Mavzu: Aromatik bir asosli kаrbоn kislotalar Reja



Yüklə 56,42 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü56,42 Kb.
#44019
Ochiq dars organika (3)


Mavzu: Aromatik bir asosli kаrbоn kislotalar

Reja:

  1. Aromatik kislotalar sintezining umumiy usullari.

  2. Benzoy kislota va uning hosilalari: benzoil xlorid, benzoy kislota efirlari, nitrili, amidi.

Bu sinf birikmalari aromatik uglevodorodlarning karboksil guruhi tutgan hosilalaridir. Eeng oddiy bir asosli aromatik kislota benzoy kislota deb ataladi:

Molekulasida ikkita karboksil guruhi tutgan ikki asosli kislotalarga ftal kislotalar deb ataladi:



Bularning ichida o- va p- ftal kislotalar amaliy ahamiyatga ega.


Olinishi. Aromatik uglevodorodlarning yon zanjirini KMnO4 yoki K2Cr2O7 ishtirokida oksidlash:

4. Grinyar reaksiyasi:





Xossalari

Aromatik karbon kislotalari o‘zlarining kislotalilik kuchi bilan alifatik qator to‘yinmagan kislotalardan kuchlidir. Aromatik yadro karboksil guruhidan uzoqlashgan bo‘lsa, bunday kislota kuchsizlanadi. Aromatik yadrodagi o‘rinbosar yadroning induktiv ta’sirini o‘zgartirib, anionning solvatlanish darajasini o‘zgartirishi mumkin.

1. Tuz hosil bo‘lishi:

2.Galoidangidridlar hosil bo‘lishi:



3. Kislota angidridlari hosil bo‘lishi:



4.Eterifikatsiya reaksiyasi:



5.Kislota amidi va nitrilni hosil qilishi:



Aromatik kislotalar elektrofil reagentlar bilan almashinish reaksiyalariga (nitrolash, sulfolash, galogenlash) kirishadi:



6. Tereftal kislotasi etilenglikol bilan reaksiyaga kirishib polietilentereftalat polimerini (lavsan) hosil qiladi:





Nazorat savollari:

  1. Tarkibi C8H8O2 bo‘lgan monokarbon va tarkibi C8H8O4 bo‘lgan dikarbon kislotalar izomerlarini formulalarini yozing va ularni nomlang.

  2. Quyidagi birikmalarni nomlang:



  1. Quyida nomlari keltirilgan kislota hosilalarining tuzilish formulalarini yozing:

a) benzoil xlorid; b) fenilsirka kislota nitrili; v) n-nitrobenzoy kislotaning etil efiri; g) o-xlorbenzoy kislota angidridi; d) p-metoksibenzoy kislota amidi.

  1. Quyida nomi keltirilgan kislotalarning etil efirini hosil qilish reaksiya tenglamalarini yozing.

a) p-nitrobenzoy kislota; b) o-xlorbenzoy kislota; v) p-metoksibenzoy kislota; g) 2,6-diftorbenzoy kislota.

  1. Benzoy kislota misolida aromatik kislotalarning kimyoviy xossalarini tushuntiring.

Yüklə 56,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin