ORGANIK KIMYONI ENDI BOSHLAGANLAR UCHUN MASLAHATLAR.
Assalomu alaykum!
Kimyo fani nimani o`rgansa organik kimyo ham huddi shu tushunchalarni o`rganadi. Chunki organik kimyo ham kimyoning bo`limi hisoblanadi. Shu sababli organik kimyo emas balki organik moddalar deb gaplashamiz, organik kimyo deb gaplashadigan bo`lsak yangi fan degan tushuncha paydo bo`lib qoladi. Keling kimyo nimani o`rganishini bir eslab olsak.
01 | Organik kimyoga kirish.
Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilish, xossalari va ularning bir turdan boshqa turga o`tishini o`rganadigan fan. Organik kimyoda xuddi shu tushunchalarni organik moddalarda o`rganamiz
Murakkab moddalarni 2 ta katta sinfga bo`lgan edik: Anorganik moddalar va organik moddalar.
Organik moddalarga C saqlagan barcha organik moddalar kiradi (CO, CO2, H2CO3, MeC, HCN, HSCN, HOCN lar va bularning tuzlari anorganik hisoblanadi. ) . Bo`ldi qolgan barcha modda anorganik modda hisoblanadi. Oddiy moddalarni anorganik moddalarga kiradi yoki alohida sinf degan qarashlar mavjud. Demak oddiy moddalar alohida sinf yoki anorganik moddalarga kiradi deb aytiladi.
Organik moddalarni va anorganik moddalarni qisman ingliz tili va ona tiliga o`xshatishimiz mumkin.
Tasavvur qiling. Siz hozirgacha ona tilini zo`r bilasiz. Ingliz tilini esa umuman bilmaysiz. Lekin ot, sifat, son, fe`l va boshqa ko`pgina mavzulari o`xshash. Endi ingliz tilini o`rganmoqchisiz. 1-dars ingliz tili darsiga bordingiz. O`qituvchi 1-darsni o`zida umuman o`zbekcha gapirmadi, faqatgina ingiz tilida tushuntirdi. Siz esa hech narsani tushunmay chiqib ketdingiz. O`qituvchi qanchalik ideal darajada mavzuni tushuntirmasin siz hech narsa tushunmaysiz. Farq nimada siz so`zlarni tarjimasini va ayrim farq qiladigan qismlarini bilmasligingiz. Lekin siz inglizcha so`zlarni o`rganib boshlagandan keyin ingliz tilida yozilgan gapda bemalol otni, sifatni, sonni, fe`lni mavzularini o`tgandan keyin oson o`zlashtirasiz. Chunki ona tilida bu mavzularni zo`r o`zlashtirgansiz. Shunchaki ingliz tili so`zlari va gaplarida takrorlash bo`ladi.
Kimyoda ham huddi shunday. Biz hozirgacha deyarli barcha holatda anorganik moddalarni ustida amallarni bajardik. Ya`ni anorganik moddalarda bog`lanish, gibridlanish, reaksiyaga kirishish tezliklari, reaksiya muvozanati, eritmalar hosil bo`lishini, dissosiyalanishini, gidrolizini, oksidlanish darajalari va reaksiyalarini topib ko`rdik va unga doir masalalar ishladik. Bu mavzularda bizda o`zi yetarlicha tushuncha mavjud.
Dostları ilə paylaş: |