Bahorning ilk kunlari! Fasllarning boshlanishi, uyg'onish davri, qushlarning chug‘ur-chug‘uri… Uyquga ketgan tabiat husn-tarovatini ocha boshlaydi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimizga boy fasl



Yüklə 16,2 Kb.
tarix20.05.2022
ölçüsü16,2 Kb.
#58818
Gazetaga Bahor


Bahor
(qatra)
Bahorning ilk kunlari! Fasllarning boshlanishi, uyg'onish davri, qushlarning chug‘ur-chug‘uri… Uyquga ketgan tabiat husn-tarovatini ocha boshlaydi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimizga boy fasl. End-endi kurtak chiqara boshlayotgan daraxtlar, yam-yashil tusga kira boshlagan qir-u adirlar, alvon rangli qizg‘aldoqlar makon tutgan bug‘doyzorlar, to'lib-to'lib oqadyotgan anhor-u soylar, ariqlar chekkalarida bo‘y ko‘rsatayotgan boychechak, yalpizlar – barchasi bizga bahor kelganidan darak beradi. Bahor faslining salqin havosi tanlarga xush yoqadi. Sekin-asta kunlar issiy boshlaydi va insonlar qalbiga mehr, baxt, sihat salomatlik baxsh etadi.
Bahorni tasavvur qilishning o'zi inson qalbiga huzur va orzular to'la olam baxshida etadi. Yangi orzular, yangi rejalar tuzib hayotimizni go‘yoki yangidan boshlaymiz. O‘y-xayollarimiz tasavvurimizga sig'may ketadi. Bahorning go‘zalligi sumalaklar, sayllar, milliy o‘yinlarimiz bilan yanada ko‘rk ochadi. Eng go‘zal bayramimiz Navro'z bayramidagi turli milliy sport o‘yinlari, turfa aytishuvlar, milliy raqslar go'zallashib nafislikni jilvakorligini aks ettiradi. Bahorning darakchisi qaldirgo'ch elimizga to'kin- sochinlik, don-dun olib keladi.
Xalqimizda bahorni kelinchakga ham qiyoslashadi. Bahorni yana ayollarga ham qiyos qilishadi. Sababi ayol ko'nglidek ko'ngli nafis nozik did talabchan o'ziga har qanday insonni torta oladi. Bahor fasli ayollardek bardoshli tog'lardek sabrli va matonatli. Qancha shamol bo'lsa ham yomg'ir yoqsa ham o'z go'zalligini asrab qoladi.
Bahor fasllar ichida nafosati, go'zalligi, yosharish, yashnashi bilan ajralib turadi.Yana bahor fasli insonlar qalbiga ezgulik urug'i sepish yaxshi amallar qilishdek hammani ko'nglidan birdek joy oladi.
Kim nima desa desin-u, hammadan ham yurtimizning bahoriga yetadigani yo‘q. Musaffo tonglar, insonlarning shodu xuramliklari, qir-adirlarda bolalarning varrak uchirib, quvonishayotganlari, dosh qozonlarda sumalaklar pishirib, hammaga ulashayotgan mahalladoshlar yuzidagi samimiyat, ayting, yana qay yurtda bor?! Ona xalqim, jonajon Vatanim, ilohim, shunday bahorlarimiz bardavom bo‘lsin, tinch va osuda hayotimizga ko‘z tegmasin.
Qutlug‘ qadamlar bilan, betakror iforlar bilan yurtimga xush kelding BAHORIM! 
Sevara Karimova
Yüklə 16,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin