Kasb pedagogikasida ta’lim metodlari reja



Yüklə 432,5 Kb.
tarix11.12.2019
ölçüsü432,5 Kb.
#29895
3-Mavzu; Kasb pedagogikasida ta’lim metodlari

Kasb pedagogikasida ta’lim metodlari

REJA:

  • 1.Ta’lim jarayonining mazmun- mohiyati
  • 2.Ta’lim metodlari

Tavsiya etilgan adabiyotlar:

  • 1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. T. “O‘zbekiston” 1997 yil 29 avgust
  • 2 Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi 1997 yil 29 avgust
  • 3. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T.”Ma’naviyat” 2008
  • 4.Avazboev A.I, Ismadiyarov Y.U. Kasbiy pedagogika, Cho’lpon, 2014yil.
  • 5.Olimov Q.T-Kasb ta’limi uslubiyati. O’quv qo’llanma. – T.:2006.
  • 6.Ibragimov X, Abdullaeva Sh. Pedagogika nazariyasi. T., 2008 yil.
  • 7.Abduquddusov.O, Rashidov H. Kasb-xunar ta'limi pedagogikasi.O‘quv qo‘llanma. O‘MKHTTKMOvaUQT instituti, T. – 2009. 120 b.

Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.

  • Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
  • Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
  • Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me’yoriy ko‘rsatmalardir.

1.Dars (amaliy mashg‘ulot) – o‘quv auditoriyalarida o‘qitishni tashkil etishning asosiy shakli.

  • 1.Dars (amaliy mashg‘ulot) – o‘quv auditoriyalarida o‘qitishni tashkil etishning asosiy shakli.
  • 2.O‘quvchilar jamoasi.
  • 3.Kadrlar jamoasiga qo‘shilib o‘qitish (o‘rganish).
  • 4.O‘quvchilarni malakali xodimlarga biriktirish.
  • 5.O‘quvchilarning shtatli (maosh to‘lanadigan) ish o‘rinlarda amaliyot o‘tashlari.
  • 6.O‘quvchilarni o‘quvmuassasalarida va korxonada maxsus ajratilgan uchastkalarda o‘qitish (o‘rgatish).
  • 7.Texnika ijodkorligi to‘garaklari.
  • 8.Kasb-ta’limi shakllariga yana quyidagilar ham kiradi:
  • a) frontal mashg‘ulot;
  • b) zvenolab o‘qitish;
  • v) individual o‘qitish;
  • g) aralash.

OG‘ZAKI BAYON QILISH METODLARI

  • OG‘ZAKI BAYON QILISH METODLARI
  • So‘z – bilim olish manbalaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning bilim olish va amaliy faoliyatini yo‘naltirish, o‘z oldida turgan ishlarning mazmunini, ularni tashkil etish va bajarish tartibini tushuntirib berish vositasidir. So‘z o‘qituvchiga bilimlarni o‘quvchilarga o‘rgatish imkoninigina bermasdan, ixtisos (kasb)ga qiziqishni tarbiyalashga, o‘rganilayotgan fakt va hodisalarni analiz qilish, umumlashtirishga o‘rgatishga, mustaqil o‘ylab chiqish va o‘rganish uchun o‘quvchilar oldiga savollar qo‘yishga ham imkon beradi.

Hikoya – o‘quv materialini jonli, obrazli qilib bayon qilib berishdir. Hikoya va nazorat o‘quvchilarning galdagi ishlariga jips bog‘langan bo‘lishi shart. Hikoyani dars mavzusini qisqacha umumlashtirib tamomlash kerak.

  • Hikoya – o‘quv materialini jonli, obrazli qilib bayon qilib berishdir. Hikoya va nazorat o‘quvchilarning galdagi ishlariga jips bog‘langan bo‘lishi shart. Hikoyani dars mavzusini qisqacha umumlashtirib tamomlash kerak.
  • O‘quv materialini og‘zaki bayon etish – haqiqiy materialni izchillik bilan bayon qilib berishdir; undan maqsad: qoida va tushunchalarni ochib berishdir. Bunda faktlarni tahlili va isbotlash katta o‘rin oladi. O‘qituvchi bayonida yozmalaridan, hisoblashlaridan foydalanadi, bunda galdagi ishning xarakteri oydinlashtiriladi.

Suhbat – bunda o‘quvchilar o‘qituvchining savoliga javob beradi yoki savolning mazmuniga muvofiq so‘zga chiqadilar. Suhbatdan o‘rganiladigan material to‘g‘risida o‘quvchilarda ma’lum hajmda bilim bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Suhbat oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi.

  • Suhbat – bunda o‘quvchilar o‘qituvchining savoliga javob beradi yoki savolning mazmuniga muvofiq so‘zga chiqadilar. Suhbatdan o‘rganiladigan material to‘g‘risida o‘quvchilarda ma’lum hajmda bilim bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Suhbat oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi.

OG‘ZAKI METODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

  • OG‘ZAKI METODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
  • 1.Metod to‘g‘ri tanlangan bo‘lsin.Ilg‘or ishlab chiqarish tajribasini aks ettirsin, mantiqiy, o‘quvchilarga tushunarli bo‘lsin.
  • 2.Hikoyaning tili savodli, har bir iboraning to‘g‘ri tuzilishi va oydin talaffuz etilishi shart.
  • Bayon ko‘rgazmali, obrazli, ravon, isbotli bo‘lsin, nutq hayajoni, oydin bo‘lsin.
  • 3.Bunda ham og‘zaki va hikoya qilib berishga nisbatan qo‘yiladigan talablar; bu usuldan o‘quvchilarga ma’lum hajmda bilim va tajriba bo‘lganda foydalaniladi.
  • 4.Beriladigan savollar ma’lum tartibda, ixcham, tushinarli, ilgari o‘tilgan materialga va suhbat mavzusiga asoslangan bo‘lsin.
  • 5.Suhbat aniq maqsadni tutsin, suhbatda hamma o‘quvchilar qatnashsin. Savolni hamma o‘quvchilarga tashlash, so‘ngra esa javob berish uchun o‘quvchilardan biri chiqariladi.

 KO‘RGAZMALI TA’LIM METODLARI

  •  KO‘RGAZMALI TA’LIM METODLARI
  • K o‘ r g a z m a (namoyish) – shaxsan mehnat amallarini ko‘rsatish, jihozlarni, ko‘rsatma qurollarni, o‘quv kinofilmlarini, diafilm va hokazolarni namoyish qilish demakdir.
  • 1.Tushunishni, to‘la idrokni ta’minlash.
  • 2. Ko‘rsatilayotganlarga o‘quvchilarning qiziqishini va diqqatini uyg‘otish.
  • 3. Kuzatishlarga ishning ko‘zini bilib, to‘g‘ri rahbarlik qilish.
  • 4. Ko‘rsatishni tushuntirib olib borish.
  • 5. Hamma o‘quvchilarni ko‘rib turib zehnga olishini ta’minlash.
  • 6. Idrokning sifatini tekshirish.

Ko‘rsatish uchun tayyorgarlik ko‘rishdagi asosiy ishlar:

  • Ko‘rsatish uchun tayyorgarlik ko‘rishdagi asosiy ishlar:
  • 1. O‘qituvchining tayyorgarlik ko‘rishi.
  • 2. Zaruriy moddiy-texnikani tayyorlash.
  • 3. O‘quvchilarning tayyorgarligi

Ko‘rsatish turlari

  • Ko‘rsatish turlari
  • 1.Natural ( materiallar, asbob, dastgoh, mashina, moslamalar, buyumlar va h.k.larni ko‘rsatish)
  • 2.Yassi va hajmiy ko‘rgazma qurollarni ko‘rsatish (Plakat, jadval, model, diagramma,maket va sh.k.)
  • 3.Ekran qo‘llanmalarni ko‘rsatish (Kinofilm, diafilm, diapozitivlar)
  • 4.Mehnat amallarini ko‘rsatish (Asbobni ishlatish. Jihozni boshqarish. Ishchining ish vaziyati. harakat turlari; tezlik, kuch harakatning aniqligi va koordinatsiyasi)

Mehnat usulini ko‘rsatish metodikasi

  • Mehnat usulini ko‘rsatish metodikasi
  • Mehnat usulini to‘laligicha va ish tezligida ko‘rsatish.
  • Butun mehnat usulini sekinlashtirib va uning eng murakkab elementlarini ayrim ko‘rsatish.
  • Mehnat usulini ikkinchi marta ish tezligida ko‘rsatish.
  • O‘quvchining ko‘rsatilgan mehnat usulini o‘zlashtirish darajasini tekshirish (sinash ishini bajarish)

Amaliy metodlar

  • Amaliy metodlar
  • Mashq – mehnat o‘quvlarini shakllantirish va sekin-asta ularni malakaga aylantirish uchun ish harakatlarini ongli ravishda va ko‘p marta takrorlashdan iborat.
  • Mashqlar – kasb ta’limning asosiy usulidir.

Ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va takomillashtirishni ta’minlovchi asosiy shart-sharoitlar

  • Ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va takomillashtirishni ta’minlovchi asosiy shart-sharoitlar
  • 1. Ko‘nikma va malakalarning ongli, tushunib turib va mustahkam shakllanishi.
  • 2. O‘zlashtirilgan bilimlarga tayanish.
  • 3. Xatolarning oldini olish, o‘z vaqtida tuzatish. Noto‘g‘ri ish usullariga qarshi kurash.
  • 4. O‘quvchilarga yagona talablar qo‘yish.
  • 5. Topshiriqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish (eng oddiy ish harakatlaridan murakkabroqlariga o‘ta borish).
  • 6. Mashqlar uchun ajratilgan vaqtdan to‘g‘ri foydalanish.
  • 7. Malakalar tamoman shakllanguncha mashqlarni davom ettirish.
  • 8. O‘quvchilarning e’tiborliligi.
  • 9. Mashqlarning sistemali ravishda o‘tkazilishi.

AMALIY TA’LIM METODLARI

  • AMALIY TA’LIM METODLARI
  • a) laboratoriyadagi amaliy ishlar
  • Bu xildagi ishlar turli kasb va ixtisos ishchilarini tayyorlashda tadbiq etilishi mumkin. Bunday ishlar ayniqsa energetikalar, ximiklar, nazorat o‘lchash asboblariga xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi hamda avtomatika va h.k. uchun slesarlar tayyorlashda xosdir.
  • 1. O‘quvchilarni mustaqil ishlatish metodi bilan o‘qitishda, ularning bilib olish qobiliyatini o‘stirishda laboratoriya- amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati g‘oyat katta.
  • 2. Topshiriq berishda ayni ishga tegishli umumiy ma’lumotlar, topshiriqni bajarishda ishlatiladigan jihoz va asboblar ro‘yxati beriladi; topshiriqni bajarish va ish natijalarini yakunlab taxt qilish tartibi (zarur topilsa, xavfsizlik texnikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham) ko‘rsatiladi
  • 3. Laboratoriya-amaliy mashg‘ulot berganda ыqituvchi o‘quvchilarning ishini diqqat bilan kuzatib boradi, zarur ko‘rsatmalar berib turadi.
  • 4. Ishni turlicha yakunlash mumkin: jamoaviy suxbat, hisoblarni muhokama qilish, gruppa olgan natijalarni umumlashtirish va boshqacha.

v) texnikaga doir adabiyot ustida ishlash, o‘quv texnika va texnika hujjatlarni o‘rganish

  • v) texnikaga doir adabiyot ustida ishlash, o‘quv texnika va texnika hujjatlarni o‘rganish
  • O‘quvchilar ko‘proq quyidagi texnik adabiyot hujjatlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadilar:
  • 1. Uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda darslik, qo‘llanmalarni mustaqil o‘qish.
  • 2. Uy topshiriqlarni bajarishda chizma eskizlarini va texnologik jaryonlarning jadvallarini mustaqil chizish.
  • 3. O‘quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda chizma, yыriqnoma va texnologik kartalardan mohirlik bilan foydalanish (o‘quvchilarga yozma instruksiya beriladi).
  • 4. Kasb ta’limi darslarida jadval, diagramma, turli ma’lumotnomalardan foydalanish.
  • 5. Xavfsizlik texnikasiga doir, jihozlar qarovini o`tkazish va boshqa shu kabi yo`riqnomalarni urganish.

g) ta’limning texnik vositalaridan foydalanish

  • g) ta’limning texnik vositalaridan foydalanish
  • Bu usul o‘quvchilarning bilimlarini, amaliy ko`nikma va malakalarni o‘zlashtirishda nazorat qilishga, o‘qitishni faollashtirishga imkon beradi.
  • Bu guruh texnika vositalariga quyidagilar kiradi:
  • 1. Darsdan tashqari vaqtlarda turli kompyuter va boshqa qurilmalardan foydalanish; bu vositalar harakatlarni qat’iy tartibda bajarishni o‘quvchilar bilish darajasini aniqlashga imkon beradi.
  • 2. Bevosita ish o‘rnida ayni texnologik jarayonni bajarish uchun ratsional rejim (tartib) tanlashga imkon beradigan turli dasturlashtirilgan qurilmalardan foydalanish.
  • 3. Bevosita ish o‘rnida o‘z-o‘zini nazorat qilish maqsadida xar xil trenajyorlardan foydalanish (slesarlik ishlarida sirtlarni egovlashda, tokarlik stanogida shakldor sirtlarni ishlashda, mashina, mexanizm, turli jihozlarni boshqarishda).

Yüklə 432,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin