Falsafaning jamiyatdagi



Yüklə 22,06 Kb.
səhifə1/4
tarix15.04.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#98372
  1   2   3   4
FALSAFA MT1




NIZOMIY NOMLI TOSHKENT
DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI 101-GURUH
TALABASI ABDIRAXMONOVA

QIZLARXONNING FALSAFA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI



FALSAFANING JAMIYATDAGI
O‘RNI


Reja:
1. Falsafa madaniyat tizimida
2. Falsafa va jamiyat.
3. Falsafaning jamiyat rivojlanishida tutgan o‘rni


1. Falsafa madaniyat tizimida
Falsafa va fan
Falsafa va aniq fanlar o‘zining dastlabki qadamla­ri­danoq bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Qadimgi jamiyatlarda diniy-mifologik (afsonaviy) tasavvurlar, falsafiy g‘oyalar va empirik ilmiy bilimlar bir biridan ajratilmagan, sinkret (qorishgan holda) yagona, birini boshqasidan ajratib bo‘lmaydigan darajada edi. Keyinchalik rivojlanish mobaynida falsafa va fan hali talaygina umumiylikni saqlagan holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘la boshlaydi.
Fan o‘zining yetuk shakliga sanoat revolyusiyasi davridan erisha boshlaydi, ba'zi ilmiy fanlar esa faqat XIX-XX asrlardangina shakllana boshladi. Shu sababli ko‘pgina zamonaviy ilmiy g‘oyalar o‘zining dastlabki shaklida falsafiy qarashlar ta'sirida ishlab chiqilgan. Bu, masalan, atom, Quyosh tizimining tabiiy kelib chiqishi, sinergetika va boshqalar to‘g‘risidagi g‘oyalarga tegishli.
Falsafa doirasida ilmiy bilishda qo‘llaniladigan mantiqiy-meto­do­logik vosita ishlab chiqildi. Arastu, Forobiy, Ibn Sino, Bekon, Dekart, Leybnits, Xegel kabilar mantiq qonunlari, induktiv, deduk­tiv, dialektik va boshqa metodlarni bevosita ishlab chiqqan fayla­suf­lardir. Xususan, dialektik metod eng ilg‘or zamonaviy ilmiy fan­lardan biri - sinergetikaning ko‘pgina qoidalarida o‘z aksini topdi.
Falsafa fanga nisbatan munosabatda faqat metodologik funksiyani bajarib qolmaydi. U dunyoqarash bo‘lgani holda u yoki bu ilmiy g‘oyaning shakllanishi (yoki to‘xtatish)ga ta'sir ko‘rsatgan. Masalan, yevropa o‘rta asr davrida falsafa ilohiyotga bo‘ysungani holda, har qanday fikrga arastu-xristian talqini nuqtai nazaridan qarab, ilmiy fikrning erkin rivojlanishini to‘sib qo‘ygan.
O‘z navbatida falsafa ham aniq fanlarning kuchli ta'siriga uchragan va uchramoqda. Agar ilgari atrof muhit to‘g‘risidagi ko‘pgina g‘oyalar, odatda, mushohada-spekulyativ (quruq mulohazaga asoslangan) shaklda naturfalsafa asosida vujudga kelgan bo‘lsa, fanning rivojlanishi davomida empirik ma'lumotlar va tabiiy ilmiy nazariy xulosa­lar­ning to‘planishi tufayli fan mushohidaviy mulohazalar va quruq mulohazalardan qutulibgina qolmay, balki o‘zi ham falsafaga ta'sir o‘tkaza boshladi. Falsafa fan doirasida olingan dalillarni inobatga olmasligi mumkin emas. Bundan tashqari falsafaning o‘zi u yoki bu davrda tabiatshunoslikning u yoki bu ideallarini ko‘zda tutadi. Masalan, XVII-XVIII asrlarda mexanikaning yetakchi ilmiy fan sifatida shakllanishi mazkur davrda yevropa falsafasining mexanistik shakliga sabab bo‘ldi. Deyarli barcha, hattoki inson va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar ham mexanika qonunlari asosida sharhlandi. Bugungi kunda falsafa o‘z g‘oyalarini tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlarda kechayotgan jarayonlarsiz rivojlantira olmaydi.
Falsafa va fanning o‘zaro munosabatlaridagi yana bir jihati falsafa ilmiy bilishdagi turli soha yutuqlarini muvofiqlashtiradi, umumlashtiradi va ularni imkon qadar umumlashtirgan falsafiy kategoriyalarda aks ettiradi.

Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin