!!! To`yinmagan uglevodorodlar bo`lsa: alkenlarda qo`shbog`, diyenlarda ikkita qo`sh bog` va alkinlarda uchbog` saqlagan bo`lishi shart. Va iloji boricha eng ko`p uglerod tutgan C-C zanjiri asosiy uglerod zanjiri hisoblanadi. Asosiy zanjir birikkani uglerod-vodorod esa radikallar deb yuritiladi. Bularda asosiy zanjir eng ko`p uglerod tutmasligi ham mumkin.
H H H CH3 H H H H H H H H H H H
| | | | | | | | | | | | | | |
H-C-C-C – C – C -C-C-C-C=C-C-H H-C-C-C-C-C – C – C –H
| | | | | | | | | | | | | | | || | |
H H H H H H H H H H H H H H H C H H
H H
Yuqoridagi 1-birikmada eng uzun va qo`sh bog` saqlagan zanjir asosiy zanjir sifatida olingan. 2-birikmada esa to`g`ri zanjirni olsak 7 ta uglerod saqlab eng uzuni bo`lishi mumkin. Lekin qo`sh bog` tutga uglerod radikal sifatida qolib ketayapti. Yuqorida takidlab o`tdim. alkenlarda qo`sh bog` tutgan uglerod asosiy zanjirda bo`lishi kerak deb. Shu sababli 6 ta uglerod tutgan bo`lsa ham qo`sh bog` bo`lgan uglerod asosiy zanjirda bo`lganligini oldim. C2H5- esa radikal sifatida qoldi. Alkinlarda ham alkadiyenlarda ham xuddi shunday to`yinmagan uch bog` va qo`sh bog`lar asosiy zanjirda bo`ladi.
Ochiq zanjirli birikmalarda asosiy zanjirni aniqlab olishni o`rgandik ana endi esa halqali sikloalkanlarda va arenlarda esa juda oson. Ya`ni halqa asosiy uglerod zanjiri hisoblanadi.
06 | Asosiy uglerod zanjirini nomlash Asosiy uglerod zanjirini nomlashda raqamlarni grekchada o`qilishidan foydalanamiz.
Shu sababli quyidagi qizil bilan belgilangan sonlarni o`qilishini yodlab oling.