Neft va gaz kimyosi



Yüklə 259,5 Kb.
səhifə1/5
tarix29.04.2023
ölçüsü259,5 Kb.
#104630
  1   2   3   4   5
Respublikamizda neft-gazni qayta ishlash sanoatning rivojlanishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI ORGANIK KIMYO KAFEDRASI
“NEFT VA GAZ KIMYOSI”
Fanidan
“RESPUBLIKAMIZDA NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH SANOATINING RIVOJLANISHI”
Mavzusida

KURS ISHI

Bajardi: KIM-EU guruh


Talabasi: A. Tojiboyev
Rahbar: D. Xaydarova
Sana “___”__________ 2022-yil.

Namangan Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo’nalishi KIM-EU-19 guruh talabasi Tojiboyev Abdulbosit neft va gaz kimyosi fanidan “Respublikamizda neft-gazni qayta ishlash sanoatning rivojlanishi” mavzusidagi yozgan kurs ishiga



Taqriz
Ushbu kurs ishi “Respublikamizda neft-gazni qayta ishlash sanoatning rivojlanishi” mavzusida bo’lib, unda,neft gaz mavzuga oid nazariyalar, fikrlar, formulalar amaliy mashqlar qamrab olingan. Jumladan, neft maxsulotlarining turmushdagi ahamiyati yoritib berilgan.
Talaba kurs ishini bayon etishda fanga uslubiy qo’llanmalar internet ma’lumotlaridan foydalangan. Bundan tashqari kurs ishini bayon etishda ba’zi bir jumlalarda xatolikka yo’l qo’ygan
Yuqoridagilardan kelib chiqib hay’at a’zolari ijobiy ball berishlarini so’rayman.
Taqrizchi: ___________________ N. Xoliqova

Mundarija


Kirish …………………………………………………………………………….
I Asosiy qisim…………………………..……………………………………...
1.1. O`zbekiston neftgaz sanoatining mustaqillikgacha va mustaqillik yillaridagi rivojlanishi……………………..………………………………………………….
1.2. Dunyda neft va gaz qazib chiqash dinamikasi...................................................
1.3 Gaz qazib chiqarish bilan shug`ullanayotgan Respublikamiz va xorijiy qo`shma korxonalar ulushi quyidagicha taqsimlanishi........................................................
Xulosa……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………...

Kirish
Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi. Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar–benzin, kerosen, dizel va qozonxona (mazut) yoqilg’isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek, neftdan maxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonlari orqali olingan mahsulotlar plastmassalar, sintetik kauchuk va smola, sun`iy tola va yuvish vositalari, dori–darmonlar va shu kabi bir qator xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish maqsadida 17- fevral 1998- yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh), “ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni yetkazish, o’rnatish va ishga tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002- yil 15- avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd.m3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quydagi mahsulotlar olinadi: - donador polietilen ( 125 ming.tonn.); - suyultirilgan gaz ( 137 ming.tonn.); - gazkondensati ( 103 ming.tonn.); - donador oltingugurt ( 4 ming.tonn.). Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod mahsulotlariga 2005- yil Xalqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% eksportga chiqarilmoqda. Ya`ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda. Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda “O’zbekneftegaz” Milliy holding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi. Kompaniya 154 korxona va tashkilotni o’z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik hamda 67 tasi davlat korxonalaridir. “O’zbekneftegaz” tizimida 8 ta yirik kompaniya faoliyat yuritadi: “O’zgeoneftgaz qazib chiqarish”, “O’zneftgazburg’alash”, “O’zgaznaqliyo”, “O’zneftni qayta ishlash”, “O’zneftmahsulot”, “O’zneftgazqurilish” va boshqalari neft va gaz sanoatida muhim rol o’ynovchi kompaniyalardir, ya`ni “O’zneftgazmash”, “O’zneftgazhimoyata`minot”, “O’zneftegazaloqa”, “O’ztashqineftegaz”. Hozirda Respublikamizda jahon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarilyapti O`zbekiston neft sanoati tarixidagi katta voqealardan biri Qoraqalpog`istondagi Ustyurt kengliklarini o`zlashtirish hisoblanadi. 1960 yildan Ustyurt platosining shimoliy qismidagi Tern-Quduq, BayTerek, Churuk hamda markaziy qismidagi Kokpaxti, Shoxpaxti, Kosquduq va Borsa-Kelmas maydonlarida chuqurligi 2766 m3 dan 3200 m3 gacha bo`lgan 15 ta 13 razvedka quduqlari burg‗ilandi. Hamma razvedka ishlari Bosh geologiya boshqarmasi sistemasida birlashtirildi va Qoraqalpoqneftgazrazvedka tresti tashkil etildi. 1960-1964 yillarda bu trest tomonidan 50000 m3 burg`ilash ishlari bajarildi. Katta maydonda davom ettirilayotgan keng ko`lamdagi burg‗ilash ishlari tashkilotlar strukturasini tubdan o`zgartirishni talab etdi. 1960 yilda Sredaznefterazvedka tresti Toshkent shaxridan Buxoro shaxriga ko`chirilib Buxoroneftgazrazvedkaga o`zgartirildi 1961 yili esa O`zbekiston Bosh geologiya sistemasida ikkinchi razvedka tresti Qarshineftgazrazvedka tashkil etildi. Amalga oshirilgan o`zgartirishlar o`z samarasini berdi va 1961 yilda O`zbekiston Bosh geologiya tashkilotlari tomonidan 126,4 ming m3 burg`ilash ishlari amalga oshirildi. Buxoro-Xiva neftgazli viloyat hududida 40 dan ortiq maydonlar razvedkaga kiritildi, avval sanab o`tilgan konlardan tashqari yana 17 ta gaz va gazneft konlari ochildi. Shular jumlasida Janubiy Muborak, Xojixayram, Uchqir va Yangiqazgan gaz konlari. Boshqa konlarda gaz qatlamlaridan tashqari neft uyumlari ham ochildi. Burg`ilash ishlari ko`lami asta-sekin sharqdan g`arbga tomon ortib bordi. 1956 yilgacha Farg`ona vodiysidagi burg`ilash hajmi Buxoro-Xiva neftgazli viloyatdagi burg`ilash hajmi dan 2,4 marotaba ko`p bo`lgan bo`lsa, 1956 yilda ularning hajmi tenglashdi. 1964 yilga kelib G`arbiy va Janubiy O`zbekiston hududidagi burg`ilash hajmi Farg`ona vodiysidan 5 marotaba ortdi. Ko`plab gaz konlari ochilishi sababli gaz sanoati muammolarini hal etish markazini tashkil etish zaruriyati yuzaga keldi. O`zbekistonning davlat organlari va sobiq SSSR ning Vazirlar Kengashi tomonidan O`rta Osiyoda va Garbiy Qozogistondagi gaz konlaridagi muammolarni va yangi vazifalarni hal etish uchun Toshkent shahrida ―SredazNIIgaz regional instituti tashkil etildi. SredazNIIgaz instituti O`zbekiston gaz sanoatini oyoqqa turishida va rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Qashqadaryo viloyatida yangi ochilgan O`rtabuloq, Dengizko`l, Xauzak, 14 Zevardi, Qultoq, Pomuq, Alan, Qoraqum, Samantepa, Shimoliy va Janubiy Muborak, Umid, Yangi va boshqa konlardan neft va gaz qazib chiqarish Yangi ochilgan konlarning tabiiy gazi yuqori oltingugurtli hisoblanadi. Gazli konining oltingugurtsiz gazi zaxiralarining kamayib borishi natijasida tezlik bilan oltingugurtsiz va oltingugurtli gazlarni qazib chiqarishni tashkil etish, buning uchun esa tabiiy gazni oltingugurtdan tozalash maqsadida gazni qayta tayyorlash zavodini qurish zaruriyati yuzaga keldi. 1972 yilda O`zbekistonda gazni qayta tayyorlashga asos solgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirildi. O`zbekistonda birinchi geofizik tadqiqotlar 1954 yili Farg`ona vodiysi hududida bajarilgan, 1957 yildan so`ng butun respublika hududida rejali komplleks geofizik ishlar boshlandi. Bu ishlarning asosiy vazifasi neftgazli o`lkalarni chuqur geologik tuzilishini xar taraflama o`rganish, neft va gazga istiqbolli tuzilmalarni anqish va tayyorlash, quduqlarda geofizik tadqiqotlarni bajarish. Geofizik ishlar kompleksiga yer maydonlarini gravitastion, magnit va seysmik xossalarini o`rganish (xaritaga tushirish), yer qa‘rini elektrik xususiyatlarini tadqiqot qilish, chuqur quduqlarda tog` jinslarini turli ko`rsatkichlarini kuzatish kiradi. Olib borilgan qidiruv va razvedka ishlari natijasida O`zbekiston hududida 5 neft gazli o`lka ochildi; Buxoro- Xiva, Surxondaryo, Xisor va Farg`ona Ustiyurt o`lkalar bir-biridan geologik tuzilishi ochilgan konlarning joylashish zichligi va turlari, ugivodorod uyumlarini yotish chuqurligi, ular maydonida yangi konlarni yangi konlarni ochish istiqbollari, bashoratli va istiqbolli resurslar (zaxiralar) hajmi bilan farq qiladi.
Dunyoda va xar bir davlatda neft va gaz qazib chiqarish miqdori uglevodorod zaxiralarining hajmi va ularni mahsuldor qatlamlardan chiqarib olish darajasiga bog`liq. Respublikamiz iqtisodiyotida neftgaz sanoati alohida o`rin tutib, u iste‘mol qilinayotgan energiyaning 97%, yalpi ichki maxsulotni 16% va davlat byudjetini deyarli 20% ta‘minlanmoqda. Ushbu sohani Respublikamiz Prezidenti davlat iqtisodiyoti rivojlanishining ustuvor yo`nalishlaridan biri ekanligini Mamlakatni modernizastiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo`lida asarlarida asoslab berganlar. Uzoq kelajakda barqaror neftgaz qazib chiqarishni va uglevodorod zaxiralarini orttirishni ishonchli xom-ashyo bazasini ta‘minlash maqsadida O`zbekneftgaz MXK tomonidan O`zbekistan neftgaz sohasini 2013-2020 yillarda rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturda 2013-2020 yillar uchun belgilangan neft, gaz va kondensat qazib chiqarish, ular zaxiralarini orttirish vazifalarini bajarilish imkoniyatlari ilmiy asoslangan. Uzoq yillik neft va gaz qazib olishni dunyo va xorijiy davlatlar tajribasi ularning dinamikasi ko`plab omillarga bog`liqligini ko`rsatmoqda, jumladan neft va gaz zaxiralari bilan ta‘minlanganlik darajasi, ularni qazib chiqarish sur‘atlari, ishlatilayotgan konlardagi zaxiralardan foydalanish darajasi va boshqalar. Shu sababli O`zbekistonda neft va gaz qazib chiqarish dinamikasini tahlili va ularni dunyo ko`rsatgichlari bilan taqqoslash neftgaz sohasi uchun dolzarb vazifa hisoblanadi. Dunyoda va xorijiy davlatlarda neft va gaz qazib chiqarish dinamikasini tahlili va bashorati bo`yicha ko`plab yirik olimlar va nufuzli tashkilotlar shug`ullanishgan. U olimlar jumlasiga Hubbert, Enrlich, Ivanhoe, Miller, tashkilotlar qatoriga Esso, Word Bank, Petroconsultants, Statoil, Total, Energy Files hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining konferenstiyalarini, Xalqaro Energetika agentligini ko`rsatsa bo`ladi. Bu vazifaning murakkabligi va aniqligi boshlang`ich neft va gaz zaxiralari miqdoriga va uning o`sish sur‘atlariga, geologik sharoitlarga, texnologik va iqtisodiy ko`rsatkichlarga, siyosiy va me‘yoriy xujjatlar talablariga bog`liq. O`zbekistonda neft va gaz olish dinamikasi yuqoridagi omillarga bog`lab o`rganilmagan, shu sababli neftgaz qazib chiqarish sohasining muhim va dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.


Yüklə 259,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin