EXP(son) — e (e~2,718282) ning songa mos darajasi, masalan: EXP(1)=2,718282;
LN(son) — sonning natural logarifmi, masalan: LN(2,718282)=1;
KOPEHb(son) - sonning kvadrat ildizi, masalan: KOPEHb(25)=5, KOPEHb(169)=13;
OCTAT(son; bo'luvchi) - sonni bo'luvchiga bo'lgandagi qoldiq, masalan: OCTAT(45;7)=3, OCTAT(15;3)=0, OCTAT(-191;10)=9;
CTEIIEHb(son; daraja ko'rsatkichi) - sonni darajaga ko'taradi: CTEREHb (3;4)=81, CTEnEHb(2; 10)=1024, CTEnEHb(-l,7; 5)= -14,1986;
CYMM(son1; son2;...) — son 1, son 2,... katakchalar (yoki katakchalar bloki)dagi qiymatlarning yig'indisi, masalan: yuqoridagi mashqdan CYMM(G4:G13)=330, CYMM(C4:C13; E4:E13)= 115 (41-rasm).
Excel elektron jadvalining ba'zi mantiqiy funksiyalari bilan tanishamiz:
И(mantiqiy ifoda1; mantiqiy ifoda 2; ...) - (VA) funksiyasining qiymati ROST bo'ladi, agar mantiqiy ifodalarning barchasining qiymati ROST bo'lsa, aks holda funksiyaning qiymati YOLG'ON bo'ladi, masalan: И(SIN(500)>5)=YOLG'ON, И(5>1, 99/3-l>31)=ROST, 1-mashqdagi C5 va E13 uchun И(C5=6; E13>=9) =ROST;
ИЛИ(mantiqiy ifoda1; mantiqiy ifoda 2; ...) - (YOKI) ftmksiyasining qiymati ROST bo'ladi, agar mantiqiy ifodalarning birortasining qiymati ROST bo'lsa, aks holda funksiyaning qiymati YOLG'ON bo'ladi, masalan: ИЛИ(SIN(500)>5)=YOLG'ON, ИЛИ (0,5>=l/2, -1>31)=ROST, 1-mashqdagi C5 va E13 uchun ИЛИ(C5=5; E13>=11)= YOLG'ON;
ECЛИ(mantiqiy ifoda; ifodal; ifoda 2) — (AGAR) funksiyasi qiymati mantiqiy ifoda qiymati ROST bo'lsa, ifodalga, yolg'on bo'lsa, ifoda 2 ga tengbo'ladi, masalan: ECJIИ(700/7-l>50; 1963; 1)=1963, ECJIИ(5*5=24; 0; 9+12)=21, 1-mashqdagi C1O va E12 uchun ECJIИ(E120; KOPEHЬ(lOO); "yechimi yo'q")= yechimi yo'q.
Excel elektron jadvalining statistik va matn funksiyalariga misol keltiramiz:
MAKC (son 1; son 2;...) - son 1, son 2, ... larning eng katta qiymatini aniqlaydi, masalan: MAKC(1; 2;-7)=2, 1-mashqdagi E4:E12 katakchalar bloki uchun MAKC(E4:E12)=9, shu blok va G13 katakchasi uchun MAKC(E4:E12; G13)=60;
Dostları ilə paylaş: |