Бабочка и цветы



Yüklə 0,51 Mb.
tarix25.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#135055
Chorshanbiyeva Nozima


Termiz davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishi 22-07-guruh 1-kurs magistranti Chorshanbiyeva Nozimaning “ Terminologik lug’atlarni tuzish nazariyasi va amaliyoti” fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI
Mavzu: Mustaqillik davri o’zbek terminologiyasining taraqqiyoti
Hozirgi vaqtda o‘zbek terminologiyasi har tomonlama shahdam qadamlar bilan taraqqiy etmoqda. Ilm, fan va texnika, siyosat, iqtisodiyot va madaniy hayotga doir asosiy tushunchalar mutanosib terminologiya tizimi bilan ta’minlangan. Mustaqillik yillari mamlakatda turfa ikki tilli, ko‘p tilli hamda izohli lug‘atlar dunyo yuzini ko‘rdi. Ayni paytda turli sohaga oid terminologik lug‘atlar tuzish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda, terminlogiyaga oid o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyot nashrdan chiqmoqda. O‘zbek terminologiyasining yanada rivojlanishida ommaviy axborot vostalarining о‘mi salmoqli bo‘lmoqda.
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1992-yilda Atamashunoslik qo‘mitasi tashkil etildi. Atamaqo‘m raisi sifatida Odil Yoqubov rahbarligi ostida bir qator ishlarni amalga oshirildi. Jumladan, atamalarni tartibga solish, ruschabaynalminal o‘zlashmalarga o‘zbekcha muqobillarini tanlash, ilmiytexnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atama lug‘atlarini muhokamadan o‘tkazish, tasdiqlangan atamalarni joriylanishini nazorat qilish, Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish va boshqalar. Shunga ko‘ra, 1992-yil O‘zR FA muxbir a’zosi, Tilshunoslik institutining direktori A.Hojiyev «Ruscha-baynalminal o‘zlashmalarning o‘zbekcha muqobillarini tanlash prinsiplari» loyihasini ishlab chiqdi.
Hozirgi vaqtda fan va texnik sohalarida yuz berayotgan shiddatli rivojlanish respublika aholisi faoliyatining turli qirralariga samarali ta’sir o‘tkazmoqda. Fan va texnika qo‘lga kiritgan eng oxirgi muvaffaqiyat va yutuqlar asosidagi yangi texnika vostilariga egalik qilinmoqda. Ushbu texnika vositalari nomlarini anglatuvchi terminologik leksika o‘zbek tili lug‘at tarkibining kundan-kunga boyib, kengayib borishida munosib ulush bo‘lib qo‘shilmoqda.
O‘zbek tilshunosligi terminologiyasining ayrim masalalari bo‘yicha qilingan ishlar maydonga keldi. Jumladan, A.Saidov, M.Qosimova, L.Karimovalarning «O‘zbek huquqiy atamalari muammolari» («O‘zbek tili va adabiyoti», 1993,), A.Hojiyevning «Metodika yoki uslub?» («O‘zbek tili va adabiyoti»,1995,2-son),R.Doniyorov, A.Qosimovlarning «Terminologiya va so‘z yasalishining ayrim masalalari» («O‘zbek tili va adabiyoti»,1995,4-son) kabi maqolalar fikrimizning dalilidir.
Bir qator ilmiy ishlar himoya qilindi:
O‘.M.Po‘latova1, L.S.Xudoyberdiyeva2, M.Abdiyev3,G‘.M.Ismailov4,Sh.X.Norbayeva5ning izlanishlarida batafsil ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, 2003-yilda himoya qilingan L.S.Xudoyberdiyevaning «O‘zbek tilida nominativ birliklarning darajalanishi»6 nomli ilmiy izlanishlari hamda H.Shamsiddinovning «Umumiste’moldagi so‘zlardan leksik-semantik usul bilan yasalgan terminlar va ularni tartibga solish»1 mavzusidagi qariyib 2 bosma taboqdan iborat ishda ikkilamchi nomlashga oid masalaning ham nazariy, ham amaliy tomonlari yoritib berilganligi atroflicha tahlil etilgan.
Mamlakatimizning mustaqillik yillarida fan va madaniyat taraqqiyoti yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishi munosabati bilan milliy terminologiyamizda ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu holat quyidagi masalalarni kun tartibigaqo‘ydi: - tildagi mavjud terminlar sistemasini yangilash; - fan va texnika, madaniyat, siyosat va boshqa sohalardagi terminlarni unifikatsiyalash;
-tilimizga o‘zlashayotgan terminlarning milliy shaklini tartibga solish; - terminologik lug‘atlar tuzish va nashr qilish; - boshqa tillardan terminlar o‘zlashtirishda xalqaro kommunikatsiya masalalarini hisobga olgan holda ish yuritish.
Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish yengil kechmaydi. Yangi milliy terminologiyani shakllantirish va uning rivojlanishini ta’minlashda o‘ziga xos qiyinchiliklar, chekinishlar va yutuqlarga erishilmoqdaki, bularning barchasi til qonuniyatlari asosida amalga oshirib borilmoqda. Shu bilan birga bu boradagi ishlar ko‘lami hamon katta bo‘lib qolmoqda.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin