Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari tayyorladi: 310 guruh talabasi A. M. Umidullaev pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 89,81 Kb.
səhifə1/5
tarix13.06.2023
ölçüsü89,81 Kb.
#129247
  1   2   3   4   5
prezentatsiya-po-distsipline-umumiy-pedagogika-na-temu-pedagogik-mahoratning-aso


Prezentatsiya
FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA
MAVZU: PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI
Tayyorladi: 310 guruh talabasi A.M.Umidullaev
PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI
Reja:
 1. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari 2. Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir. 3. O‘qituvchining pedagogik madaniyati
4. Pedagogik faoliyatning tuzilishi va turlari.
5. Pedagogik qobiliyat va uning tuzilishi.
6. Pedagogik takt tushunchasi.
7. Taktikani tanlash va uni qo‘llash qoidalari.
8. Pedagogik texnika haqida ma’lumot.
9. Foydalanilgan adabiyotlar.
  • PEDAGOGIK MAHORATNING TARKIBIY QISMLARI

  • N.M.Egamberdiyevaning fikricha, pedagog shaxsining insonparvar yo‘nalganligi quyidagilarda yorqin namoyon bo‘ladi:

Ta’lim maqsadi, o‘quv-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi sifatidagi shaxsga yangicha qarash: 1) shaxs pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida aks etadi; 2) shaxs – qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas, ta’lim tizimi maqsadi; 3) har bir o‘quvchi qobiliyatli, ko‘plab o‘quvchilar iqtidorli; 4) shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy qadriyatlar (yaxshilik, sevgi, mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, fuqarolik va boshqalar) aks etadi.
2. PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSI PEDAGOGIK BILIMDONLIKDIR
Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir. Pedagogik bilimdonlik deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me’yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi. Kasbiy-pedagogik bilimdonlik deganda esa, pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. N.Azizxo‘jayeva takidlab o‘tganidek, bu xislat pedagogik jarayon mantig’ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko‘ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo‘nalishlarini tushunish imkoniyatini ta’minlaydi, maqsadga muvofiq faoliyatni konstruktsiyalashni osonlashtiradi.
Pedagogik qobiliyatlar – ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar va o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda zaruriy shakl, metod va vositalarni samarali qo‘llay olishdir.
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda uch katta guruhga bo‘lish mumkin: shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar.

Yüklə 89,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin