Ms exselda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash



Yüklə 389,5 Kb.
səhifə3/5
tarix27.09.2022
ölçüsü389,5 Kb.
#64189
1   2   3   4   5
dars-ishlanma-informatika-9-sinf

1- mashq. Karra jadvalini hosil qiling (41-rasm).Quyidagi ketma-ketlikdagi ishlar bajariladi:
1 ) B2:H2 blokidagi katak­chalarni piktogrammasi yordamida birlashtiriladi va «Nechalik jadval kerak?» matni kiritiladi;
2) D3 katakchaga «=», E3 katakchaga biror son (masa­lan, 6) kiritiladi;
3) C4 katakchadan E3 ka­takchaga absolyut murojaat kiritiladi, ya'ni C4 katakchaga «=E3»ni yozib, F4 klavishi bosiladi;
4) D4 katakchaga «*» belgisi, E4 katakchaga 1 soni, F6 katakchaga «=» belgisi kiritiladi;
5) G4 katakchaga «=C4*E4» formula kiritiladi;
6) C4:G4 blokini belgilab, blokning o'ng quyi burchagidagi belgisidan «sichqoncha» yordamida G ustun bo'yicha pastga tortib nusxalanadi;
7) Katakchalarni katakcha formati orqali ranglar bilan bezaladi.
Tekshirib ko'rish mumkinki, E3 katakchadagi qiymat o'zgartirilsa, G ustundagi qiymatlar karra jadvaliga mos ravishda o'zgaradi.
Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to'plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to'plamida 400 dan ortiq funksiya bo'lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo'linadi.
Funksiyalarni formulalarda qo'llanilishining umumiy qoidasi quyidagilardan iborat:
• har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o'z nomiga ega;
• funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro'yxati yoziladi.
Excel elektron jadvalidagi matematik funksiyalarning asosiylari bilan tanishamiz:
ABS(son) - sonning absolyut qiymati, masalan: ABS(-274)=
274, ABS(46)=46;
SIN(son) - radian o'lchov birligidagi songa mos burchakning sinusi (COS, TAN), masalan: SIN(1,570796)=1, COS(3,141593) =
-1, TAN(3,141593/4)=1 (-3,141593);
ASIN(son) - sinusi songa mos bo'lgan burchak (ACOS, ATAN), masalan: ASIN(1) = 1,570796, ACOS(-1) = 3,141593, ATAN(l) =0,785398=71/4;

Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin