Br Br 31 | Alkenlarning olinishi (monogalogenli alkanlarga KOH 2 xil ta`siri): Monagalogenli hosilalarga ishqorning spirtdagi eritmasi ta`sir ettirilganda vodorod galogenid ajralib chiqadi va alken hosil bo`ladi:
CH3-CH2-CH2-Cl+KOH(spirtli eritma)→CH3-CH=CH2+KCl+H2O
CH2 – Cl K CH2
| + | → ||
CH – H OH CH + KCl + H2O | |
CH3 CH3 Agar suvli eritma bo`lsa spirtlar hosil bo`ladi(Bu alkenlarning olinishiga kirmaydi, o`xshash reaksiya bo`lganligi uchun tushuntirib ketilayapti.)
32 | Alkadiyenlarning olinishi (Lebedev reaksiyasi, degidrogenlash) 1. 1928-yilda akademik Lebedov yuqori temperaturada etil spirtdan katalizator(MgO;ZnO) ishtirokida va yuqori temperaturada(400-500℃) butadiyen-1,3ni olgan:
2CH3CH2OH→CH2=CH-CH=CH2+H2+2H2O
2. Alkanlarni temperaturada katalizator bilan qizdirib sanoatda olinishi:
CH3-CH2-CH2-CH3→CH2=CH-CH=CH2
33 | Alkinlarning olinishi (Karbidlardan, CH4 dan) 1.Asetilenni karbidlardan olish:
CaC2+2H2O→Ca(OH)2+C2H2 2.Metanni yuqori temperaturada(1500o) qizdirib olish(piroliz):
2CH4→ C2H2+3H2
34 | Arenlarning olinishi (Sikloalkanlarni degidrogenlash) Rus olimi N.D.Zelenskiy ba`zi bir nav neftdan ajralib chiqadigan siklogeksandan benzol hosil bo`lishini isbotladi:
Uning hosilalari ham siklogeksanni hosilalaridan olinadi:
C6H11CH3→C6H5CH3+3H2↑