5- mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja



Yüklə 56,62 Kb.
səhifə1/8
tarix27.04.2023
ölçüsü56,62 Kb.
#103616
  1   2   3   4   5   6   7   8
5- mavzu tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja



5- MAVZU: TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI
REJA:
5.1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlarining tarbiya jarayonidagi o`rni. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Sharq allomalarining tarbiya metodlari haqidagi fikrlari.
5.2.Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi. Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar. Shaxs faoliyatini tashkil etish metodlari. Shaxs faoliyati, xulqini rag`batlantirish va jazo metodlari. O`z-o`zini tarbiya metodlari. Tarbiya usullari. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlarini tanlash asoslari.
5.3.Jamoa haqida tushuncha. Jamoaning pedagogik vazifalari. Jamoaning turlari. Jamoaning belgilari. Shaxsning jamoada qaror topishi.
5.4.O`quvchilar jamoasi - pedagogik jarayonning asosiy shakli sifatida. O`quvchilar jamoasining asosiy belgilari va shakllanish bosqichlari. O`quvchilar jamoasiga pedagogik rahbarlik.
Mustaqil ta’lim: Ta’lim jarayonining mohiyati.


Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari.


5.1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlarining tarbiya jarayonidagi o`rni. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Sharq allomalarining tarbiya metodlari haqidagi fikrlari.

Tarbiya nazariyasida tarbiya metodi - tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati yo‘li ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Bu tarbiya jarayonini tarbiyaning asosiy qonuniga mosligini, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati sifatida tushunishni ifodalaydi. O‘qituvchi, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni faoliyatini tashkil etish orqali tarbiyalaydilar. Bundan ko‘rinadiki, tarbiyachilar tarbiya- lanuvchilar faoliyatini tashkilotchisidir. Shuning uchun tarbiya metodi bolaga pedagogik ta’sir etish vositasi sifatida aniqlanadi. Masalan, I.F.Harlamovning yozishicha tarbiya metodlari — bu o‘quvchilar ongini va motiv ehtiyojlarni rivojlantirish uchun tarbiyaviy ta’sir etish usul va yo‘llari yig‘indisidir. P.Pidkasiskiyning ta’kidlashicha tarbiya metodi - bu dunyoga va o‘ziga munosabatni shakllantirishga qaratilgan pedagog va tarbiyachi faoliyatini tashkil etish modelidir. Stolyarenko «tarbiya metodi pedagogik maqsadga erishish uchun tarbiyachi ongiga, hissiyotiga, xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish yo‘l va usullaridir» - deb hisoblaydi. Uning fikricha tarbiya metodi pedagog faoliyati orqali amalga oshiriladi.


Pedagoglar tarbiyalanuvchilarning turli faoliyatlarini tashkil etib, ishontirish, namuna, mashq, talab, jazolash va rag‘batlantirish orqali ta’sir etadilar. Mutaxassislar tarbiya metodlarini va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodlarini bir-biridan farqlaydilar. Taniqli pedagog Yu.K.Babanskiy va bir qator olimlar ta’lim va tarbiyani yagona bir butun pedagogik jarayon sifatida ifodalab, tarbiyasiz ta’lim mavjud emas deb hisoblaydilar. Shuning uchun butun pedagogik jarayon uchun yagona metodlar tizimini taklif etadilar.
Tarbiya usullari odatda metodni ajralmas bo‘lagi sifatida ifodalanib, aniq vaziyatlarda qo‘llaniladi. Masalan, rag‘batlantirish metodida maqtov, tashakkur- noma, taqdirlash usullaridan foydalaniladi.

Yüklə 56,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin