Sо‘z tarkibiga kо‘ra tahlil tartibi:
1. Sо„zga sо„roq berish va u nimani anglatishini bilish.
2. Asosni aniqlash. Buning uchun sо„zga asosdosh sо„zlar tanlash.
Asosdosh
sо„zlarni taqqoslash va umumiy qismi (asos)ni aniqlash.
3. Sо„z yasovchi qо„shimchani aniqlash. Bu yangi sо„z
yasash uchun xizmat
qilishini aytish.
4. Sо„zni о„zaro bog„lovchi qо„shimchani aniqlash. Bu sо„zni boshqa sо„z
bilan
bog„lash uchun xizmat qilishini aytish.
Gulzor sо„zini sо„z tarkibiga kо„ra tahlil qilish tartibi quyidagicha bо„lishi
mumkin:
1.
Gulzor sо„zi
qayer? sо„rog„iga javob bо„ladi, joyni bildiradi.
2. Asosni aniqlash. Buning uchun asosdosh sо„zlar tanlash:
gulzor, gulli, gulsiz,
gulla. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman –
gul. Bu – asos.
3. Sо„z yasovchi qо„shimchani aniqlayman,
gulzor sо„zi
gul sо„ziga
–zor sо„z
yasovchi qо„shimchasini qо„shish bilan yasalgan.
4.
Bu sо„zda sо„zlarni bog„lovchi qо„shimcha yо„q.
Morfologik tahlil tartibi
3-sinfda sо„z turkumlari о„tilgach, morfologik
tahlil quyidagi tartibda
о„tkaziladi:
Ot: 1. Sо„z turkumi. 2. Sо„rog„i. 3. Birlik yoki kо„plikda ekanligi.
Sifat: 1. Sо„z turkumi. 2. Sо„rog„i. 3. Qaysi ot bilan bog„langanligi. (Son
sо„z turkumi ham shu tarzda).
Fe’l. 1. Sо„z turkumi. 2. Sо„rog„i. 3. Bо„lishli yoki bо„lishsiz ekanligi.
4
4-
sinfda о„rganilgan
mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz tо„ldiriladi
va quyidagi tartibda о„tkaziladi:
Ot: 1. Sо„z turkumi. 2. Sо„rog„i. 3. Birlik yoki kо„plikda ekanligi. 4. Egalik
qо„shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi.
Sifat: 1. Sо„z turkumi. 2. Sо„rog„i. 3. Qaysi ot bilan
bog„langanligi.
Son: 1. Sо„z turkumi. 2. Sо„rog„i. 3. Qaysi ot bilan bog„langanligi.
Olmosh: Kishilik olmoshi: 1. Sо„z turkumi.
2. Sо„rog„i. 3. Shaxs-soni. 4.
Kelishigi.
Fe’l: 1. Sо„z turkumi. 2. Sо„rog„i. 3. Bо„lishli yoki bо„lishsiz ekanligi. 4.
Shaxs-soni. 5. Zamoni.
Nazorat savollari:
1. О„quvchilarga imlo va tinish belgilariga doir qoidalarni о„rgatishda hamda
bu qoidalar yuzasidan hosil
qilingan malakani tekshirishda, og„zaki
va yozma
nutqini о„stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati qaydarajada?