40- umum o’rta ta’lim
maktab informatika fani o`qituvchisi
Allanazarov Jo’rabekning
9-sinfda informatika fanidan
“MS Exselda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash”
mavzusida o`tkazgan
bir soatlik
ochiq dars
Sana:.2013
Sinf: 9
Fan: Informatika
Mavzu: “MS Exselda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash”
mavsusi yuzasidan umumlashtiruvchi dars.
1. Dars maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: Mavzu yuzasidan o`quvchilar olgan bilimlarini mustahkamlash.
b) tarbiyaviy maqsad:
O`quvchilarni hamkorlikda ishlash, mas’uliyatli qobiliyatli, yetuk shaxs etib tarbiyalash.
Turli matematik amallar va formulalar orqali o`quvchilar olgan bilimlarini rivojlantirish.
Informatika, matematika fanlariga o`quvchilarni qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ularni fan doirasidagi kasblarga yo`llash.
2. Darsning tipi: Mustahkamlovchi.
3. Darsning uslubi: Ko`rgazmali, amaliy, og`zaki, yozma.
4. Darsning usuli: “Bilim cho`qqisini egallash”
5. Darsning jihozi: Kompyuter texnikasi vositalari, ko`rgazmalar, tarqatma testlar, darslik, turli geometrik shakllar.
6. Darsning borishi:
a) tashkiliy qism, davomatni aniqlash, jurnalni to’ldirish (3 daqiqa) O`quvchilar 2 –guruhga bo`linadi. Dars musoboqa tarzida tasgkil etiladi:
Dars rejasi:
1) Guruh nomini izohlash. (5 daqiqa);
2) O`tilgan mavzular nazariy qism yuzasidan savol-javob (5-daqiqa);
3) Amaliy mashqlar (25-daqiqa);
4) Tarqatma test bilan ishlash (5 daqiqa);
5) Darsni yakunlash (2 daqiqa).
-
Xavfsizlik_texnikasi_qoidalari_va_sanitariya_gigiyena_talablariga'>Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya gigiyena talablariga
Doimo rioya qil!.
|
Aziz o’quvchilar! Informatika fani elektr toki yordamida ishlaydigan kompyuter bilan bog’liq. Siz yaxshi bilasizki, elektr toki inson hayoti uchun xavflidir. Kelgusida sizning hayotingizga va sog’lig’ingizga zarar yetmasligi, shu bilan birga qimmatbaho texnik vosita bo’lgan kompyuterning buzilib qolmasligi uchun Xavfsiztik texnikasi qoidalari va Sanitariya-gigiyena talablarini doimo yodda saqlang.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Dostları ilə paylaş: |