Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari tayyorladi: 310 guruh talabasi A. M. Umidullaev pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari


O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MADANIYATI



Yüklə 89,81 Kb.
səhifə2/5
tarix13.06.2023
ölçüsü89,81 Kb.
#129247
1   2   3   4   5
prezentatsiya-po-distsipline-umumiy-pedagogika-na-temu-pedagogik-mahoratning-aso

3. O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MADANIYATI
Pedagogik madaniyatning mufassal tavsifi L.D.Stolyarenko tomonidan quyidagicha ochib berilgan: “Pedagogik madaniyat – bu umuminsoniy madaniyatning bir bo‘lagi bo‘lib, unda eng avvalo, avlodlar almashinuvi va shaxsning ijtimoiylashuvi kabi tarixiy jarayon uchun xizmat qilishda insoniyat uchun zarur bo‘lgan ma’naviy va moddiy qadriyatlar aks etgan”.
O‘qituvchining pedagogik madaniyati quyidagi kasbiy ahamiyatli shaxs sifatlarining mavjud bo‘lishini taqozo etadi:
1) shaxsga yo‘nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik tuyg’usining mavjudligi;
2) kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik;
3) pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik tuyg’usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o‘z pedagogik faoliyatidan qoniqish hissi, uni hayotining mazmuniga aylantira olish;
4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning va ma’naviy ehtiyojlarning ko‘pqirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning mavjud bo‘lishi, tashqi ko‘rinish va nutq madaniyati.
4. PEDAGOGIK FAOLIYATNING TUZILISHI VA TURLARI.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya beri­shda maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar mehnati faoliyatidir.
N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biri bilan aloqador quyidagi uch tarkibiy qismini ajratib ko‘rsatadi: konstruktiv, tashkilotchilikka doir va kommunikativ.
Konstruktiv faoliyat mazmunli (o‘quv materialini tanlash va tizimlashtirish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv operativ (o‘zining va o‘quvchilarning harakatlarini rejalashtirish); konstruktiv-moddiy (pedagogik jarayonning o‘quv-moddiy bazasini loyihalash) jihatlarni o‘zida aks ettiradi. Tashkilotchilik faoliyati – o‘quvchilarni faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish.
Kommunikativ faoliyat – pedagogning ta’lim oluvchilar, o‘qituvchilar jamoasi, jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan munosabatini yo‘lga qo‘yish.
PEDAGOGIK FAOLIYATNING O‘ZIGA XOSLIGI QUYIDAGILARDA NAMOYON BO‘LADI.
  • Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining alohida xususiyatlari, ro‘y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir.
  • Pedagog doimo o‘sib-o‘zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
  • O‘quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta’sirlarga va o‘quvchilarning o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.


Yüklə 89,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin