Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak
Raqamli Iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari.
Reja:
1.Raqamli iqtisodiyotning vujudga kelishi.
2.Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari.
3.Raqamli iqtisodiyotda ilg’or texnologiyalar o’rni.
4.Raqamli platforma mezonlari.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Sh.M.Mirziyoev Raqamli iqtisodiyot – dunyo iqtisodiyotida yangi yo‘nalish. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa, boshqalari bu yo‘nalishda ilgarilab borishmoqda. Shu sababli, o‘z iqtisodiyotlarini raqamli iqtisodiyotga aylantirishga kirishgan deyarli barcha mamlakatlar bir xil muammoga duch kelmoqdalar - raqamli iqtisodiyotda milliy tillarda malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarning etishmasligi. Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha xorijiy ma’lumot manbalari va nazariy o‘quv va ilmiy materiallarga asoslangan ushbu darslik mualliflari bu bo‘shliqni biroz to‘ldirishga harakat qilishdi.
Darslikda raqamli iqtisodiyot, elektron biznes va tijorat asoslari, Internet-marketing asoslari, blockchain texnologiyasi va kriptovalyutalar asoslari haqidagi nazariy materiallar mavjud.
I bob Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tushunchalari muhokama qilinadi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va ta’riflari, shuningdek raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish modellari berilgan. Raqamli iqtisodiyot platformalari, ularning 6 xususiyatlari va tasnifi kabi muhim tushunchalar ko‘rib chiqiladi. Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari – kognitiv texnologiyalar, Sanoat 4.0. Texnologiyalari, bulutli texnologiyalar va boshqalar.
II bob Elektron biznes (EB) va elektron tijoratga (ET) bag‘ishlangan. Bu yerda elektron tijoratning paydo bo‘lishi tarixi va shart-sharoitlari, elektron aloqaning samaradorligini baholovchi elektron biznesni rivojlantirishning asosiy bosqichlari, shuningdek, elektron tijorat modellari ko‘rib chiqilgan. Internet - do‘kon va onlayn auktsionda taqdim etilgan web-vakillik. Mobil tijorat, uning biznes modellari va xizmatlari batafsil ko‘rib chiqiladi.