning
ma’nosini anglar ekan, u nafaqat bugungi kun tashvishi bilan yashaydi, balki
o’tmish va kelajak haqida fikr yuritib, o’ylab, iztiroob chekib, quyinib, mamnun
bo’lib yashaydi. Bu esa tarixni keng ma’noda tushunish demakdir.
Yunonlar tarixga dunyoni estetik anglash, kosmosning garmoniyasi va undagi
davriylikning yakuni sifatida qaraganlar. Kosmosda ham, inson hayotida ham
uzluksiz almashish, aylanish yuz berishini qayd etdilar. Tabiatda issiqning - sovuq,
yozning – kuz, qishning - bahor almashinuvi, ijtimoiy hayotda esa yaxshining -
yomon, yovuzlikning - ezgulik bilan almashinuvi aylanma shaklda borayotganini
ko’rdilar. Bu doira shakli abadiylik va o’tkinchilikning geometrik ramzini
anglatadi, (doira boshlanishi ham, oxiri ham yo’q) degan fikrga keldilar.
Bobokalon allomalarimiz dunyoni charxpalak shaklida ifodalashgan.
Inson o’z tarixini o’zi yaratadi, undagi muammolarni keltirib chiqaruvchi ham, hal qiluvchisi ham insonning o’zidir. qadimgi falsafa tarixi, A.F.Losevning fikricha, abadiy tashkil topuvchi, abadiy qaytish, davriy bo’ladigan dunyo ongini (Geraklit) ruhning davomiyligi va ruhiyatning namoyon bo’lishi (Platon) shaklida ifodalagan. Yunonlar tarixning davomiyligini bilib, fojiali hollarni ham ko’rsatishgan.
Tarixning fojiasi universal xarakterga ega emas. Tarixning oxiri yo’q.
Biroq, qadimgi yahudiylar ta’limotiga ko’ra, tarix tugaydi, uning oxiri bor
deyilgan. Tarixning oxiri borligi to’g’risidagi ta’limot esxologiya deb ataladi.
Barcha dinlarda inson olloh tomondan yaratilgani va insoniyat tarixi ilohiy
ifodaning sistematik reallashuvi ekanligi aytiladi (Avgustin). Esxologiya
konsepsiyasi providensial (taqdir, ilohiy reja demakdir) ta’limot bilan
uyg’unlashtiriladi.
Bu konsepsiyaga Gegelning tarix falsafasi ham mos keladi. Gegel, yuqorida
aytilganidek, tarixni tasodifiy, tartibsiz hodisa emas, balki ichki qonuniyat asosida
rivojlanuvchi jarayon, deb qaradi. Biroq u tarixni bir chiziqda, bir yo’nalishda
olg’a qarab ketuvchi jarayon, deb tushundi. Uningcha, tarixiy taraqqiyot o’zining
olg’a qarab taraqqiy etishini ta’minlaydi. Natijada o’zining oxirgi maqsadiga
erishadi. Fojialar, tarixiy iztiroblar, o’lish va adoyilikdagi azoblar, urushlar va shu
kabi dramatik, tragedik hodisalar, Gegel fikriga ko’ra, tarixiy taqdirning reallashuv taraqqiyoti bo’lib, uning umumiy yo’nalishini, kelajagini o’zgartirmaydi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |