Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:
- kompyuter xonasiga ustki kiyimda (palto, kurtka) kirish;
- kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish;
- qurilmalardagi murvatlarni burash;
- monitorga qo’l va boshqa narsalarni tekkazish, hinioya qopqoqlarini ochish;
- qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
- kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
- qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
- kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo’yish;
- kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
- qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
- ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.
Sanitariya-gigiyena talablari.
Kompyuterda ko’p ishlash, ya’ni uning oldida ko’p o’tirish insonning ko’zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ko’ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.
O’quvchining ish joyiga tushayotgan yorug’lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi kerak.
Xonadagi havo harorati o’rtacha 20-24 o C atrofida bo’lishi lozim.
V-IX sinf o’quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25-30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.
O’quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o’tirishi kerak.
Kompyuter xonasida o’tkazilayotgan dars jarayonida o’quvchilarga tana mushaklarida va ko’zlarda zo’riqish hosil bo’lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berilishi lozim. Shu lahzalarda o’quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o’tirgan holda qo’l va bo’yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
I- shart
1- shartda 1- raqamli o`quvchilar guruh nomini izohlashadi.
2-shart
Bu shartda har bir guruh o`quvchilarga o`tilgan mavzulardan 10 tadan savol beriladi: 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollardan namunalar
1. Monitor
2. Sistemali blok
3. Klaviatura
4. Printer
5. Sichqoncha
6. Kursor
7. Gilamcha
8. Skaner
9. Planshet
10. Lazer disk
11. Vinchester
12. Trekbol
13. Karnay
14. Protsessor
15. Disketa
16. Ish stoli
17. Masalalar paneli
18. Papka
19. Fayl
20. Quloqchin
21. Mikrofon.
3 shart.
Excel elektron jadvali ishlashini quyidagi mashqlar yordamida ko'rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |