Ona tili darslarida о‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini nazorat qilishning kognitiv shakllari. Reja



Yüklə 365,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.06.2023
ölçüsü365,33 Kb.
#131178
  1   2
RngIwTzEs0JBHqCc7ckBoGTwmR1F1TyS5ZYGTUY6




Ona tili darslarida о‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini nazorat 
qilishning kognitiv shakllari.
 
REJA: 
1. Baholash mezonlari
2. Fonetik tahlil
3. Leksik tahlil
4. Sо„z tarkibiga kо„ra tahlil (morfemik) 
5. Morfologik tahlil
 
Tayanch so‘zlar:  kognitiv, kreativ yondashuv; kognitiv yondashuv, 
Kognitiv sо„zi inglizcha (lotin) “cognize” sо„zidan olingan bо„lib, u bilmoq, 
anglamoq, tushunmoq va fikrlamoq yoki “cognition”– bilish, tushunish kabi 
ma‟nolarni beradi. О„z о„rnida bilish faoliyati insonning voqelikni bevosita sezishi, 
his etishi bilan bog„liq hodisadir. 
О„quvchilarga ona tilidan beriladigan nazariy bilimlarni amalda qо„llash 
kо„nikmasini shakllantirish uchun kreativ yondashuv; kognitiv yondashuv va 
boshqa bir qator muhim yondashuvlar qatori birinchi navbatda nazariy 
ma‟lumotlardagi bilim unsurlariga farqli yondashuvni joriy etish, ayni qoidalarga 
ustuvor ahamiyat qaratish kerak. 
Ona tili darslarida о„quvchilarga nazariy bilimlarni anglatishdan tortib to 
amalda qо„llash kо„nikmasini hosil qilishgacha bо„lgan jarayon metodikasini 
ishlab chiqish quyidagi masalalar haqida muayyan tasavvurga ega bо„lishni taqozo 
etadi:
1) ta‟lim vositalari;
2) ta‟limning metod va usullari;
3) nazariy bilimni anglash va qо„llash bosqichlari orqali о„rgatish jarayonida 
bajariladigan ish turlari.
Nazariy bilimlarni anglatish va ularning о„zlashtirilishini hamda 
qо„llanishini ta‟minlashga qaratilgan ishlarda kо„rsatmalilik muhim о„rin tutadi. 



Bugungi kunda kо„rsatmalilik keng qamrovli sanaladi, chunki bunda rasmlar, 
jadvallargina emas, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jalb etiladi.
Mashq bajarish orqali nazariy bilimni amalga tatbiq etish kо„nikmasi tezda 
shakllanavermaydi. Pedagogik texnologiya talab etganidek, yangi mavzuni 
о„rganish bosqichi, shu bosqichning tarkibiy qismlari, xususan, tahlil, tadqiq va 
tatbiq jarayonining strukturasi: nimadan boshlanib, nima bilan tugashi ham, 
bajariladigan ishlar, kutilgan natijalar ham о„quvchilarga oldindan ma‟lum qilinishi 
lozim. Bu ish har bir topshiriqning mohiyati dastlabki qadam – vazifa qо„yish 
orqali amalga oshiriladi. О„qituvchi qilinadigan ishlar haqida batafsil izoh beradi
о„quvchilarning о„zlaridan aytilganlarni takror tushuntirib berishni sо„raydi.
Misollarni kuzatish, tahlil qilish, tadqiq va tatbiq etish jarayonlarida har bir 
bolaning shu darsgacha nimani bilishi va nimani bilmasligi, nazariy ma‟lumotning 
qaysi tomonlarini bilib olayotgani va nimalarda qiynalayotgani ma‟lum bо„lib 
boradi. Aniqlangan kamchiliklar qо„shimcha chora-tadbirlar qо„llash uchun yо„l 
ochadi. Aksincha, о„qituvchi savol berib, о„quvchilar javob qaytaradigan darslarda 
о„zlashtirish sifatini kuzatish mumkin, lekin yо„l qо„yilayotgan kamchiliklarning 
kelib chiqish sabablarini aniqlash amri mahol. 
Boshlang„ich sinflarda fonetik tahlilning vazifasi sо„zda tovushlarning 
tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar о„rtasidagi 
munosabatni aniqlash hisoblanadi.
Boshlang„ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:
1. Sо‘zda nechta bо‘g‘in bor, nechanchi bо‘g‘in urg‘uli?
2. Sо‘zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan 
kam yoki kо‘p bо‘lsa, sababini aytish)
3. Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi?
4. Har bir tovushni xarakterlash. Tovush sо‘zda qaysi harf bilan 
ifodalangan?
Masalan, kitob sо„zi quyidagicha tahlil qilinadi:
1. Sо„zda ikki bо„g„in bor. Ikkinchi bо„g„in – urg„uli: ki-tób.
2. Sо„zda beshta tovush, beshta harf bor.



3. Sо„zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor. 
4. k –  undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan
– unli tovush,  i harfi bilan ifodalangan
t – undosh tovush, jarangsiz, yozuvda t harfi bilan ifodalangan
o – unli tovush, o harfi bilan ifodalangan.
undosh tovush, jarangli, b harfi bilan ifodalangan

Yüklə 365,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin