5.PEDAGOGIK QOBILIYAT VA UNING TUZILISHI. Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana olishini aniqlab beradi.
Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.
Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o‘tganidek, pedagogik jarayon o‘qituvchi-tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o‘quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog`liq. Bola shaxsining rivojlanishida o‘qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda o‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo‘yiladi, shuning uchun ijtimoiy-tarixiy tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko‘lamining ortishiga bevosita bog`liq.
Yirik olim F.N.GONOBOLIN pedagogik qobiliyatlarni quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi:
PEDAGOG OLIM I.P.PODLASIY PEDAGOGIK QOBILIYATNING TUZILISHINI QUYIDAGI TARZDA ANIQLASHTIRGAN:
tashkilotchilik – ta’lim oluvchilarni jipslashtirish, ularning faoliyatini rejalashtirish, jamoaviy ishga jalb etish, yakunlarini chiqarish;
diagnostik –o‘quv materialini tanlay olish, o‘quv materialini tushunarli, aniq, obrazli, ishonchli va tizimli bayon eta olish; o‘quvchilarning bilishga qiziqishlari va intellektini rivojlantirishni rag’batlash, o‘quv-biluv faolligini oshirish hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va ijodkorlikka qobiliyatlilik;
pertseptiv – ta’lim oluvchilarning ichki olamiga ta’sir ko‘rsatish; ularning emotsional holatini xolis baholash, psixikasidagi o‘ziga xosliklarni aniqlay olish ko‘nikmasi;
kommunikativ – ta’lim oluvchilar va jamoa bilan pedagogik maqsadga qaratilgan munosabatni o‘rnata olish ko‘nikmasi;
suggestiv (suggestiya - ishontirish) – o‘quvchilarga emotsional ta’sir ko‘rsatish;
tadqiqotchilikka doir – pedagogik jarayon va vaziyatlarni anglash hamda obyektiv baholay olish ko‘nikmasi;
ilmiy-bilishga doir – tanlangan ixtisoslikka doir belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallay olish qobiliyati;
gnostik – obyekt, jarayonni va o‘z faoliyati natijalarini tadqiq etish hamda olingan natijalar asosida uni korrektsiyalay olish qobiliyati.